11
kuylaydi. Olis bobolar shoni va zakosidan nur olib kelajak sari intilishu yurtga
tirgak bo‘lishni oliy tilak deb biladi. Uning aksar ta’riflari yuksak pafosga
yo‘g‘rilgan.
Ayni paytda, shoira vatanni jo‘n bir yantog‘i bo‘lib sevadi,
uning
qoshida teran burchdorlik tuyadi, ko‘zmunchoqdek ardoqlaydi. Madinaning ayrim
bitiklarida azaliy ishq va hijron motivlari ifori anqib turadi.
“Siz mening
ko‘nglimni yaralab so‘ngra, / She’rlarimda qolgan buyuk armonim”
singari intizor
ko‘ngilning samimiy izhorlari ortida esa, umidbaxsh hislarga limmo-lim ulkan qalb
egasi o‘z bokira tuyg‘ulari-la mo‘ralab turadi. Ko‘ngil tilagiga ergashib daydi
shamollar bilan sirlashish, qaldirg‘ochga roz aytish asnosidagi titroq qalb sohibasi
“qalam”
ni taqdir va qismat, deb bilishiga shubha yo‘q. Zotan, u olam hodisalarini
ojiz bir kapalak misol bokira tuyg‘ular
bilan kuzatarkan, necha ming yillar
muazzam Sharq she’riyati ardog‘ida bo‘lgan
“bulbul”
obrazi ham Shoiraga
“yolg‘on”
tuyg‘ular ifodachisi bo‘lib tuyuladi. Zotan, Madinaning lirik qahramoni
“lahza”
lar qimmatini go‘zallikka bo‘lgan munosabat samimiylik darajasiga ko‘ra
belgilaydi.
U
“tasvir”
va
“holat”
larni musavvirona aks ettiradi.
Xazonrezgi odatiy va
doimiy hodisa, biroq uning
“kiprikdagi yoshday”
to‘kilishi, yurakdagi kechinmalar
rangidan ham darak beradi. Shoiraning
“Xazonda mador bor, menda jon yo‘qdir”,
tarzidagi e’tiroflari tuyg‘uning darajasi, dardlariga malham istayotgan ko‘ngil
istagidan ogoh etadi. Madina inson ko‘nglidan buyukroq bir xilqat, uning
intilishlaridan ulug‘roq qadriyat yo‘qligini yaxshi his qiladi. Uning lirik qahramoni
dunyo sinoatlari: inson va insoniyatga bo‘lgan adoqsiz mehr quchog‘ida chiniqib,
pokiza tonglar sog‘inchida ulg‘ayib boradi. M. Norchaeva shunchaki yozmaydi,
sabrlari armonga do‘ngan lahzalarda misralar uning “kiprigidan tomadi”.
Siz baxtimsiz, siz qanotimsiz,
Alloh bergan bir najotimsiz.
Siz sabrimsiz, siz sabotimsiz,
Kiprigimdan tomgan misralar.
12
Shoira bitiklaridagi xazinlik odam va olam,
moddiylik hamda abadiyat
haqidagi mushohadalardan tug‘ilgan kayfiyat-holatlar ifodasi. Aslida, shoira orzu
ummoni teranliklaridan o‘zlik izlagan sohir qalbi kelajakka nekbin umid ko‘zi
bilan boqib, samoviy yuksakliklar sari talpinadi.
“Bas, yetar, yulduzlar endi
to‘kilmang, / O‘zim yoningizga ko‘chib kelaman”
tarzidagi
iqrorlar shoira ushbu
ertaklar olamidan reallikka ko‘chishi, hayotiylikdan xayoliy kengliklarga
talpinishidan ogoh etadi.
Tilagim! Uning yobon kengliklaridan nur emgan pokiza qalbiga zinhor g‘ubor
qo‘nmasin. Yuragida mudom she’riyat atalmish iliq ma’volar taftiga bo‘lgan
nekbin sog‘inch barq urib turaversin.
Ko‘rinadiki, qalbiga olamni joylashga talpinayotgan bu yosh qalamkashlar
poetik nigohidan umidli tug‘yon va nafosat uchqunlari sachraydi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Qutlibeka
Rahimboeva
Do'stlaringiz bilan baham: