Aim.uz
Nodar Dumbadze
(1923-1984)
Qardosh gruzin xalqining ardoqli adibi Nodar Dumbadze asarlarida ifoda etilgan ezgulik, insonparvarlik, adolatsevarlik, xalqqa muhabbat tuyg‘ulari uni boshqa xalqlar o‘quvchilari uchun ham suyukli yozuvchiga aylantirgan. Jumladan, Nodar Dumbadzening qator hikoyalari (o’nlab hikoyalari), «Ko‘karacha» qissasi, «Oq bayroqlar», «Abadiyat qonuni» singari romanlari mohir tarjimon Nizom Komil tomonidan ona tilimizga o‘girilgan. «Abadiyat qonuni» asari asosida o‘zbek san’atkorlari tomonidan yaratilgan ko‘p qismli videofilm namoyish etilgach esa, adib ijodiga qiziqish bizning yurtimizda yanada kuchaygan.
Nodar Vladimirovich Dumbadze 1928-yilning 14-iyulida Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tug‘ulgan. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami “Qishloq bolalari” nomi bilan 1958-yilda chop etilgan.
Gruzin xalqi, jumladan, Nodar Dumbadze asarlaridagi g‘oya va ma’nolar bizning ko‘nglimizdan joy olishining qator sabablari bor, albatta. Avvalo, gurjilar ham xuddi o‘zbek xalqidek o‘z ona diyorlarini behad sevadilar. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug‘larni e’zozlash singari insoniy ko‘nikmalar har ikki xalqqa birdek xosdir. Agar gruzin kino ijodkorlari filmlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, bilasizki, hatto ularning beshiklari ham biznikiga juda o‘xshash.
Agar Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» nomli romanini, bu asardan joy olgan «oltovlon va yettinchi» taqdiri to‘g‘risidagi mungli hikoyani o‘qisangiz, gruzin xalqi o‘z kindik qoni to‘kilgan tuproqqa naqadar qattiq bog‘langaniga guvoh bo‘lasiz. Nodar Dumbadzening «Hellados» nomli hikoyasida bu abadiy mavzu yangi bir nuqtayi nazardan ochib beriladi.
Avval mazkur hikoyani biroz qisqartirilgan holda o‘qib chiqaylik.
Uning dastlabki yirik asarlari “Men, buvim, Iliko va Illarion” qissasi 1960-yilda, “Quyoshni ko’ryapman” nomli romani esa 1962-yilda yaratilgan. Yozuvchining bu asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og’ir va mashaqqatli hayot manzaralari, bir-biriga o’xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan.
Adim zamonaviy mavzulardagi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlarni ulug’laydi. Uning 1967-yilda yozilgan “Quyosh kechasi”, 1972-yilda chop etilgan “Oq bayroqlar” romanlari bunga misoldir.
Nodar Dumbadzening 1978-yilda yaratilgan “Abadiyat qonuni” asari nafaqat Gruziyaning o’zida, balki ko’plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o’qiladigan asarlar qatoridan joy oldi. Bu romanda insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea-hodisalar, insonlar taqdiri o’zining o’tkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham o’quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi.
Nodar Dumbadze asarlaridagi g’oya va ma’nolar bizning ko’nglimizdan joy olishining yana qator sabablari bor, albatta. Avvalo, gruzinlar ham xuddi o’zbek xalqidek o’z ona diyorlarini behad sevadilar. Qadim an’analarga sodiqlik, har qanday qiyin ahvolda ham Vatanni tashlab ketmaslik, yoshi ulug’larni e’zozlash singari insoniy ko’nikmalar har ikki xalqqa birdek xosdir.
Endi yozuvchining mashhur hikoyalaridan birini biroz qisqartirilgan holda o’qib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |