160
Hujayra oqsillari sintezining umumiy sxemasi . Virus nuklein kislotasini
sintezida aytilgan uch faktorni kerakligini bu erda ham qo‘llaydigan bo‘lsak
ancha murakkabliklarni kuzatamiz.
Hujayra oqsilini sintezi uchun substrat bo‘lib aminokislotalar xizmat
qiladi. Avvalo ular ATF bilan birikib aktivlashtiriladi va aminoatsiladenilatlar
hosil bo‘ladi. Aminoatsiladenilatlar transport RNK lar (transfer, adaptor,
eruvchan RNK, tRNK) bilan reaksiyaga kirib, aminoatsil- tRNK hosil qiladi. Bu
ikki reaksiya aminoatsil-tRNK- sintetaza fermenti tomonidan katalizlanadi. Har
bir aminokislotaga bitta yoki birqancha tRNK va bitta yoki birqancha amino-
atsil-tRNK- sintetaza fermenti mos keladi. Aminoatsil-tRNK oqsil sintezida
kerakli substrat bo‘lib xizmat qiladi.
Matritsa bo‘lib hujayra DNK sining mos sistronida sintezlangan informatsiya
(matritsa ) RNK si (mRNK) xizmat qiladi. U matritsa bo‘lishi uchun avvalo
ribosoma bilan birikishi kerak. Bu jarayon ancha murakkab bo‘lib, birqancha
bosqichlardan iborat. Avvalo uchlangan - m RNK, t-RNK va ribosomani kichik
subbirligidan tashkil topgan komleks hosil bo‘ladi. So‘ngra bu kompleksga
ribosomani katta subbirligi birikadi. Bu kompleksni hosil bo‘lishida maxsus oqsil
faktorlar ishtirok etadi. Keyinchalik boshqa oqsil faktorlar ishtirokida polipeptid
zanjirini sintezi boshlanadi. mRNK molekulasi ribosoma bo‘ylab siljiydi;
mRNK ning ma’lum tripletlari (kodonlar) ularga komplementar bo‘lgan
aminoatsil tRNKning tripletlari (antikodonlari) bilan muloqatda bo‘ladi. Natijada
ribosomada aminokislota qoldiqlarini ketma-ket bir-biri bilan birlashish
reaksiyasi sodir bo‘ladi. Ribosomada mRNK ni axborotini o‘qish tartibi ma’lum
yo‘nalishda – molekulaning 5′- oxiridan 3′- oxiriga qarab boradi. Polipeptid
zanjirini hosil bo‘lishiga signal bo‘lib mRNK dagi ma’lum tripletlar –
initsiatsiyalovchi
tripletlar
xizmat
qiladi.
Bakteriya
hujayralarida
initsiatsiyalovchi tripletlar bo‘lib AUG va GUG tripletlar xizmat qiladi. Bu
tripletlar tRNK molekulasidagi antikodon - formil-metionin qoldig‘ini olib
yuruvchi tripletlardir. Demak, sintezlanayotgan har qanday polipeptid zanjirida
birinchi aminokislota bo‘lib formil metionin turadi. Polipeptid zanjirini
sintezlanishini to‘xtashi uchun signal bo‘lib mRNK dagi ma’lum tripletlar –
terminirlovchi tripletlar xizmat qiladi. Bu funksiyani UAA,UAG, UGA kodonlar
bajaradi.
Ribosomaga
terminatsiyaolovchi
tripletni
tushishi
bilan,
ayrim
(terminatsilovchi) oqsil faktorlar qatnashuvida sintezlangan polipeptidni ribosoma
va tRNK molekulalaridan ajralishi kuzatiladi. Bu polipeptiddan maxsus
fermentlar yordamida formil qoldig‘i ajraladi, shunda (endi u metionindan
boshlanadi) yoki formilmetionin butunlayigacha ajraladi (endi u boshqa birorta
aminokislotadan boshlanadi). Ozod bo‘lgan ribosoma endi o‘zini subbirliklariga
dissotsiatsiyalanadi, butun sikl yana qaytadan boshidan boshlanishi mumkin. Bu
qonuniyat bakteriya sistemalarida tasdiqlangan; initsiatsiya va terminatsiya
mexanizmlari hayvon va o‘simlik hujayralarida ancha kam darajada
o‘rganilgan.