162
holatlarda esa gap aminoatsil-tRNK-sintetaza qismlarini virus induksiyalagan
bo‘lishi mumkin. Bu o‘zgarishlarni biologik ahamiyati hozircha aniqlanmay
qolmoqda.
DNK-tutuvchi viruslarning oqsil sintezida matritsa DNK-tutuvchi viruslarning oqsil sintezida matritsa funksiyasini virus DNK
sida hosil bo‘lgan infarmatsion RNK bajaradi. Oqsil sintezida informatsion RNK
ni qatnashishini isboti shuki, bu sintez aktinomitsin D tomonidan tormozlanib
qolishi mumkin. CHunki aktinomitsin D RNK hosil bo‘lishini DNK matritsada
to‘sib (blokirovat) qilib qo‘yadi. Hujayrani fag bilan kasallantirilgandan keyingi
hosil bo‘lgan RNK ning nukleotid tarkibi fag DNK sining nukleotid tarkibiga
mos bo‘lib chiqadi. DNK tutuvchi viruslarning informatsion RNKsini aniqlashni
eng spetsifik usuli bu RNK ni denaturatsiyalangan virus DNK si bilan kompleks
hosil qilidi. Bundan kelib chiqadiki hosil bo‘lgan RNK virus DNK si bilan
komplementardir. Ular mustahkam RNK-DNK gibridlarini hosil qiladilar. Bu
gibridlarni har xil metodlar bilan aniqlash mumkin. Bu RNK hujayra DNK si
bilan gibrid hosil qilaolmaydi. Chunki RNK da hujayrani uzun va katta DNK si
bilan kompleks hosil qilaolmasligidadir (ularda kerakli uzunlikdagi gomologik
(komplementar) uchastkalar yo‘q).
Virus informatsion RNK si kasallanmagan hujayradagi substratlardan
(ribonukleozidtrifosfatlar: ATF, GTF, STF, UTF) sintezlanadi. Virus mRNK si
sintezlanmaguncha virus-spetsifik oqsillar sintezlanaolmaydi, aytish mumkinki
eng birinchi mRNKni sintezi (DNK-mute-rnk polimeraza) kasallanmagan
hujayradagi avvaldan bor bo‘lgan ferment yordamida amalga oshishi yoki virus
bilan olib kelingan ferment yordamida amalga oshishi kerak. Hozirgi kunda
tabiatda bu ikkala imkoniyat ham ishlatilishi mumkinligi isbot qilingan.
Ko‘pgina DNK-tutuvchi viruslar tarkibida RNK-molimerazaga ega emas. Bu
viruslarni inforsatsion RNK si (infeksion jarayonni dastlabki daqiqalarida)
hujayra RNK-polimerazasi tomonidan hosil qilinadi. Ikkinchi tomondan
ospovaksina virusini zarrachasi reproduksiya siklini oxirgi daqiqalarida DNK-
mute RNK polimeraza hosil qiladi.
Virus mRNK si bir ipli polinukleotid zanjirchadir. Uni hosil qilish uchun
matritsalik vazifasini ikki zanjrli DNK (matritsalik vazifasini ikkizanjirchali
replikativ formali birzanjirchali virus DNK tutuvchi viruslar uchun ham shunday)
mRNK zanjirchalarni bittasidami yoki ikkalovidan hosil bo‘ladimi degan savol
tug‘iladi. Buni bilish uchun virus mRNK sini nukleotid ketma ketligini DNK ni
ikkala zanjirini nukleotid ketma-ketligi bilan solishtirish kerak bo‘ladi. Buning
uchun DNK ning ikkala zanjirini bir-biridan ajratiladi preparativ miqdorda
ajratiladi va ularni gibridlanishini virus mRNK si bilan solishtiriladi. Ajratib
olingan virus DNK sini virus mRNK si bilan gibridlanishini o‘rgangan
tadqiqodchilar DNK ani ikkala zanjiri ham ma’noli bo‘lgani uchun ikkala zanjir
ham ishlatilishi mumkinligini aniqlagan. Ammo mRNK ni har bir klassi DNK ni
ikkala zanjiridan biridan axborot ni o‘qiydi. Ikkinchi xil mRNK lar ikkinchi