91
boshkalarda) eritilib olinadi. Bu usul bilan sulfidli
rudalardan mis olish
texnologiyasi kuyidagilardan iborat
.
Misni rux, qalay, qo‘rg‘oshin, temir, marganets va boshqa elementlar bilan hosil
qilgan birikmalariga
mis
qotishmalari
deyiladi. Mis qotishmalarining mexanik hamda
texnologik xossalarining yuqoriligi korroziyabardoshligi,
yeyilishga chidamliligi
sababli sanoatda keng qo‘llaniladi.
Mis qotishmalari kimyoviy tarkibiga ko‘ra, latunlarga va bronzalarga ajratiladi:
Latunlar.
Latun mis bilan ruxning qotishmasi bo‘lib, uning texnologik va
mexanik xossalari yuqori bo‘ladi. Ularning keng foydalaniladiganlari tarkibida
rux miqdori 40— 42% bo‘ladi (53-rasm). Tarkibida rux 39% bo‘lgan
latun
α
qattiq eritma bo‘lib, bunda Su ning elementar fazoviy kristall panjarasi
saqlangan holda ayrim atomlari Zn bilan o‘rin almashadi. Shu sababli bu
latunlar plastik, puxta va korroziyabardosh bo‘ladi. Qotishmaning likvidus va solidus
chiziqlarining yaqinligi sababli ular yaxshi quyma xossalarga ham ega bo‘ladi.
Tarkibida rux miqdori 46% bo‘lganlari α+ |3' fazaga ega. β'
faza juda qattiq va
mo‘rt bo‘ladi.
Latunlarning mexanik va texnologik xossalarini yanada yaxshilash uchun ularga
ma’lum miqdorda Al, Ni, Si, Mn, R, Fe
30
va boshqa elementlar qo‘shib, maxsus latunlar
olinadi. Latunlarga qo‘shiladigan elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan
xossalarga ko‘ra belgilanadi.
GOST 2060—73 bo‘yicha oddiy latunlar L harfi va raqamlar bilan markalanadi.
Masalan, L96
da L harfi latun ekanligini, 96 raqami esa qotishma tarkibida 96%
mis borligini bildiradi.
Maxsus latunlarni markalashda L harfidan keyin qotishma tarkibiga kiritilgan
elementlar nomlarining bosh harfi, keyin
30
William F.Smith Foundations of materials science and engineyering, 2013. 434-435
92
1-
rasm. Mis qotishmalarining tarkibidagi rux miqdoriga ko‘ra ular strukturasi va
mexanik xossalarining o‘zgarish grafigi.
Latunlarning ayrim markalari, mexanik
xossalari va ishlatilish joylari keltirilgan (GOST 15527—70 va GOST
1-jadval
Markasi MPaσ
v
Kgk/mm
2
δ,%
NV,MPa
(kgk/mm
2
)
Ishlatilishi
L90
L80
260(26)
320(32)
45
52
530(53)
530(53)
Truboprovod
detallari,
flanetslar,
bobishkalar tayyorlashda
L69
320(32)
55
550(55)
Issiqlik almashuvchi agregatlarda
LS59-
200(20)
20
800(80)
Vtulkalar,
armaturalar,
shakildor
93
1L
quymalar olishda
LMsS
58-2-2
350(35)
8
80(80)
Antifriksion
detallar
(podshipnik,
vtulka va boshqalar) tayyorlashda
17711—72). Masalan, LS59-1 da LS — qo‘rg‘oshinli latunni, undan keyingi
raqam zsa mis (59%) va rux (1%) miqdorini bildiradi. Shuni ta’kidlash kerakki,
latun tarkibida mis qancha ko‘p bo‘lsa, uning plastikligi, korroziyabardoshligi
shuncha ortadi.
Latunlarning texnologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra ular
bosim bilan ishlanadigan
(deformatsiyaga beriladigan) va quymalar olinadigan xillarga ajratiladi.
Bosim bilan ishlanadigan latunlar (L96, LS59-1, LAJ60-1-1 va boshqalar)
yuqori plastik xossaga ega bo‘lib ulardan olingan
quymalar bosim bilan ishlanib ulardan listlar, lentalar,trubalar tayyorlanadi.
Quyma latunlarning (LK80-3L, LKS80-3-3, LMUJ52-4-1 va boshqalar)
oquvchanligi yukori bo‘lib, likvatsiyaga kam beriluvchi antifriksion xossaga ega
bo‘ladi. Bu qotishmalardan podshipniklar,
vtulkalar, chervyakli vintlarning
zagotovkalari qoliplarga quyish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: