Buxoro Davlat Universiteti
9-5-19 guruh talabasi
Haydarov Diyorning
Makro Iqtisodiyot fanidan
tayorlagan mustaqil ishi
MAVZU:Milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot
ko’rsatkichini hisoblash shartlari va usullari
.
Reja
1.
Milliy hisoblar tizimi to’g’risida
tushuncha
2.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblash uslubiyati va o’zaro bog’liqligi
3.
Yalpi ichki mahsulot – milliy hisoblar tizimining markaziy ko’rsatkichi
4.
Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida
hisoblash
Kirish
Jahonda globallashuv
tendensiyalarining kuchayishi
, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning
murakkablashuvi hamda tovar va xizmatlar diversifikatsiyasining kengayishi yalpi ichki
mahsulot (YAIM)ni hisoblash usullarini takomillashtirishni ham taqozo qilmoqda. Chunki
hozirgi kunda jahon mamlakatlari hisobchilik tizimidagi eng katta muammo - bu YAIM hajmi
hamda uning oʻsish surʼatlarini aniq va toʻliq hisoblash masalasidir. Ushbu sohada dunyo
hamjamiyati tomonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. Masalan,
milliy hisoblar tizimi
(MHT)ning bir nechta xalqaro andozalari, YAIMni hisoblash boʻyicha qator koʻrsatma va
tavsiyalar shular jumlasidandir. Biroq, shu kunga qadar YAIMning hajmi va oʻsish surʼatlarini
aniq hamda toʻliq hisoblash masalalari dolzarb muammoligicha qolmoqda. Shuning uchun
hozirgi kunda MHT asosida YAIMni hisoblash usullarini takomillashtirish boʻyicha qator
xalqaro tashkilotlar tomonidan turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Jahonda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, hususan, YAIMning hajmi va oʻsish surʼatlarini
hisoblash usullarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar davom etmoqda,
jumladan
,
YAIMning tarkibiy qismlari, harakat shakllari va ularning oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillarni
tahlil qilish hamda shu asosda prognoz koʻrsatkichlarni ishlab chiqish,
YAIM tarkibidagi
investitsion sarflar hamda yashirin iqtisodiyot ulushini hisoblash uslubiyatini takomillashtirish va
shu kabi qator masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan. Shunday boʻlsada, globallashuv jarayonlari
va iqtisodiy
taraqqiyotning jadallashuvi
, ishlab chiqarish diversifikatsiyalashuvining kuchayishi
YAIMni hisoblash usullarini yanada takomillashtirish masalasini iqtisodiyotning eng
asosiy
muammolaridan biriga aylantirmoqda.
Oʻzbekistonning jahon xoʻjaligiga integratsiyalashuvi, modernizatsiya va diversifikatsiyalashuv
jarayonlari hamda iqtisodiy taraqqiyotning jadallashishida “...statistik hisobotlarni toʻgʻri
yuritish
va davlatning iqtisodiy salohiyatini aniq baholash juda muhimdir. Shu orqali yalpi ichki
mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin”.
1
Hozirgi kunda “...statistik amaliyotda
maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish, tahlil qilishning shakl va usullari xalqaro andozalar
hamda zamonaviy talablarga toʻliq javob bermaydi.
2
Shuning uchun ham Oʻzbekiston
Respublikasining kelajakda mamlakatni yanada rivojlantirishga moʻljallangan strategic
vazifalarida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar
tizimini respublikamizda 2020-yil 1 yanvardan boshlab toʻliq joriy etish” va “...yalpi ichki
mahsulotning barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash” vazifalarining belgilab qoʻyilishi
respublikada milliy hisoblar tizimi asosida YAIMni
hisoblash usullarini yanada
takomillashtirishni hozirgi kunda zudlik bilan hal qilinishi zarur boʻlgan asosiy muammolardan
biriga aylantirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi va PF-4707-
son 2015-yil 4-martdagi “2015–2019-yillar uchun ishlab chiqarishning
tuzilmaviy qayta
tuzilishi
, zamonaviylashishi va diversifikatsiyasini taʼminlash boʻyicha choratadbirlar dasturi
toʻgʻrisida”gi Farmonlari, PQ-2692-son 2016-yil 22-dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari
korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina uskunalarini jadal
yangilash,
shuningdek
, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi, PQ-3165-son 2017-yil 31-iyuldagi “Oʻzbekiston
Respublikasi davlat
statistika qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 8-son 2003-yil 8-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika
qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat statistika
qoʻmitasining 9-son 2016-yil 29-iyundagi “Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida
hisoblash boʻyicha uslubiy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisidagi” Qarorlari hamda boshqa meʼyoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertatsiya tadqiqoti
muayyan darajada xizmat qiladi.
Dunyoda YAIMning hajmi va oʻsish surʼatlarini hisoblash usullarini takomillashtirish boʻyicha
qator, jumladan, quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:
YAIMni ishlab chiqarish
usuli boʻyicha hisoblashda qoʻshilgan qiymatning tarkibiy qismlari, ayniqsa, amortizatsiya
ajratmalarini aniq va toʻliq hisoblash metodologiyasini
ishlab chiqish
; YAIM tarkibida uy
xoʻjaliklarida yaratilayotgan tovar va xizmatlar hajmini toʻliq qamrab olish mexanizmlarini
takomillashtirish; milliy hisoblar tizimining asosiy schyotlari (ishlab chiqarish,
daromadlar
shakllanishi va taqsimlanishi
, kapital bilan operatsiyalar)
tarkibini takomillashtirish;
hufyona iqtisodiy faoliyat natijalarini YAIM tarkibiga kiritish mexanizmlarini takomillashtirish.