Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana29.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#75864
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
jismoniy sifatlar va ularning yosh futbolchilarda rivojlantirish hususiyatl

Chaqqonlikni  tarbiyalash.  Chaqqonlik  jismoniy  fazilat  ekani.  Tushunchaning 

ta'rifi. Har qanday harakat biror bir konkret vazifani (harakat vazifa deb ataladigan 

vazifani)  hal  qilishga  qaratilgan  bo’ladi:  mumkin  qadar  balandroq  sakrash,  to’pni 

ilib olish, shtangani ko’tarish va boshqalar kabi. Harakat vazifasining murakkabligi 

ko’pgina  sabablar  bilan,  jumladan  bir  vaqtda  va  ketma-ket  bajariladigan 

harakatlarning  bir-biriga  uyg’unligiga  bo’lgan  talablar  bilan  (harakatlar 

koordinatsiyasiga bo’lgan talablar bilan) belgilanadi. Harakatlarning koordinatsion 

murakkabligi chaqqonlikning birinchi o’lchovi hisoblanadi. 

Agar  harakatning  makon,  vaqt  va  kuch  xarakteristikalari  harakat  vazifasiga 

mos  bo’lsa,  ya'ni  harakat  yetarli  darajada  aniq  bo’lsa,  harakat  vazifasi  bajariladi. 

Harakatning 

aniqligi 

tushunchasi 

harakatning 

makon, 

vaqt 


va 

kuch 



 

50 


xarakteristikalari aniqligidan iborat.  Harakatning aniqligi chaqqonlikning ikkinchi 

o’lchovidir. 

Hayotda  va  jismoniy  tarbiyada  duch  kelishi  mumkin  bo’lgan  barcha 

harakatlarni  shartli  ravishda  2  guruhga  bo’lish  mumkin:  1)  nisbatan  stereotip 

harakatlar va 2) nostereotip harakatlar. 

Yengil atletika yo’lkasida yugurish, yengil atletikadagi uloqtirish va sakrashlar, 

gimnastika  mashqlari,  tekis  joyda  yurish  birinchi  guruhga;  sport  o’yinlari, 

yakkama-yakka bahslashuv, slalom, kross va boshqalar esa ikkinchi guruhga misol 

bo’ladi. 

Stereotip  harakatlardagi  aniqlik,  jumladan,  kishi  bu  harakatlarni  bajarishni 

qanchalik  uzoq  o’rganganiga  bog’liq.  Agar  inson  o’zi  uchun  yangi  harakatlarni 

«birdaniga»  bajara  boshlasa,  bu  harakatlarni  o’zlashtirib  olishga  ko’proq  vaqt 

ketkazgan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi. Shuning uchun harakatlarni 

o’zlashtirib  olishga  sarflanadigan  vaqt  chaqqonlik  ko’rsatkichlaridan  biri  bo’lishi 

mumkin. 

Nostereotip harakatlarda vaziyat to’satdan o’zgargandagi chaqqonlik harakatni 

o’zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o’zgartira bilishda (qayta ko’ra 

bilishda)  namoyon  bo’ladi.  Bunda  chaqqonlik  kishining  harakatni  maqsadga 

muvofiq qayta qurishi uchun sarflagan vaqti bilan ifodalanadi. 

Barcha  aytilganlar  e'tiborga  olinsa,  chaqqonlikni  birin-chidan,  yangi 

harakatlarni  tezda  o’zlashtirib  olish  qobiliyati  (tez  o’rganish  qobiliyati), 

ikkinchidan,  harakat  faoliyatini  to’satdan  o’zgarayotgan  sharoit  talablariga 

muvofiq ravshida tez qayta qurish qobiliyati deb sanash mumkin. 

Ko’rinib  turibdiki,  chaqqonlik  —  baholash  uchun  yagona  kriteriyga  ega 

bo’lmagan  murakkab  kompleks  fazilatdnr.  Har  bir  alohida  hollarda,  sharoitga 

qarab, u yoki bu kriteriyni tanlab oladilar. 

Chaqqonlik  anchagina  spetsifik  fazilatdir. Masalan,  sport  o’yinlarida  chaqqon 

bo’lib, gimnastikada yetarlicha chaqqonlik ko’rsata olmaslik mumkin. 



Chaqqonlikni  tarbiyalash  metodikasining  asoslari.  Chaqqonlikni  tarbiyalash 

birinchidan,  koordinatsion  jihatdan  murakkab  harakatlarni  o’zlashtirib  olish 




 

51 


qobiliyatini tarbiyalashdan va ikkinchidan, harakat faoliyatini to’satdan o’zgargan 

sharoit  talablariga  muvofiq  ravishda  qayta  qurish  qobiliyatini  tarbiyalashdan 

iboratdir  (I.A.Qo’shbaxtiev).  Bunda  o’z  harakatlarini  makonda  va  vaqtda  aniq 

idrok etish («makonni his etish», «vaqtni his etish»), muvozanat saqlash, galma-gal 

zo’r  berish  va  bo’shashtirish  qobiliyatlarini,  shuningdek,  boshqa  (chaqqonlikka 

nisbatan) xususiy qobiliyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. 

Chaqqonlikni tarbiyalashning asosiy yo’li yangi xilma-xil harakat ko’nikma va 

malakalarini  o’rganib  olishdir.  Bu  harakat  malakalarining  ortib  borishiga  sabab 

bo’ladi va harakat analizatorining funktsional imkoniyatlariga samarali ta'sir etadi. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish