Harakat tezkorligini tarbiyalash metodikasi. Metodika asoslari. Harakatlar
tezkorligini tarbiyalash protsessida organizmning harakat faoliyati xilma-xil
turlaridagi (bevosita amaliy va sport faoliyatidagi) tezlik xarakteristikasini
belgilovchi funktsional imkoniyatlarini har tomonlama oshirib borish zarur. Inson
biror bir faoliyatda namoyon qilishi mumkin bo’lgan maksimal tezlik, shu kishida
faqat tezkorlik qanchalik rivojlanganligiga emas, balki bir qator faktorlarga —
dinamik kuchning, chaqqonlikning, texnikani egallaganlikning darajasiga va
boshqalarga bog’liq. Shuning uchun harakat tezligini tarbiyalash boshqa jismoniy
fazilatlarni tarbiyalash hamda texnikani takomillashtirish bilan mustahkam bog’liq
bo’lishi kerak.
37
Maksimal tezlikda bajarish mumkin bo’lgan mashqlardan (bularni odatda
tezkor mashqlar deb ataydilar) tezkorlikni tarbiyalash vositasi sifatida
foydalaniladi. Ular kam deganda uch talabni qanoatlantirishi kerak:
1) texnika mashqni juda tez bajarishga imkon beradigan darajada bo’lishi kerak
(shuning uchun ko’pgina gimnastik mashqlar, yurish va boshqalar uncha yaroqli
emas);
2) mashqlar harakat vaqtida asosiy irodaviy zo’r berish mashqni bajarish
usuliga emas, balki ularni bajarish tezligiga qaratilishi uchun mumkin darajada
yaxshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerak;
3) mashqlarning davomiyligi ularni bajarish oxirida charchash tufayli tezlik
kamayib ketmaydigan bo’lishi kerak. Tezkor mashqlarni bajarish maksimal
quvvatli ishlar toifasidan bo’lib, malakali sportchilar bunday mashqni bajarishga
20—22 sek. sarflaydilar (unchalik tayyorgarlik ko’rmagan kishilarda esa bu vaqt
bundan ham kam bo’ladi).
Tezkorlikni tarbiyalash metodlari ichida takroriy mashq metodi keng
qo’llaniladi. Bundagi asosiy tendentsiya mashg’ulotda o’z maksimal tezligini
oshirib borishga intilishdir. Metodning barcha xususiyatlari (masofaning uzunligi,
bajarish intensivligi, dam olish intervallari, takrorlash soni va boshqaar) shunga
bo’ysundirilgan. Masofaning uzunligi (yoki mashqning qancha davom etishi) har
galgi mashq bajarish oxirida siljish tezligi (ishning intensivlpigi) kamaymaydigan
qilib tanlanadn. Harakatlar maksimal tezlikda bajariladi; shug’ullanuvchilar har gal
o’zlari uchun eng yaxshi natija ko’rsatishga intiladilar. Mashqni bajarish gallari
o’rtasidagi dam olish intervallari kuchning nisbatan to’la tiklanishini ta'qiqlaydigan
darajada katta bo’lishi lozim. Harakatlarning tezligi takrorlashlar o’rtasida sezilarli
darajada kamaya bormasligi kerak.
Shunday qilib, dam olish intervallari, bir tomondan, markaziy nerv
sistemasining qo’zg’aluvchanligi unchalik pasayishga ulgurmaydigan darajada
qisqa, ikkinchi tomondan vegetativ funktsiyalar ko’rsatgichi ozmi-ko’pmi to’la
tiklanadigan darajada uzoq muddatli bo’lishi kerak. Shunday bo’lishi mumkin
ekan, chunki ishdan keyingi davrdagi tiklanish protsesslari bir tekisda bo’lmas
38
ekan, chunki ish tugagan zahoti tiklanish juda tez bo’lib, keyin esa sekinlashar
ekan. Tiklanish davrining boshlang’ich uchdan bir qismiga tiklanishning 70%,
ikkinchi uchdan bir qismiga—25%, uchinchisiga esa 5% to’g’ri keladi, deb
hisoblash mumkin. Shuning uchun, masalan, 100 m ga yugurgandan keyin
tiklanishga 1'2 daq. ketsa, 8 daqutdan keyin sportchining ish qobiliyati 95%
tiklangan bo’ladi, bu esa 100 m ga keyingi yugurishni amalda tezlik pasaymasdan
boshlashga imkon beradi. Takrorlash o’rtasidagi intervallarda faol dam olishdan
foydalanish kerak — bu markaziy nerv sistemasining yetarlicha qo’zg’aluvchan
holatda bo’lishiga imkon beradi. Faol dam olish uchun asosiy mashqda ishtirok
etadigan muskul guruhlari ishlaydigan, lekin intensivligi kamroq mashqlarni
bajarish tavsiya qilinadi. Bu holda afferen impulsatsiyalarning doimiy oqimi
mazkur harakatdagi asosiy yuklama to’g’ri keladigan harakat nerv markazlarining
yuqori darajada qo’zg’aluvchan bo’lib turishini ta'daqlaydi. Masalan, yugurishda
dam olishlar bamaylixotir yurish yoki bemalol sekin yugurishdan, suzishda esa,
suvdan chiqmay sekin-asta harakatlar qilishdan iborat bo’lishi kerak.
Tez bajariladigan mashqlarning takrorlanishida to’la tiklanish uchun dam olish
intervallarining yetarli bo’lmaganligi sababli charchash nisbatan tez boshlanadi,
tashqi tomondan bu tezlikning pasayganligida ifodalanadi. Tezlikning bu pasayishi
mazkur mashg’ulotda tezkorlikni tarbiyalashni to’xtatish uchun birinchi signal
bo’lib xizmat qiladi: bundan keyin mashqni takrorlash faqat chidamlilikning
o’sishiga yordam beradi, xolos.
Tezkorlik yuksak daraja namoyon bo’lishning muhim sharti markaziy nerv
sistemasi qo’zg’aluvchanligining optimal holatidir. Bunga shug’ullanuvchilar
oldingi faoliyat davomida charchamagan bo’lsalargina erishishi mumkin. Shuning
uchun tezkor mashqlar mashg’ulotning boshrog’ida bajariladi; mashg’ulotlar
sistemasida esa bu mashqlarni asosan dam olish kunidan keyingi birinchi yoki
ikkinchi kunga rejalashtiradilar.
Tezkorlikning namoyon bo’lishi uchun mashg’ulotlarda o’yin va ayniqsa
musobaqa metodidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Musobaqalar odatda
39
ko’tarinki ruh paydo qiladi, kishini anchagina zo’r berishga majbur etadi — bu esa
ko’p hollarda sport natijalarining yaxshilanishiga olib keladi.
Harakatlar tezligining stabillashuvi va unga qarshi ko’rash yo’llari. Bayon
qilingan metodikaning ichki jihatdan qarama-qarshiligi bor. Bir tomondan, biror
bir harakatdagi tezlikni oshirish uchun, uni ko’p marta takrorlash kerak, ikkinchi
tomondan, ko’p marta takrorlash shu harakatda dinamik steriotip hosil bo’lishiga
olib keladi va buning natijasida harakat parametrlari stabillashib qoladi. Bunda
harakatning faqat makon xarakteristikalarigina emas, balki vaqt xarakteristikalari
ham — tezlik va chastota ham stabillashadi. «Tezlik to’sig’i» deb ataladigan holat
paydo bo’ladi (R.I.Nurimov).
Tezlikning stabillashuvi tezkor imkoniyatlarning ancha ortishiga xalaqit
beruvchi asosiy sababdir. Sport bilan yangi shug’ullanuvchi va yuqori malakali
sportchilarda buning oldini olish yo’llari boshqa-boshqadir.
Yangi shug’ullanuvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda bunday yo’l bir
necha yillar mobaynida umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan shug’ullangandan
so’nggina sportning biror turida kechroq ixtisoslashishdan iboratdir.
Yangi shug’ullanuvchilar bilan ishlashning asosiy vazifasi sportchini biror bir
alohida mashqni bajarishda ixtisoslashtirmay, balki boshqa vositalarni qo’llab va
ularni ko’p jihatdan o’zgartira borib, nisbatan yuqori natijalarga erishishdan
iboratdir. Bunda tezkorlik mashqlardan standart, o’zgartirmagan holda emas, balki
variativ, o’zgaruvchan sharoit va formalarda foydalanish kerak. Jumladan,
harakatli o’yinlar va sport o’yinlari, ochiq joyda bajariladigan mashq va hokazolar
ayniqsa foydalidir.
Malakali sportchilar trenirovkasida keyingi yillarda ixtisoslashayotgan mashq
turidagi ishlar hajdaqi kamaytirib, tezkor-kuchlilik va boshqa umumiy tayyorgarlik
hamda maxsus tayyorgarlik mashqlarini ko’paytirish tendentsiyasi bor. Masalan,
balandlikka sakrash bo’yicha peshqadam sportchilar trenirovkasida rejaka ustidan
sakrash barcha sakrashlarning 12—15 protsentini tashkil etadi (Sh.T.Iseev
ma'lumotlariga ko’ra). Asosiy vaqt shtanga bilan qilinadigan mashqlarga va xilma-
xil (standart bo’lmagan) sakrashlarga ketadi. Shu yo’l bilan balandlikka
40
sakrashdagi depsinish tezligining stabillashuviga qarshilik ko’rsatiladi. Shunga
o’xshash tendentsiya qisqa masofaga yugurishda, uloqtirishda, og’ir atletikada ham
kuzatiladi.
Shunday bo’lishiga qaramay, tezlikning stabillashuvi ro’y bersa, «tezlik
to’sig’i»ni buzish hamda uni so’ndirish kabi maxsus usullar qo’llaniladi. Chegara
tezlikdan ortish imkonini beradigan qo’shimcha sharoitlarning yaratilishi «tezlik
to’sig’i»ni buzish usullari asosini tashkil etadi. Buning uchun, masalan, qiya
yo’lkadan pastga qarab yugurish, yetakchi ketidan qolmay ugurish, tezlanishli
yugurish, mexanik og’irlikdan foydalanib yugurish, yengillashtirilgan snaryadlarni
uloqtirish, goh og’ir, goh odatdagi snaryadlarni navbatma-navbat uloqtirish, trosi
qisqartirilgan bosqon uloqtirish va hokazolar qo’llaniladi.
Bu yengillashtirish ortiq darajada bo’lmasligi kerak. Yengillashtirilgan
sharoitdagi tezlik sportchi yaqin vaqt ichida shunday tezlikni odatdagi sharoitda
ko’rsata oladigan darajada bo’lishi kerak.
«Tezlik to’sig’i»ni so’ndirish usullari mashq bajarish to’xtatilgandan keyin
dinamik stereotip ma'lum xususiyatlarining so’nish (unutilish) vaqti turlicha
bo’lishiga asoslangan. Jumladan, harakatning makoniy xarakteristikalari vaqt
xarakteristikalariga qaraganda birmuncha barqarordir. Ma'lum vaqtgacha asosiy
mashq bajarilmasa, «tezlik to’sig’i» yo’qolishi mumkin, lekin harakatlar
texnikasining makoniy xususiyatlari saqlanib qoladi. Agar bu davr ichida tezkor
kuchlilik fazilatlari boshqa vositalar yordamida oshirilsa, shundan keyin bir oz
vaqt o’tgach, natija yaxshilanishini kutish mumkin.
Shunday qilib, biror bir harakatda asosan ikki yo’l bilan tezlikni oshirish
mumkin: 1) maksimal tezlikni oshirish hisobiga, 2) maksimal kuchni oshirish
hisobiga. Tajriba ko’rsatadiki, maksimal kuchni sezilarli oshirish juda ham qiyin;
kuch imkoniyatlarini oshirish esa birmuncha yengil hal qilinadi. Shuning uchun
amalda tezlik darajasini oshirish uchun kuch oshiradigan mashqlardan keng
foydalaniladi. Harakat vaqtida yengish lozim bo’lgan qarshilik qanchalik ko’p
bo’lsa, bu mashqlarning samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
41
Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan kuch oshirish tayyorgarligi
protsessida ikki asosiy vazifa hal qilinadi:
- maksimal muskul kuch darajasini (kuch qobiliyatlarining o’zini) oshirish;
- tez harakatlar sharoitida eng ko’p kuch namoyon qilish qobiliyatini (tezkor-
kuchlilik qobiliyatlarini) tarbiyalash.
Tez harakatlar sharoitida eng ko’p kuch namoyon qilish qobiliyatini
tarbiyalashda takroriy orta boruvchi mashq metodidan foydalaniladi. Bu holda
biror bir chegara darajada bo’lmagan og’irlikni eng yuksak tezlikda
harakatlantirish vositasida kuch jihatdan maksimal zo’r berishga erishiladi. Bunda
mashqlarni bajarishdagi harakatlar amplitudasi to’liq bo’lishi kerak. Agar
harakatlar cheklangan amplituda bilan («to’xtatib turib») bajarilsa, nomatlub
koordinatsion munosabatlar mustahkamlanib qolishi mumkin. Shuning uchun
masalan, cho’qqayishlarni yuqori tomon sakrash bilan tugallash, uloqtirish
mashqlari, zarb harakatlari va boshqaardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Tezkor-kuchlilik mashqlarini kuch mashqlarining o’ziga asoslanib, ular bilan
birgalikda qo’llash kerak. Faqat tezkor-kuchlilik mashqlaridan foydalanganda
maksimal kuch darajasini sezilarli ravishda oshirib bo’lmaydi, chunki harakatlar
juda tez bo’lganda nerv-muskul apparatiga ta'sir etish vaqti juda ham qisqa
muddatli bo’ladi. Tezlikni tarbiyalash uchun kuch mashqlaridan foydalanishda
kuch yuklamalari juda ko’p bo’lgan sharoitda harakatlar tezligining vaqtincha
kamayishini e'tiborga olish kerak. Bu yuklamalar to’xtatilgandan yoki keskin
kamaytirilgandan keyin 2—6 hafta o’tgach, harakatlar tezligi orta boshlaydi
(R.A.Akramov va boshq.). Bu davrda asosan chegara darajasida bo’lmagan
og’irliklar bilan bajariladigan tezlik mashqlaridan foydalaniladi.
Texnik tayyorgarlik. Tezlik harakatlarini bajarayotgan vaqtda holatlarni his
etish va tuzatish ancha qiyinlashishi qayd qilingan edi. Shuning uchun harakatlarni
katta tezlikda texnik jihatdan to’g’ri bajarish juda murakkab masaladir. Amalda
harakatlarni tez bajarish texnikasini harakatni sekin bajarib o’rganadilar
(keyinchalik tezlik maksimal ravishda oshiriladi) yoki mashqni maksimal tezlikda
bajarib, texnikani o’zlashtirishga urinib ko’radilar. Bu har ikkala yo’lning ham o’z
42
kamchiliklari bor. Birinchi holda harakatlarni sekinroq bajarishga o’rgangan
o’quvchi keyinchalik uni maksimalga yaqin tezlikda texnik jihatdan to’g’ri bajara
olmaydi. Bu shu tufayli sodir bo’ladiki, sekinroq va maksimal tezlikda
bajariladigan harakatlar, makon xususiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsalar-da, tezkor-
kuchlilik parametrlari jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ikkinchi holda
o’quvchi o’z diqqat-e'tiborini harakatlarni tezroq bajarish istagi bilan uni to’g’riroq
bajarish istagi o’rtasida taqsimlay olmaydi, buning ustiga vazifaning texnik
jihatdan murakkabligi uni juda qiynab qo’yadi. Natijada u to’g’ri texnikani egallab
ololmaydi.
Bundan qutilish uchun ikki shartga rioya qilish tavsiya qilinadi. Birinchidan,
o’rgatishni maksimal tezlikka yaqin bo’lgan tezlikda (buni «kuchning 9/10
qismicha» deyishadi) o’tkazish kerak. Bunda harakatlarning tezkor-kuchlilik
strukturasi maksimal tezlik holatdagidan farq qilmasligi, lekin, shu bilan birga,
harakatlar texnikasini nazorat qilish imkoni bo’lishi kerak. Bunday tezlik «Nazorat
qilinadigan» tezlik degan nom olgan. Ikkinchidan, harakatlarni nisbatan kichik
tezlikdan maksimal darajagacha o’zgartira borib, har xil tezlikda bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |