Yakkama-yakka bahslashuv va sport o’yinlarida chidamlilikni tarbiyalashning
xususiyatlari. Bunday mashq turlarida ham intensivligi, ham harakat formalari
doimo o’zgarib turadigan ishlar xarakterlidir. Bunday sport turi bilan
shug’ullanadigan kishilarda organizmning ham aerob, ham anaerob imkoniyatlari
muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Agar alohida zo’r berish daqiqalarida faoliyat
asosan energiyaning anaerob manbalari hisobiga bajarilsa nisbatan «sokinlik»
davridagi tiklanish tezligi aerob mexanizmlarning quvvati bilan belgilanadi.
Yakkama-yakka bahslashuv va o’yin protsesslarining o’zida organizmning ayrim
funktsiyalariga tanlab ta'sir etishga erishish qiyin; yuklamani aniq me'yorlash ham
ancha qiyin. Shuning uchun bunday sport turi bilan shug’ullanuvchilar
chidamlilikni (avvalo uning aerob imkoniyatlarini) tarbiyalash uchun xilma-xil
siklik mashqlardan — chang’ida yurish, kross, yugurish, qayiq xaydash va
hokazolardan keng foydalanadilar. Biroq faqat shu mashqlar yordamida, o’z sport
turidagi mashqlardan foydalanmay turib, maxsus chidamlilikni yuqori darajaga
ko’tarib bo’lmaydi. Shu munosabat bilan tanlangan faoliyatda intervalli mashq
metodi diqqatga sazovordir. Yakkama-yakka bahslarda va sport o’yinlarida bu
quyidagilardan iborat bo’ladi. O’yin yoki uchrashuvning umumiy vaqti bir qancha
48
davrlarga bo’linadi (uchrashuv g’alabagacha davom etadigan voleybol, tennis,
nayzabozlikda uchrashuvning taxdaqiy o’rtacha vaqti olinadi). Masalan, futbol
o’yini vaqti (2x45 daq) har qaysisi 15 daqutdan 6 davrga bo’linadi.
Shug’ullanuvchilarga yuqori sur'atda o’ynash topshiriladi. Uyinchilarning mashq
ko’rganlik darajasi oshgan sari davrlar oralig’idagi dam olish vaqti (musobaqa
qoidalarida belgilangan tanaffus vaqtidan tashqari) acta-sekin qisqartiriladi.
Kuchlilik xarakteridagi mashqlarda chidamlilikni tarbiya-lash xususiyatlari.
Biror bir kuch mashqlaridagi chidamlilik odatda bu mashqni mumkin bo’lgancha
takrorlashlar soni (gavdani yuqori tortishni, tayangan qo’llarni bukish va yozishni,
bir oyoqda cho’qqayishni mumkin qadar ko’p takrorlash va h.k.) bilan
xarakterlanadi. Boshqa shunga o’xshash barcha hollardagi kabi bunda ham
chidamlilikning absolyut va portsial ko’rsatgichlari mavjuddir. Absolyut
ko’rsatkichlar ko’proq kuchga bog’liq: kuchliroq kishilar, odatda, kuch
mashqlarini ko’proq marta takrorlashlari mumkin. Lekin bu bog’liqlik kuch
ishlatish miqdori ancha yuqori: maksimal kuch darajasidan kamida 25—30%
bo’lgandagina kuzatiladi. Kichik og’irliklar bilan mashq qilishda mumkin bo’lgan
takrorlashlar soni juda tez o’sib boradi va amalda maksimal kuchga bog’liq
bo’lmaydi. Kuchga chidamlilikning portsial ko’rsatkichlari (mazkur holda bu
ko’rsatgichlar kuch fazilatlarining individual darajasi nuqtai nazaridan hisobga
olinadi) kuchga bog’liq emas; buning ustiga ko’pincha ular o’rtasida manfiy
korrelyatsiya mavjud deb hisoblaydilar.
Aytilganlarni quyidagi misoldan tushinish mumkin: aytaylik, ikki sportchidan
biri 100 kg li shtangani, ikkinchisi 60 kg li shtangani jim qilishda yaxshi natijaga
ega. 50 kg li shtangani birinchi sportchi ko’proq marta jim qila oladi, bu yerda
uning chidamliligining absolyut ko’rsatkichlari ikkinchi sportchinikidan yuqori
bo’ladi. Agar shu sportchilarning o’ziga, masalan, 10 kg (ularning maksimal
kuchidan 20% kam) shtangani jim qilish taklif etilsa, ularning qaysi biri
chidamliroq ekanini oldindan aytish mumkin emas. Bunday holda chidamlilik
(takrorlash soni) sportchilar kuchi darajasiga bog’liq emas. Nihoyat, har ikki
sportchi o’zlarining maksimal kuchlarining 50% teng bo’lgan (birinchisi 50 va
49
ikkinchisi 30 kg) og’irlikni jim qilsalar, bunda ham kimning chidamliroq ekanligi
ma'lum emas. Bu yerda ham chidamlilik kuchga bog’liq bo’lmaydi.
Na kundalik hayotda, na sportda hech qachon kishilarni ularning kuchiga
qarab
taqqoslanmagani
sababli,
bizni
chidamlilikning
faqat
absolyut
ko’rsatgichlari qiziqtiradi. Yuqorida qayd qilinganidek, bu ko’rsatgichlar kuchning
darajasiga bog’liq; shu bilan birga qanchalik ko’p qarshilik qaytarishlar sonini
yengishga to’g’ri kelsa, bu bog`liqlik shuncha ko`p bo`ladi. Shuning uchun,
anchagina (maksimal kuchga nisbatan taxdaqan 75—80% dan ko’p) qarshiliklarni
takror yengish zarur bo`lsa, bu holda chidamlilik kuchning ortishi natijasida go`yo
avtomatik ravishda rivojlanadi. Kamroq qarshiliklarda esa, ham kuchni, ham
chidamlilikni tarbiyalashga maxsus e'tibor berishga to’g’ri keladi. Masalan,
gimnastikachi 3 sek mobaynida halqada qo’llarini yon tomonga tirab («krest» hosil
qilib) tura olmasa, u holda chidamlilikni emas, balki kuchni o’stirish kerak. Biroq,
gimnastikachi bir kombinatsiyada bir martagina «krest» qilsa-yu, ikki va undan
ko’p marta bajara olmasa, unda chidamlilikni (kuch bilan birga) tarbiyalash kerak.
Bunday holda chidamlilikni tarbiyalashda maksimal qarshilikning 35—80%
tashkil etadigan qarshilikdagi kuch mashqlarini takror bajarishdan foydalaniladi.
Bu mashqlap holdan toyguncha bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |