Egiluvchanolikni
tarbiyalash.
Egiluvchanlik
deganda
tayanch-harakat
apparatining morfofunktsional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat
zvenolarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi
egiluvchanliknyng o’lchovi bo’lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak
o’lchovlarida yoki chiziqli o’lchovlarda ifodalanadi. Egiluvchanlik faol (kishining
o’z muskullari kuch berishi hisobiga namoyon bo’ladigan) va passiv (gavdaning
harakatlanayotgan qismiga tashqi kuchlar — og’irlik kuchi, sherikning qarshiligi
va shu kabi kuchlar qo’yilishi yo’li bilan aniqlanadigan) bo’lishi mumkin.
Egiluvchanlik
muskul
va
to’qimalarning
elastikligiga
bog’liq.
Muskullarning elastiklik xususiyatlari ko’p darajada markaziy nerv sistemasining
ta'sirida o’zgarishi mumkin (masalan' musobaqalardagi emotsional ko’tarinkilik
vaqtida egiluvchanlik ortib boradi). Harakatchanlikni chegaralashda himoya qilish
xarakteri borligi ehtimol bo’lgan cho’ziluvchan muskullarning qo’zg’alishi
muhim ahamiyatga ega. Egiluvchanlikning ortishi bilan chuziluvchan muskullar
keyinroq — harakatlar amplitudasi tezlashganda kuchli darajada qo’zg’algan
holatga o’tadilar. Bunda cho’ziluvchan muskullarning faolligi pasayadi (E.P.
Vasilev).
Egiluvchanlikning namoyon bo’lishi muhitning tashqi temperaturasiga bog’liq:
temperaturaning ortishi bilan egiluvchanlik ham ortib boradi. Sutka vaqti, boshqa
jismoniy sifatlarga harakatga egiluvchanlikka ko’p ta'sir qiladi. Masalan, ertalabki
soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot o’tkazayotganda,
52
egiluvchanlik turli sharoitlar (temperatura, kunning vaqti) ta'sirida o’zgarishini
e'tiborga olish kerak. Egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay
sharoitlarni razdaqka yordamida qizish bilan bartaraf qilish mumkin. Egiluvchanlik
charchash ta'sirida sezilarli ravishda o’zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik
ko’rsatkichlari kamayadi, passiv egiluvchanlik ko’rsatkichlari esa ortib boradi.
(E.P. Vasilev).
Bolalar kattalarga qaraganda egiluvchan bo’ladilar, degan fikr mavjud. Lekin
har doim ham shunday emas. Biroq, kattalarga qaraganda, bolalarda
egiluvchanlikni o’stirishning osonligi shubhasiz, albatta. Faol egiluvchanlik
bevosita muskul kuchi bilan bog’liq. Biroq, kuchlilikni oshiradigan mashqlar bilan
shug’ullanish bo’g’inlardagi harakatchanlikni chegaralab qo’yishi mumkin. Lekin
bu salbiy ta'sirni yengish mumkin: egiluvchanlik va kuchlilikni oshiradigan
mashqlarni maqsadga muvofiq ravishda qo’shib olib borish yo’li bilan har ikkala
fazilatning yuksak darajada rivojlanishiga erishish mumkin.
Egiluvchanlnkni tarbiyalash metodikasi. Jismoniy tarbiya protsessida
egiluvchanliknnng mumkin qadar ko’proq rivojlanishiga erishmaslik kerak. Uni
kerakli harakatlarni erkin bajarilishini ta'daqlaydigan darajadagina rivojlantirish
zarur. Bunda egiluvchanlikning miqdori harakat bajariladigan maksimal
amplitudadan ortiq («egiluvchanlik zapasi») bo’lishi kerak. Egiluvchanlikning
gipertrofirik, ya'ni bo’g’inlarning anatomik tuzilishi doirasidan tashqari chiqadigan
rivojlanishi hech qanaqasiga to’g’ri emas, chunki, bu garmonik rivojlanishni
buzadi va pedagogik maqsadlarga zid keladi. Umurtqa pog’onasining, tos-son va
yelka bo’g’inlarining harakatchanligi eng ko’p ahamiyatga ega.
Egiluvchanlikni
tarbiyalash
uchun
harakat
amplitudasi
oshirilgan
(cho’ziluvchanlykni oshiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Ular 2 guruhga —
faol va passiv harakatlarga bo’linadi. Aktiv harakatlarda biror bo’g’indagi
harakatchanlikning ortishi shu bo’g’indan o’tadigan muskullarning qisqarishi
hisobiga ro’y beradi. Passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Faol mashqlar bajarilish harakteriga ko’ra bir-birlaridan farq qiladilar: bir
fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar (masalan, ikki va uch marta ketma-ket
53
engashishlar); silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og’irlik bilan va
og’irliksiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda
sharoitida gavdaning harakatsiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu
guruhga kiradi. Passiv statik mashqlar — bularda gavdaning holati tashqi kuchlar
hisobiga saqlanadi — faol egiluvchanlikni - rivojlantirish uchun dinamik
mashqlarga qaraganda unchalik samarali emas, lekin passiv egiluvchanlikda yuqori
ko’rsatknchlarga erishish imkonini beradi.
Muskullar nisbatan kam cho’ziluvchan bo’ladi. Agar bir harakatda ularning
uzunligini oshirishga harakat qilinsa (masalan, oldinga mumkin qadar ko’p
engashib), uning natijasi juda, ham past bo’ladi. Biroq mashqlarni takrorlagan
sayin ular qoldirgan natijalar yig’ilib, bir necha o’n marta engashilsa,
amplitudaning ortishi juda sezilarli bo’ladi. Shuning uchun cho’ziluvchanlikni
oshiradigan mashqlarni seriyalar bilan har birini bir necha marta qaytarib bajarish
lozim. Bunda seriyadan seriyaga o’tgan sari harakat amplitudasi orttirib boriladi.
Har bir mashg’ulotda cho’ziluvchanlik mashqlarini sal-pal og’riq paydo
bo’lguncha bajarish lozim. Og’riqning paydo bo’lishi mashg’ulotni tugatish
kerakligidan darak beradi. Agar bu mashqlarni har kuni bir yoki hatto kuniga ikki
marta bajarilsa, ularning foydasi ko’proq bo’ladi. Agar egiluvchanlikning
erishilgan darajasini saqlab turish vazifa qilib qo’yilgan bo’lsa, kamroq marta
mashq qilish ham mumkin. Egiluvchanlik mashqlarini mustaqil topshiriqlar
sifatida uyga vazifa qilib berish ancha qulay. Darslarda bu mashqlar asosan
darsning asosiy qismi oxirida, bulardan tashqari, tayyorgarlik qismidagi razdaqka
vaqtida va boshqa mashqlar (ayniqsa kuch va tezkorlikni oshiradigan mashqlar)
orasidagi intervallarda bajariladi. Egiluvchanlik mashqlarini boshlashdan oldin
yaxshigina — ter paydo bo’lguncha — qizib olish zarur. Bu mashqlar hisobiga
erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi — xona
temperaturasida 10 daq. ga yaqin saqlanib turadi. Issiqlik tarhalishini
kamaytirish (trenirovka kiyidaqi kiyib olish) bilan bu vaqtni oshirish mumkin.
Faol mashqlardan so’ng ortgan egiluvchanlik passiv mashqlardan keyingiga
qaraganda uzoq vaqt saqlanib qoladi.
54
Bolalik va o’smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo’lganligi
uchun egiluvchanlikni tarbiyalashga doir asosiy ishlarni mana shu davr ichida
(taxdaqan 11—14 yoshlarda) rejalashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |