Tovushqonsimonlar (Lagomorpha) turkumi vakillarining yuqori jag‘idagi
katta kurak tishlarining orqasida 1 juft kichkina qо‘shimcha kurak tishlari bо‘ladi.
Tishlarining tuzilishiga kо‘ra kemiruvchilarga о‘x-shab ketadi, ya’ni qoziq tishlari
yо‘q. Bu turkumga dumsiz sichqonlar yoki oxotonlar va tovushqonlar kiradi.
Dumsiz sichqonlar qishga xashak g‘am-lab qо‘yish odati bilan mashhurdir. Bular
Markaziy Osiyoning tog‘li tumanlarida tarqalgan. Tovushqonlarga oq tovushqon,
malla tovushqon, qum tovushqoni, manchjuriya tovushqoni va yovvoyi quyon
kiradi, bular eng mu-him ov darrandalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |