TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
89
qo‗shiqlar bo‗lishi mumkin.
Bularning barchasi, agar iloji bo‗lsa, mustaqil ravishda
ishlab chiqarilishi kerak. Yorqin, grafikali, zukko plakatlar va taklifnomalar bolalarni
e‘tiborini tortadi, qiziqtiradi, ulardagi bo‗lajak kelgusi hayotdagi voqealar haqida
yoqimli tasavvur hosil qiladi va ularni unda ishtirok etishga undaydi. Ommaviy sport
tadbirlarini o‗tkazishda, maktab havaskor jamoalarining
chiqishlari dasturning
ko‗ngilochar qismiga kiritilishi sport tadbirining muvofaqiyatini ta‘minlab beradi [2].
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va o‗tkazishda
quyidagilarga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi:
1.
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‗tkazish jadvali, sport
bayramining vazifalari – sport tadbirlari ularning dasturi va tuzilishi jihatidan juda
xilma-xil bo‗lishi mumkin. Bu bayram mavzusini tanlashga, uning oldiga qo‗yilgan
vazifalarga bog‗liq. Sport bayramlari ―Sportchi kuni‖ yoki ―Bolalar kuni‖ ga, qish
bilan
xayrlashishga, yil boshiga va boshqalarga bag‗ishlanishi mumkin. Bunda
ishtirokchilar paradi (sport formasida maydonga kirgan guruhlar, qurilish va
rekonstruksiya); guruhlarning ko‗rgazmali chiqishlari (umumiy rivojlanish mashqlari,
she‘rlar, qo‗shiqlar); o‗yinlar va attraksonlar; sport
tadbirining yakunlanishi
(―medallar‖ bilan taqdirlash va h.k.).
Bayram sport musobaqasi shaklida o‗tkazilishi mumkin, unda 2 yoki undan
ortiq jamoa qatnashadi, jamoalarning o‗z nishoni, shiori, sardori va jamoa rahbari
bo‗lishi nazarda tutiladi.
2. Sport bayramining vazifalariga - jismoniy tarbiya va sportni targ‗ib qilish;
har xil sport turlari bilan shug‗ullanmoqchi bo‗lgan o‗quvchilarni aniqlash va ularga
ko‗rsatmalar berish; o‗quvchilarning jismoniy rivojlanish
darajasini aniqlash va
ularda ta‘limiy-tarbiyaviy, hamda jismoniy rivojlanganlik darajalarini aniqlash; eng
kuchli sportchi o‗quvchilarni aniqlash va ularni tuman, shahar va respublika
musobaqalariga
tayyorlash; shaxsning uyg‗un rivojlanishi; vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashni targ‗ib qilish.
Vazifalar samarali hal qilinishi mumkin, agar
quyidagi prinsiplarga rioya
qilinsa
:
- tadbirni tashkil etishda uning vazifalariga muvofiqligi ta‘minlansa;
- maktabning rejimini hisobga olgan holda, sport tadbirining vaqti va joyi
bo‗yicha ishtirokchilarning mavjudligi ta‘minlansa;
- raqobatbardosh mashqlarning tayyorgarligi,
ishtirokchilarning jinsi va
yoshiga mosligi aniqlansa;
- ishtirokchilar, hakamlar va tomoshabinlar xavfsizligi ta‘minlansa;
- sport tadbirining aniqligi va ravshanligi, ochilish va yopilish marosimidan,
ishtirokchilar natijalarini aniqlashda obyektiv yondashish, ishtirokchilarni o‗z vaqtida
yutuqlarini sarhisob qilib borish va mukofotlash ta‘minlansa va boshqalar.
Xulosa tariqasida shuni ta‘kidlash joizki, umumiy o‗rta ta‘lim
maktablarida
jismoniy tarbiya va sport tadibirlarining tashkil etish asnosida boshlang‗ich sinf