TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
65
uzluksizligini ta‘minlashda innovatsion pedagogik kommunikativ texnologiyalardan
keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Aytish o‗rinliki xorijiy mamlakatlar tajribasida talabalarning mustaqil ijodiy
faoliyatlarini tashkil etish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan, shuningdek ota
onalarning bolalar bilan ishlash soati ham ancha vaqtni tashkil etadi.
Fikrimizcha, mazkur muammoni hal qilish uchun ota-onalar o‗rtasida
pedagogik psixologik o‗quv soatlarini tashkil qilish, ularni ta‘lim - tarbiya jarayoniga
to‗liq jalb etish maqsadga muvofiqdir. Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari
jarayonida ota-onalar uchun biz tomonimizdan tashkil etilgan ―Ochiq eshiklar kuni‖,
konsultativ kunlar, ko‗rik-tanlovlar, treninglar, mahorat darslari bolalarni o‗qitish,
rivojlantirish, tarbiyalashda samaradorlikka erishishga xizmat qildi.
Yuqoridagi fikrlarimiz mantiqiy davomi sifatida aytishimiz mumkinki,
bolalarning aksariyat vaqtlari oliy ta‘lim muassasalarida o‗tar ekan, demak barcha
faoliyatlar xususan: nutqni rivojlantirish, sirlarini chuqur egallash zamirida talaba
o‗zi eshitgan, ko‗rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning
to‗g‗riligi, aniqligi hamda borliqqa munosabatni anglay boradi.
Bilamizki, tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat, bunda narsa va
hodisalarning eng murakkab xusuyatlarini o‗rganish, hodisalarni oldindan ko‗rish,
bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud
bo‗ladi, ya‘ni fikr ma‘naviy hodisadir. U faqat til orqali, moddiy hodisa (tovush
to‗lqinlarida, grafik chiziqlar) tarzida reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila
oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‗zaro fikr almashish vositasiga
aylanadi.
Tajriba va kuzatuvlarimizga asoslanib oliy ta‘lim muassasalari talabalarining
nutqini o‗stirish va tafakkurini rivojlantirish jarayonining zamonaviy standartlarini
ishlab chiqish va joriy etishda quyidagi muammolar yechimini topishga qaratilgan
ta‘lim mazmunini takomillashtirish nazarda tutiladi:
- xorijiy davlatlar oliy ta‘lim muassasalari bilan o‗zaro hamkorlikdagi
faoliyatini yo‗lga qo‗yish va integratsiyalashuviga erishish; (Onlayn muloqot,
masofaviy o‗qish, davlat grantlari asosida o‗qituvchilarning malaka oshirishlari; )
- o‗qituvchi-talabalar bilan ota-onalari o‗zaro hamkorligida ta‘lim berish va
ta‘lim olish borasidagi erkin mobilizatsiyasiga erishish;
- oliy ta‘lim sohasini boshqaruv tizimi uchun maqbul yagona qoida va
talablar tizimini yaratish;
- xalqaro standartlarga mos bilim, ko‗nikma va malaka talablari va ularni
baholash tizimlarining bir xilligiga erishish;
- barcha turdagi faoliyatlarni o‗tkazishda talabalarni erkin muloqot qilishlari
uchun imkoniyat yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |