TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
64
Janubiy Koreya asosan, bolalarning boshlang‗ich, har tomonlama
rivojlantiruvchi ko‗nikmalarni shakllantirishga e‘tibor qaratadilar. Bolalar uch
yoshdan boshlab, koreys va ingliz tillarida o‗qish va yozishni o‗rganadilar. Shu
yoshdan boshlab matematika sir-asrorlarini kashf qiladilar. Koreyslar bolalarning
jismonan sog‗lom va baquvvatligiga, shuningdek, musiqa saboqlarining
o‗zlashtirilishiga alohida e‘tibor qaratadilar. Maktabgacha ta‘lim muassasalaridan
boshlab bolalarga juda ham katta hajmda uy vazifalari beriladi, ingliz tili
mashg‗ulotlarida alohida so‗z va jumlalarni tarjima qilishdan tashqari o‗z fikr va
qarashlarini sodda hamda ravon tilda ifodalashga yo‗naltiriladilar.
Germaniyada oliy ta‘lim muassasalari talabalari
nutqini o‗stirish va
tafakkurini rivojlantirish jarayoniga jiddiy munosabatda bo‗linadi. O‗quv materiallari
bilan ta‘minlanganlik, ta‘lim uchun shart-sharoitlarning mavjudligi tufayli til muhiti,
o‗qituvchining pedagogik mahorati, ijtimoiy muhit, talabalar uchun to‗liq psixologik
iqlim yaratilgan. Aytish joizki, mazkur oliy ta‘lim muassasalarida nutq o‗stirish
jarayoniga alohida e‘tibor qaratiladi, Germaniyada rus va nemis tillarida faoliyat
yuritadi.
Yaponiyada
bolalarni tarbiyalash metodi to‗g‗risida quyidagi keng tarqalgan
iborani keltiradi. Bilingval o‗qitish – ta‘lim jarayonini bir necha tilda olib borishga
ko‗proq ahamiyat beriladi. Albatta bola tarbiyasida onaning roli turlicha, lekin
bolalarning o‗z tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqoti, birga o‗ynashi va birgalikda
mehnat qilishi uy sharoitida erishib bo‗lmaydigan natijalarga, ya‘ni uning sog‗lom va
garmonik rivojlanishiga imkoniyat beradi.
Xitoyda o‗qitishning interaktiv metodlarini Internetning global tarmog‗idan
foydalangan holda, birinchi navbatda o‗qituvchilarning o‗z ustida ishlashi, tanqidiy
va ijodiy tafakkurini o‗stirishga, mustaqil ma‘lumot olishga yo‗naltirilgan zamonaviy
pedagogik va axborot texnologiyalaridan pedagoglar faoliyatini to‗liq qamrab olish
maqsadida foydalanilmoqda.
Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi
xorijiy mamlakatlarning amaliy tajribasini o‗rganish asnosida aytishimiz mumkinki,
xorijiy mamlakatlarning ilg‗or tajribasini ta‘lim jarayoniga tatbiq etish va
respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo‗yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish
mamlakatimiz oliy ta‘lim tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon
yaratadi. Shuningdek, ilm debochasi bo‗lgan oliy ta‘lim muassasalarida kreativ
yondushuv asosida oliy ta‘lim muassasalari talabalarining nutqini o‗stirish va
tafakkurini rivojlantirish, oliy ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishga erishish har
qanday ta‘lim tizimining o‗quv-uslubiy ta‘minoti, ta‘lim menejmenti va nazoratini
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga imkon yaratadi.
Kuzatuv va tahlillarimiz asosida aytishimiz mumkinki, oliy ta‘lim
muassasalari talabalarining nutqini o‗stirish va tafakkurini rivojlantirish,
Do'stlaringiz bilan baham: |