TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
68
serharakatlilikni va qiziqishlarini cheklamay, uni maqsadli tashkil eta bilish bu
yoshdagi bolalarda teran, tiniq, mantiqiy, erkin, mustaqil, badiiy, ijodiy tafakkur
darajalarini tarbiyalashda kutilgan samarani beradi.
Oliy ta‘lim muassasalari talabalarini har narsani yangilik sifatida ko‗rib, uni
har tomonlama bilib olishga intilishi, tabiat va jamiyat hodisalarini o‗ziga xos tarzda
tasvirlab, xulosalar chiqarishi inson tafakkuri orqali kechadi, nutq orqali ifoda etiladi.
Shuning uchun ham maktabgacha yoshidagi davrdan boshlab bolalar nutqini o‗stirish,
tafakkurini rivojlantirish milliy tarbiyashunoslikning bosh maqsadi bo‗lgan –
barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi.
Oliy ta‘lim muassasalari talabalarining kamol topishida qiziqishning
ahamiyati juda katta, chunki talaba qiziqqan narsasini imkon qadar chuqurroq
bilishga intiladi va binobarin, uzoq vaqt davomida u bilan shug‗ullanishdan
zerikmaydi. Bu, o‗z navbatida fikr yuritish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Amaliy tajribalarimiz shuni ko‗rsatadiki, oliy ta‘lim muassasalari talabalarda
har sohaga doir savollarning tug‗ilishi ular tafakkurining faollashayotganidan darak
beradi, ular o‗zlarining shirin nutqlari orqali fikrlarini ifoda etadilar. Aksariyat ota
onalarimiz bolalarning savollariga javob bergani ―vaqt‖ topa olmasliklari ulardagi
qiziquvchanlikni susayishiga sabab bo‗ladi.
M.Bakinaning ―Zamonaviy bolalar, zamonaviy o‗yinlar‖ maqolasida til
fikrning bevosita voqe bo‗lish shaklidir degan fikr aytilib, aynan bolalarda
tafakkurning taqqoslash, analiz va sintez qilish jarayonlari o‗yinlar orqali nutqda
ifoda etiladi. Fikrimizcha, bugungi kun bolalarini ko‗proq telemulfilmlar, mobil aloqa
vositalaridagi o‗yinlar qiziqtiradi. Va bu holat aksariyat ota-onalarimiz uchun ―qulay‖
bo‗lib tafakkur aqliy faoliyat, ongli xatti-harakatlar majmui ekanligini unutib
qo‗yadilar. Vaholanki bolalar tafakkurini rivojlantirish tevarak-atrof, ijtimoiy muhit
hamda borliqni bilish asosi, inson faoliyatini oqilona, samarali tashkil qilishning
muhim sharti hisoblanadi. Bolalar fikrlash jarayonida o‗zi ko‗rgan, idrok qilgan,
sezgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning to‗g‗riligi, aniqligi hamda borliqqa
munosabatini anglay borishi kerak. Buning uchun ota-onalar farzandlari uchun
―bo‗sh vaqt‖ ajaratib oliy ta‘lim muassasalarida o‗rgangan mashg‗ulotlarini
takrorlashlari, ular bilan sayohatga chiqishlari, bolalarga xos ertak, hikoya va she‘r
qo‗shiqlarni bolalar bilan birga ijod qilishlari ulardagi tafakkur jarayonini
faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bunday jarayonlarda bolalar turli
narsalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar va analiz hamda sintez qilib ko‗rishga
intiladilar.
Demak, kreativ yondashuv asosida oliy ta‘lim muassasalari talabalarining
nutqini o‗stirish va tafakkurini rivojlantirish kontekstida, ma‘naviy-axloqiy
fazilatlarini tarbiyalash, odob-axloq aqidalarini tarkib toptirish, uning tarixiy
Do'stlaringiz bilan baham: |