TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
36
Umumiy o‗rta taʼlim maktablarida ingliz tilini o‗qitishda intensiv metodlarni
qo‗llash jarayoni.
Ilmiy yangiligi mavjud ilmiy-pedagogik, nazariy, falsafiy, tarixiy, ijtimoiy-
siyosiy va sotsiologik manbalarni o‗rganish asosida nazariya va amaliyotdagi holati
xususiyatlarini belgilandi;
- umumiy o‗rta taʼlim maktablarida ingliz tilini o‗qitishda intensiv metodlarni
qo‗llash tizimini takomillashtirish ijtimoiy zaruriyat ekanligini nazariy-amaliy
jihatdan asoslandi;
- umumiy o‗rta taʼlim maktablarida ingliz tilini o‗qitishda intensiv metodlarni
qo‗llash tizimini takomillashtirish, uning innovatsion shakllari, vositalari va uslublari
ishlab chiqildi;
- umumiy o‗rta taʼlim maktablarida ingliz tilini o‗qitishda intensiv metodlarni
qo‗llash tizimini takomillashtirish bo‗yicha ilmiy-metodik tavsiyalar tizimini ishlab
chiqilib va uning samaradorlik darajasini aniqlandi.
Intensiv ta‟lim to„g„risida
Intensiv usuldagi dars o‗qituvchi va o‗quvchilar
tomonidan amalga oshiriladigan umumiy va do‗stona tarzda bo‗lib, bu yuqori
intensivlik va mahsuldorlik bilan ajralib turadi. Pedagogik hamkorlik texnologiyasi,
shuningdek, to‗laqonli o‗qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik
samarasini beradigan ―pedagogik vosita‖ vazifasini ham bajaradi. Ushbu
texnologiyani amalga oshirish bo‗yicha o‗qituvchiga asosiy tavsiyalar quyidagilar:
O‗quvchilarga mehribonlik bilan munosabatda bo‗lish, ularning professional,
o‗qimishli va ahloqli insonlar sifatida rivojlanishiga hissa qo‗shishish; tabiiy
xayrihohlik, demokratiya, ochiqlik, samimiylik, printsiplarga sodiqlik, adolatli
qo‗llab-quvvatlash va muvaffaqiyatga erishishiga shonch bildirish kerak.O‗quvchilar
ishonchni qozonishga intilish - tajribali o‗qituvchi o‗quvchilarni majburlashiga hojat
yo‗q.Ular o‗zlari uning so‗zlarini tushunadilar, qadrlaydilar va maslahatiga amal
qiladilar; har bir tajribali o‗qituvchi o‗quvchilar bilan o‗zaro tushunish, o‗zaro
hamdardlik,
insonparvarlik,
demokratiya
asosida
hurmatli
munosabatlarni
o‗rnatishadi.[6 ]
O‗quv jarayonini ―bir tomonlama o‗yin‖ sifatida emas, balki maqsadga
erishish uchun o‗zaro harakatlarning faol jarayoni sifatida quriladi, muloqotni
pedagogik sifatida, psixologik va pedagogik mulohazalarga asoslangan holda, doimo
nima deyish va qanday gapirish haqida o‗ylash orqali amalga oshiriladi.
Ingliz tilini intensiv usulda o‗qitishda uchta masala mavjud birinchidan nutq
foliyati turlarini o‗rgatish nisbati ;ikkinchidan nutq faoliyati turlarini o‗rgatishning
ketma – ketligi;uchinchidan hamma nutq faoliyati turlarini bir vaqtning o‗zida zarur
yoki zarurmasligi .Ushbu uchta masalalar bo‗yicha ingliz tilini o‗rgatish tizimi
qo‗yidagicha :og‗zaki ilgarilash tamoyili,og‗zaki kirish kursi,o‗qish orqali ingliz tilini
o‗rgatish ishlab chiqilgan [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |