Chirchiq davlat pedagogika instituti shukurullo mardonov umida zokirova


V bo‘lim. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/105
Sana07.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#755785
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
Мардонов Ш

V bo‘lim. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA 
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI 
 
Reja: 
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar 
taraqqiyoti. 
2. Soxibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning pedagogika 
fanida tutgan o‘rni. 
3. Mirzo Ulugbekning ilmiy merosi va uning ta’limiy-tarbiyaviy 
qarashlari. 
4. Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlari. 
Tayanch tushunchalar: “
Markazlashgan davlat”; “Madrasa va maktab”, 
“ilm-fan”, “madaniyat, san’at”, “Amir Temur tuzuklari”, “Ziji Ko‘ragoniy”, 
“Ulug‘bekning ta’lim islohatlari”, “Boburnoma”, “Esdaliklar”. 
5.1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya 
va pedagogik fikrlar taraqqiyoti 
Tarixdan ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr 
davomida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron
etildi. Fan-madaniyat, ma’rifatga juda katta putur etkazildi. 
Xonavayron bo‘lgan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib 
mo‘g‘ul istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli 
davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga 
qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, 
Samarqand va Hurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. 
Natijada Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib 
turdilar. XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal 
hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi
siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi 
natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. 
Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va 
tolon-tarojlar iskanjasida qoldi. 
 


81 
Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini 
Amir Temur o‘z elkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom 
etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos 
qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur say’i-harakatlari 
samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barham berildi 
va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal 
davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi. 
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning 
feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan 
tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal 
munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Amir Temur va 
dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida 
alohida o‘rin egallaydi. 
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan 
Movaraunnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa 
boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV 
asr O’rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi boskichi deyilishi 
bejiz emas, chunki bu davrga kelib Markaziy Osiyoda iqtisodiyot, fan va 
madaniyat gurkirab rivojlandi. Amir Temur hukmronligi davrida 
jahonning 
ko‘plab 
shaharlaridan 
Samarqandga 
hunarmandlar, 
san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning 
tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabhalarida keng 
foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog‘u-
rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot 
ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, 
jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, huquq, targ‘ibot, tarbiyashunoslikka 
oid bir qator ajoyib va muhim asarlar yaratildi. Forobiy, ibn Sino, 
Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, imom 
Buxoriy, at-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini 
o‘rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni 
mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish ishlariga, 
shaharlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi. 


82 
Sohibqiron Amir Temur say’i-harakati tufayli Samarqand shahri 
yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, 
Shoxizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, 
Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo 
etildi. Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent 
atrofida kanallar qazildi. Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar 
shular jumlasidandir. 
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, bezakli-badiiy 
buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi. Sohibqiron Temur
va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, 
astronomiya, 
matematika, 
nafosat, 
tilshunoslik, 
lug‘atshunoslik, 
musiqashunoslik, 
tarbiyashunoslik, 
me’morshunoslik, 
tijorat-
tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi 
boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida 
asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi. 
Amir Temur hukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda 
madaniyat, ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, 
madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muhim omil 
bo‘ldi. 
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar 
ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda 
diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy 
maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda 
qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi. 
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha 
yaqqol ko‘zga tashlanadi: “Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va 
muslima uchun qarzu farzdir”. Shu sababli ham, biz hech ikkilanmay 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida 
uyg‘onish davri bo‘lib tarix sahifalaridan o‘rin oldi deya olamiz. 
Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha 
siljish ro‘y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va 
Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari 
jonlantirildi. Ulug‘bek olimlarga homiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. 


83 
Uning o‘zi ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muhim 
ishlarni amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu 
davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur 
Koshiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin 
Behzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va 
boshqalar ijod cho‘qqilariga ko‘tarildilar. 
Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi 
Samarqandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnahrning 
madaniy va ilmiy hayotida katta rol o‘ynadi, uning “Risolai dar 
falaqiyot” deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi jahonga mashhur 
bo‘ldi va uni o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar. 
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, 
falsafa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir 
Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, 
Xondamir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, ibn Arabshoh, Sharofiddin 
Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari 
jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik 
qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib 
o‘tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy 
Hirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu 
erda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar etishib chiqib, jahon 
ilmu fani olamida nom qozondilar. 
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar 
yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat 
tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda 
bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish 
maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. O’quvchilar maktablarda savod 
chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G’ijduvon va 
boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u erda ham diniy, ham 
dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa 
chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda 
ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar 
yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytaolamiz. 


84 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish