LYCEUMS
Shodmonova Sh.K. - Lecturer at the Academic Lyceum at the Tashkent
Pediatric Medical Institute
Annotation.
This article outlines the General Chemistry Tests for Academic
Lyceum students, the ability to handle examples and issues correctly, develop logical
thinking, freethinking and problem solving skills.
Key words:
chemical reaction, process, mass fraction, mole, coating,
proportions, sensitivity, mass, index, coefficient, volume.
Umumiy kimyoning asoslari o‘z ichiga fanning asosiy tushunchalari, qoidalari
va nazariyalarini oladi. Ushbu bilimlar orqali to‘plangan faktlarni, eksperimental
ma’lumotlarni sistemalash, umumlashtirish, kimyoviy jarayonlarni analiz qilish,
kimyoviy moddalarga ta’rif berish mumkin. Tizimlashtirilgan bilim juda katta
funksional imkoniyatga ega va turli muammolarni hal qilishi mumkin.
Sistemalashtirilgan nazariy bilimlar va umumlashtirilgan ko‘nikmalar ta’lim olishni
88
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
davom ettirish, mutaxassislikni to‘g‘ri tanlash, kasbiy faoliyatni rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega. Har bir inson kimyoviy bilimlarga ehtiyoj sezadi, chunki bu umumiy
madaniyatning tarkibiga kiradi. Ular atrofimizdagi moddalar dunyosida o‘zimizni
to‘g‘ri tutishimiz uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Xalq xo‘jaligining biron bir
sohasi kimyosiz rivojlana olmaydi. Ekologik muammolarning kimyoviy mohiyatini,
ularning paydo bo‘lish sabablarini bilmasdan, ularning tabiatga va inson
salomatligiga ta’sirini tushunmasdan ekologik va tibbiy muammolarni hal qilib
bo‘lmaydi.
Bizga ma’lumki, kimyo fanining asosiy maqsadi ushbu fanning mazmuni va
g‘oyalari bilan o‘quvchilarni tanishtirishdir. Mazkur fanni o‘qitish jarayonida
o‘quvchilarga ilmiy dunyoqarashni asoslay oladigan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma
va malakalar, ayniqsa, zamonaviy o‘qitish metodlari, innovatsion texnologiyalardan
foydalanib kasbiy muammolarni hal etish imkoniyatiga ega bo‘lishni o‘rgatish kerak.
Kimyo ta’limida masalalarni yechishdan asosiy maqsad kimyoviy qonun va
qoidalarni, ulardan foydalanishni, kimyoviy formulalar tuzishni o‘rgatish va ularni
tobora rivojlanayotgan hozirgi zamon kimyo faniga, uning yutuqlariga tatbiq eta
olishdan iboratdir.
Nazariy bilimlarni turli xil qiyinchilikdagi masalalarni yechishda qo‘llash
faqatgina shaxsiy faoliyat jarayonini rivojlantirish mumkin. Masalalarni yechishga
kirishishdan oldin zarur nazariy va faktik materialni takrorlash muhim ahamiyatga
ega. Akademik litseylarda umumiy kimyo fanini o‘qitishda dolzarb muammolardan
biri esa o‘quvchini kimyo faniga oid test topshiriqlarini, misol va masalalarni
yechishda mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. Sharti diqqat bilan o‘qilgandan so‘ng
masala yechimiga kirishishdan oldin quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. Noma’lum qiymatlarni qanday aniqlash mumkinligini belgilab olish zarur.
Buni bitta usulda yoki bir nechta usulda amalga oshirish mumkin. Balki Mendeleyev
kimyoviy element davriy sistemasidan foydalanish kerakdir (molekulyar massani
aniqlash uchun).
2. Asosan jarayonlar bir nechta bosqichni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun
zarurat bo‘lganda proporsiya tuzish yoki modda miqdori tushunchasidan foydalanish
zarur hamda berilgan ma’lumotlarni kerakli formulalarga qo‘yish kerak.
3. Shartida keltirilgan barcha fizik kattaliklarni bir xil birliklarda ifodalash
kerak. (masalan, reagentlarning massalari – kilogramlarda yoki grammlarda,
gazlarning hajmlari –litrda yoki millilitrda va h.).
4. Agar masala shartida normal sharoitga (10
5
Pa, 0
0
S) mos kelmaydigan
hajmlar keltirilgan bo‘lsa, gazlarning hajmlari normal sharoitga o‘tkaziladi.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |