IS
H
IN
IN
G
TA
S
H
K
ILI
Y
-P
ED
A
G
O
G
IK
S
H
A
R
O
ITLA
R
I
IN
N
O
V
A
TS
IO
N
K
O
M
P
ET
EN
TLI
K
S
h
A
K
LLA
N
IS
h
I
V
A
R
IV
O
J
LA
N
IS
h
I
TA
M
O
Y
IL
LA
R
I
36
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining innovatsion kompetentligini
shakllantirish va rivojlantirish integrativ, yaxlit uzluksiz ta’lim jarayoni sifatida
tayyorgarlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olishi bilan birga, individuallashtirilgan
va tuzilmalashtirilgan jarayon hisoblanadi. Ya’ni, mazkur jarayon shartli ravishda
ajratiladigan, o‘zaro aloqador va ayrim hollarda bir-birini to‘ldiradigan quyidagi
tuzilmaviy tarkibiy qismlarni nazarda tutadi:
-
maqsadli tarkibiy qism;
- mazmuniy tarkibiy qism;
- natijaviy tarkibiy qism.
Fikrimizcha, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari innovatsion
kompetentligining shakllanishi va rivojanishi asosiy yo‘nalishlari maqsadli
komponentning tuzilmaviy-mazmunli asosini tashkil qiladi:
- qayta tayyorlash va malaka oshirish;
- metodik va axborot ta’minoti;
- raqamli innovatsion-rivojlantiruvchi muhitning yaratilishi va qo‘llab-
quvvatlanilishi.
Masalan, qayta tayyorlash va malaka oshirish – kasbiy va boshqaruv
tayyorgarlik turkumiga oid fanlarni o‘zlashtirish jarayonida maktabgacha ta’lim
tashkilotlari rahbarlarining innovatsion kompetentligi shakllanishi va rivojlanishining
tayanch yo‘nalishi sifatida ko‘rilmoqda. Ishlab chiqilgan modelimizdan kelib chiqib,
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash
va malakasini oshirish kurslari uchun uchta o‘quv moduli (“Maktabgacha ta’limda
innovatsion menejment”, “Rahbarning shaxsiy axborot maydonini loyihalashtirish”,
“Maktabgacha ta’lim sifati menejmenti”) ishlab chiqildi, bu, o‘z navbatida,
innovatsion kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga
oshirish imkoniyatini beradi.
Metodik va axborot ta’minoti maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlariga
tayyorgarlik jarayonida kuzatish texnologiyalari asosida tezkor manzilli metodik
yordam ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Tarmoq hamkorligi va tegishli elektron
resurslar faoliyati metodik ta’minotning asosini tashkil qiladi. Raqamli innovatsion-
rivojlantiruvchi muhitning yaratilishi va qo‘llab-quvvatlanishi veb-texnologiyalar
asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini shaxsiy va jamoaviy shakldagi
innovatsion faoliyatga jalb qilish vazifalarining hal etilishiga yo‘naltirilgan.
Shunday qilib, maqsadli tarkibiy qism innovatsion kompetentlikni shakllantirish
va rivojlantirish jarayonining maqsad, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi
va tayyorgarlik mazmuniga turlicha yondashuvlarni faollashtirish, maktabgacha
ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlikning shakl, metod, usul va
vositalarini aniqlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Modelning navbatdagi – mazmunli tarkibiy qismi maʻlum tamoyillar asosida
ishlab chiqildi
8
. Bunda, innovatsion kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish
8
Овсянников В.Г. Качество образования: ценностный подход и принципы инновационного обучения // Вестник Санкт-
Петербургского Университета / Ред. Н.М. Кропачев, И.А. Горлинский, Н.Г. Скворцов. – Выпуск 2, часть 1, 2009. - С. 141-
150.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |