TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
Tizimlilik tamoyili maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining innovatsion
kompetentligining tuzilmaviy tarkibiy qismlarini maqsadli rivojlantirishdan tashqari,
huquqiy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy-gumanitar va boshqaruv tayyorgarlikni
takomillashtirishni ham nazarda tutadi. Bundan tashqari, mazkur tamoyil
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining o‘zaro hamkorlik munosabatlarini
rivojlantirishni nazarda tutadi, yuksak intellektual salohiyatni ta’minlash va
motivatsiyalovchi-rag‘batlovchi maʻnaviy-psixologik muhitni tegishli darajada
ta’minlashga yo‘naltiradi.
Ilmiylik va innovatsionlik tamoyili maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbarlarining innovatsion kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish jarayoniga
zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ilmiy yutuqlar, mazkur yo‘nalishdagi ilg‘or
xorijiy tajribani joriy qilishni nazarda tutadi.
Raqobatbardoshlik tamoyili maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining
innovatsion kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining yuqori
sifatini har tomonlama ta’minlashni, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda shaxsiy-ijodiy
xususiyatlarga ustuvorlik berishni, menejerlarning bilim olishga ehtiyojlarini shakl va
mazmunni shaxsiylashtirish, maqbullashtirishni, ekspertlarni tayyorgarlik jarayoniga
faol jalb qilishni o‘z ichiga oladi.
Rivojlantirish tamoyili rahbarlarning innovatsion faoliyatni tashkil qilish, turli
boshqaruv,
pedagogik,
innovatsion
hatti-harakatlarini
kasbiy
o‘z-o‘zini
takomillashtirish asosida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Rahbarlarning mustaqil
ta’limi va o‘z-o‘zini rivojlantirishini tashkil qilish mohiyatan quyidagilarda o‘z
ifodasini topadi:
- rahbarlarning o‘z-o‘zini kasbiy takomillashtirishga rag‘batlantirish;
- mustaqil ishlashni tashkil qilishda metodik yordam ko‘rsatish;
- rahbarlarning o‘z-o‘zini kasbiy takomillashtirish yo‘nalishlari, shakllari va
metodlarini belgilash;
- mustaqil ta’lim olish uchun belgilangan vaqtda qo‘yilgan vaifalarni
muvaffaqiyatli hal qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- mustaqil ta’lim va o‘z-o‘zini takomillashtirish samaradorligini baholashning
ilmiy asoslangan va metodik jihatdan aniq mezonlaridan foydalanish;
- o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonida eng yaxshi natijalarni targ‘ib qilish,
ommalashtirish
11
.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan tamoyillar maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbarlarining innovatsion kompetentligini shakllantirish va rivojlantirishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, majmuaviy, amaliyotga yo‘naltirilgan, moslashuvchan
jarayonlarning g‘oyalarini ochib beradi.
Bundan tashqari, mazmunli tarkibiy qism maktabgacha ta’lim tashkilotlari
rahbarlarining
innovatsion
kompetentligini
shakllantirish
va
rivojlantirish
jarayonining quyidagi tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini ham qamrab oladi:
- ta’lim va amaliyotni integratsiyalash shartlari;
11
Кауфман Д. Сам себе MBA. Самообразование на 100 %. - М.: Манн, Иванов и Фербер, 2016. – 464 с.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |