183
may oyi boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan
edi.
O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1993-
yil 1-noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon
muomalaga kiritildi, uning kursi oldin
muomalada bo’lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati so’m-
kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini
ko’rdi.
O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O’zbekiston
Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga
muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi –
So’m muomalaga kiritildi.
Taraqqiyotning “O’zbek modeli”.
Mustaqillikning
dastalbki kunlaridayoq
O’zbekiston qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat
quradi, uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul
bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka
erishgan har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo
etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston
oldida ham nazariy-
ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi.
O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror
topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining
haqiqiy holati va
imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub
o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan ishlab chiqildi.
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza
va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-
yilda nashr etilgan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos
yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab
berdi.
1.
Iqtisodiyotni mafkuradan to’la
xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi,
o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2.
Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori.
3.
Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam
huquqiy asoslarga qurilishi,
qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.
4.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi.
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy
184
jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin
yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini
takrorlamagan holda, o’z
mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul
qilindi.
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z
siyosiy mustaqilligini
mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan
chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda.
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
>
Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
>
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
>
Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy
qadriyatlariga asoslandi;
>
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
>
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik
boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun
chiqaruvchi
hokimiyat
organi-Oliy
Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi.
O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan
borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun
chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida
200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: