O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

Milliy valyuta.
O’zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun 
ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O’zbekiston mustaqillikning dastlabki 
payti-1991-1993-yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. 
Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin 
pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil 


183 
may oyi boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan 
edi. 
O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1993-
yil 1-noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin 
muomalada bo’lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati so’m-
kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini 
ko’rdi. 
O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O’zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga 
muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – 
So’m muomalaga kiritildi. 
Taraqqiyotning “O’zbek modeli”. 
Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq 
O’zbekiston qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat 
quradi, uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi. 
Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul 
bo’lgan bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka 
erishgan har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo 
etishda o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-
ilmiy va amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. 
O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror 
topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va 
imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub 
o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan ishlab chiqildi. 
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari, ma’ruza 
va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993-
yilda nashr etilgan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos 
yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab 
berdi. 
1.
Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, 
o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 
2.
Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori. 
3.
Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, 
qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi. 
4.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat 
yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi. 
5.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni 
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. 
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy 


184 
jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin 
yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z 
mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l xalqimiz 
tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» deb qabul 
qilindi. 
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini 
mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan 
chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda. 
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi: 
>
Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi; 
>
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi; 
>
Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlariga asoslandi; 
>
Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi; 
>
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik 
boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi. 
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun 
chiqaruvchi 
hokimiyat 
organi-Oliy 
Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. 
O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan 
borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994-yillarda qonun 
chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 
200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish