O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to


partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus 
guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. 
O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo’lib 
o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro 
shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta 
qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. 
Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisi 1995-2004-yillarda 
o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi: 

O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini 
mustahkamlovchi qonunlar yaratish; 

qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; 

parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; 

shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; 

amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini 
o’rgangan holda olib borish; 

joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. 
Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va 
oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar 
yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib 
o’rinni egalladi. 
Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi. 
Islom Karimov 2000-yil 25-may 
kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi 
sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif 
qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o’tgan 10-yili davomida parlamentchilikda 
demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali 


186 
parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 
2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida 
ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali 
qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz kelgusi 
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga 
rozimisiz?» 
degan 
masalada 
referendum 
bo’lib 
o’tdi. 
Referendumda 
qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 
2002-yil 4-5-aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida 
«Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari 
to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika 
parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan 
iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo’yildi. Quyi palata-Qonunchilik palatasi, 
yuqori palata-Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5-yil deb belgilangan. Ikki 
palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun 
loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 
2002-yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi 
to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy 
qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar 
senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003-yil aprelda O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini 
topdi. 2003-yil 29-avgustda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar 
to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi 
tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni 
shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil dekabr-2005-
yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib 
o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning 
har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77-
moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tayinlandi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 27-
yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi 
tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri 
lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari 
etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil 
etildi va ro’yxatga olindi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27-yanvar kuni bo’lib 
o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan 
yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi. 


187 
Shuningdek 2 nafar senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil 
etilib, ularning raislari ham saylandilar. 
Muxtasar qilib aytganda, 2005-yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamenti 
shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish