O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/107
Sana07.07.2022
Hajmi1,77 Mb.
#755537
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
O‘zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to

 
 
O’zbekiston mustaqil davlat
. SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston 
rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 
1991-yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga 
binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston 
SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki 
ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga 
bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, 
prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki 
qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay 
xalos qilindi. 
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa 
muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash 
va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni 
taklif qildi. Oliy Kengash 1991-yil 26-avgust kuni O’zbekistonning davlat 
mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy 
Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 
1991-yil 28-avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat 
komissiyasining qo’shma 
plenum
i bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning 
SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya 
tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. 
Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni 
to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy 
organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 


176 
1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan 
tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti 
I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston 
taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. 
Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 
e’lon qildi va uni mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. 
Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy 
Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: 
«Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik 
Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren 
davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon 
qiladi». 
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 
e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. 
Mazkur qarorda: 
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti 
tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 
2) 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 
1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy 
belgilab qo’yildi. 
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, 
O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab 
berdi.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish