387
ko‘rinishlarni joylashishiga qarab generallashgan va chegaralangan shakllari
farqlanadi. Chegaralangan shakllari: fokal, segmentar (yonida joylashgan sohalarni
jarayonga qo‘shilishi), multifokal (chegaradosh bo‘lmagan sohalarni jarayonga
qo‘shilishi) va gemidistoniyalar. Fokal shakllari yuz, hiqildoq yoki bo‘yin
mushaklari zararlanganida blefarospazm, yuz gemispazmi, trizm, aromandibulyar
distoniya, spastik bo‘yin qiyshiqlik, yozuv spazmi, distonik oyoq ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Ba’zan chegaralangan spazmlar generallashgan shakllarning
ma’lum bir darajasi bo‘lib hisoblanadi.
Torsion distoniyaning klassik shakllaridan tashqari kam uchraydigan shakllari
ham aniqlangan. Bularga paroksizmal distoniyalar (Ryulfning intentsion
tutqanog‘i) tegishli. Qisqa vaqtli giperkinezlar paydo bo‘ladi va xushi joyida
bo‘lgan tana holatini o‘zgarishi (ko‘pincha gemitip bo‘yicha). Kam uchraydigan
shakllariga Davidenkovaning mioklonik distoniyasini va o‘ziga xos bo‘lgan “tinch
turmaydigan oyoqlar” sindromini kiritish mumkin.
Torsion distoniyani kechishi progressiv bo‘lib, qanchalik kasallik erta
boshlansa, shunchalik tez progressirlanadi. Kasallikning rigidlik va distonik-
giperkinetik shakllari farqlanadi. Rigidlik shaklida mushak tonusi yuqori bo‘ladi va
fiksatsiyalangan patologik holatlar rivojlandi. Vaqt o‘tgan sayin unga kuchli
bo‘lmagan titroq va harakatlarning sustligi paydo bo‘lishi mumkin. Distonik-
giperkinetik shaklida distonik giperkinezlar (chegaralangan va generallashgan)
paydo bo‘lishi mumkin.
Ma’lum bir shakllarda antitsipatsiya ko‘rinishlari uchrashi mumkin. KT va
MRT patologik o‘zgarishlar aniqlanmaydi. Torsion distoniyaning rigidlik shaklini
davolash dofa tutuvchi preparatlarni (nakom, sinemet, madopar) qo‘llash
yordamida olib boriladi. Ba’zan levodopani bromkrintin (dopamin agonisti) va
yumeks bilan kombinatsiya qilinadi. Doza individual tanlanadi.
Torsion distoniyaning giperkinetik shaklida levodopa preparatlari yordam
bermaydi. Bunday bemorlarga antidofaminergik preparatlar: galoperidol, tiaprid,
klonazepam, finlepsin tavsiya etiladi. Oramandibulyar distoniyalarda Pimozid,
eglonil, etaperazin, trembleks tavsiya etiladi. GAMK – energik preparatlardan
baklofen, sirdalud qo‘llaniladi. Fokal shakllarida botulin toksini (Botoks)
qo‘llaniladi, bu preparat denervatsion ta’sir qilib, 2-4 oy effekt beradi. 65-80%
hollarda talamus va subtalamik sohalarning ventrolateral o‘zaklarida streotaksik
operatsiyalar samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: