Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Gasser tugunining zararlanishi



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Gasser tugunining zararlanishi
 
Gasser tugunining shikastlanishi ko‘pincha infeksion xarakterga ega. Uning 
sabablari filtrlanuvchi virus, gerpes, suvchechak, gripp virusi, OITS, 
sitomegalovirus bo‘lishi mumkin. Gasser tuguni yana intoksikatsiyalarda, 
jarohatlarda, o‘smalarda, meningitlarda shikastlanishi mumkin. Ko‘proq 50-70 
yoshdagi ayollar kasallanadilar. Kasallik o‘tkir, umumiy belgilar: tana haroratining 
ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, qaltirash, ko‘p terlash, ishtaha pasayishi, bosh 
og‘rig‘i bilan boshlanadi. Umum infeksion belgilar fonida yuzda og‘riqlar, 
qichishish va achishish paydo bo‘ladi. Bir necha kundan so‘ng shu sohada terining 
qizarishi, shishishi so‘ngra esa gerpetik, pufakli toshmalar toshishi mumkin. 
(toshmalar ko‘z, burun, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlarga tarqalishi mumkin). 
Obyektiv tekshiruvda yuzning tegishli sohasida giperesteziya, giperpatiya yoki 
gipesteziya ko‘rinishida sezgining buzilishi aniqlanadi. Uch shoxli nerv hamma 
shoxlarining chiqish nuqtalarida og‘riq, korneal, qosh usti, engak osti 
reflekslarining pasayishi kuzatiladi. Toshmalar 1-2 hafta saqlanib, sekin-asta qurib, 
po‘stloq hosil qilib, uning ostida pigmentatsiya qoladi. Jarayon kuchli bo‘lganda 
yoki pufakchalar yiringlaganda chandiq qoladi. Kasallik 1-2 oy davom etadi. 
Pufakli toshmalar yo‘qolgandan so‘ng yuzning yarmida sezgi buzilishlari uzoq 
vaqtgacha saqlanadi. Qator bemorlarda gerpetik nevralgiyadan so‘ng bir necha oy 
davom etuvchi og‘riq paroksizmlari kuzatiladi. Og‘riq uch shoxli nervning I yoki 
II shoxlari innervatsiya qiladigan sohada joylashib, teri qichishishi bilan kechadi.
Gasser tugunining gangliopatiyalarini davolashda etiotrop, patogenetik va 
simptomatik vositalardan foydalaniladi:
1.
Virusga qarshi preparatlar: zoviraks-0,2 kuniga 4-5 mahal (5-10 kun 
davomida), fambir (famtsiklovir)-0,25 3 mahal kuniga (7 kun), atsiklovir-0,2 
kuniga 5 mahal (5 kun), medavir-0,2 5 mahal kuniga (5-10 kun), FNKaza 25 mg 4 
mahal mushak orasiga (7 kun). 
2.
Steroid gormonlar: prednizalon (120 mg), deksametazon (8 mg), 
gidrokortizon (250 mg) vena ichiga tomchilab 

5.
3.
Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi preparatlar (trental, kurantil, 
kavinton, aktovegin). 


 293
4.
Yallig‘lanishga qarshi preparatlar (brufen, valtaren, butadion, 
pirroksikam, aspirin, natriy salitsilat, ksefokam). 
5.
Desensibilizatsiyalovchi preparatlar (demidrol, suprastin, pipolfen, 
diazolin va boshqalar). 
6.
Dezintoksikatsiyalovchi preparatlar (gemodez, polidez, fiziologik 
eritmalar, 5% glyukoza eritmasi, reomakrodeks). 
7.
Siydik xaydovchi preparatlar (uregit, laziks, triampur). 
8.
Gerpesdan so‘nggi nevralgiyada Gasser tuguni sohasiga rentgenoterapiya 
yaxshi samara beradi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish