315
Август 2020 10-қисм
Тошкент
O’QUVCHILARDA O’SMIRLIK DAVRI RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI,
XUSUSIYATLARI VA YOSH DAVRLAR INQIROZLARI
Xabibullayeva Barno
Asaka tumani 39- maktabning ingliz tili fani o’qituvchisi
Annotasiya:
maqolada maktab yoshidagi o’quvchilarni ro’y beradigan ruhiy o’zgarishlar
yoshning krizis davri muammolar va yechimalar mavzusida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
o’smirlik davri, muaamo, krizis yoshi, taqlid, muammo, yechim, tavsiya.
O’smirlik-bolalikdan kattalikka o’tish davri bòlib,unda ham fiziologik ham psihologik jihatdan
òziga xos hususiyatlari bilan harakterlanadi.Bu davrda bolalikning jismoniy va psixik rivojlanishi
jadallik bilan kechadi.Aksariyat òquvchilarda òsmirlik yoshi 5-sinfdan boshlanadi.Biz òsmirlikning
fiziologik bosqichlariga tòhtalib òtmaymiz,aksincha psixologik taraflarini kòrib
chiqamiz
O’smirlik davri psixologiyasida o’tish davri “krizis”davri kabi nomlar bilan ham
nomlanadi.O’smirlar o’zlarini huddi kattalardek tutishga harakat qiladilar.Ammo ularni katta deb
ham atash nojoiz bòladi.O’smirlarda biologil rivojlanish bilan bir qatorda psixik dunyosida ham
tub burilishlar sodir bo’ladi.Krizis davri deb nomlanadigan bu davrda
kichik maktab davridan
so’ng bola alohida olingan shaxs sifatida o’z-o’ziga nisbatan munosabatlarni shakllantirish
jarayonida asosiy 2bosqichni boshidan kechiradi.Bular asosan kichik o’smirik davri hamda katta
o’smirlik davriga to’g’ri keladi.O’smirlarni o’z shaxsi haqidagi fikrlari ko’proq qiziqtiradi.Ularni
rivojlantirish va tarbiyalashga harakat qiladi.Bu davrda kattalarga taqlid qilish hamda o’zligini
topish kurashi kechadi.O’smirlarda ko’pincha ehtiyoj hamda imkoniyatlarning mos kelmasligi
ota-onasi va o’qituvchilari orasida tushunmovchiliklarga sabab bo’ladi.O’smirlar avval bajonidil
bajargan talablarga endi qarshilik ko’rsata boshlaydilar.Kattalardan esa o’z shaxsiga hurmat bilan
qarashlarini hamda mustaqil bo’lishni talab qila boshlaydilar.
Yuqorida aytib o’tkanimizdek,kattalarga taqlid ya’ni “imitatsiya” jarayoni boshlanadi.Bu
paytda yangiliklarga o’ch bo’lgan yoshlar spirtli ichimlikla va chekish kabi salbiy odatlarga
qiziqish bildirishlari ham achinarli albatta.Vaholanki bu odatlar ularni tez zeriktiradi hamda ko’p
o’smirlar bu odatlardan o’zlarini noqulay sezadilar.Katta o’zgarishlar iskanjasida qolgan o’smirlar
ichki dunyosida portlashlar sodir bo’ladi.Ba’zi o’smirlar esa nima uchun ota-onasi va kattalarga
qarshi chiqayotganligiga tushinishmaydi.Bu esa ularni battar asabiylashtiradi.O’
smir yoshidagi
bola haddan tashqari besaramjon hamda ga’yratli bo’lishadi.Ijtimoiy hayot va jamoaga bo’lgan
qiziqishning rivojlanishi bilan o’smirlarda o’z
imkoniyatlariga baho berish,jamoada o’z o’rnini
aniqlash ehtiyoji paydo bo’ladi.O’smir yoshining boshlanishi o’qish faoliyatining yuksak darajada
tarkib topishi bilan bog’lanadi.O’smirlar o’qish faoliyatida muhim o’rinlarga ijtimoiy jihatdan
bilimning muhim ekani hamda mustaqil hayot uchun zaruriy resurs ekanligini anglab yetadi.
Qolaversa,o’smirlar o’qishidagi muvaffaqiyatsizliklarni juda jiddiy qabul qilishadi.Tadqiqotlar
shuni ko’rsatar ekanki,o’smirlik yoshida diqqatning ko’lami,diqqatni bir
narsadan boshqa narsaga
yo’naltirish qobilyatlari sezilarli darajada ortadi.Qiziqarli ish,qiziqarli dars o’smirni shunchalik
darajada qamrab olishga qodirki,u juda uzoq vaqt davomida zo’r ishtiyoq bilan ishlashi mumkin.
Ishning bir turidan boshqa turiga o’tib turiladigan mazmunli mashg’ulotlar,aktiv biish faoliyati-
ana shular o’smirni darslarga qiziqishini orttiradi.
Bolada sodir bo’ladigan psixik o’sish,o’garish real hayotda o’z o’rniga ega bo’lishi biroz
murakkabroq kechishi tabiiy hol.Buning sabablari qilib hali yetarli
tajribaning kamligi hamda
kattalar boladagi rivojlanish hususiyatlarini to’laligicha anglab yeta olmasligini misol qilib
keltirishimiz mumkin.Natijada esa yuqorida tilga olganimizdek,o’smirlar
va kattalarga psixik
kechinmalar,psixologik tilda “inqiroz” vujudga keladi.Inqiroz psixik o’sishdagi ziddiyat,qarama-
qarshilik sifatida o’rganiladi.Yosh davrlar psixologiyasining asosiy inqiroz davrlari sifatida
bolalikning 3-7 hamda o’smirlik davri inqirozlari alohida o’rin egallaydi.O’jarlikning
asosiy
sababi o’smirlarning mustaqilligini cheklash,tashabbus hamda erkinligini so’ndirish hamda ongini
kamsitishdan iborat bo’ladi
Xulosa qilib aytganda,o’smirlik murakkab fiziologik ham psixologik rivojlanish o’tish davridir.
Bu davrda o’quvchi yoshlarni qiziqish va iqtidorlariga etiborli bo’lish,ularni ruhan qo’llab-
quvvatlash kerakli zarur shart va sharoitlarni yaratib berish bu davrda turli hil psixik talofatlarsiz
sog’lom fikrlay oladigan mustaqil shaxsni yetishib chiqishida muhim vositalar bo’lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar:
1.W.W.W.Pedagog.uz
2. W.W.W.Metodist.uz