Август 2020 10-қисм
Тошкент
ko’rsatadi. Ularning hiylasi shu yerda. Vaholanki, muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilgan
minglab insonlar bor, ulardan birginasi marrada. Siz esa namuna qilib ko’rsatilgan birgina
insonga taqlid qilib, ortidan yugurasiz, o’zligingizni yo’qotasiz qiynalasiz… Aslida, yashash
maqsadingizni qalbingizda shakllantirishingiz, rivojlantirishingiz kerak. U faqatgina sizga
bo’lsin. Eng asosiysi, bu maqsadingizga o’zingiz chin dildan ishonishingiz lozim.
Hayot bizga qorong’u bo’lib ko’rinishi - qiyinchiliklarning ko’pligidan emas, kuchimiz
ozligidandir. (Pyer Kornel).
Qo’rquv shubha va havotirlar atrofingizni o’ragan devorlardir. Bu hayotda katta yutuqlar va
muvaffaqiyatlarga erishishni istasangiz, bu devordan tashqariga, ichida o’zingizni qulay his qil-
gan hayotingizdan umrning gavjum ko’chasiga qarang, shundagina, tajribangiz ortadi. Lekn sizni
muvaffaqiyatlarni to’sadigan quyidagi fikrlar chalg’itmasn.
-
bu ishim o’xshamaydi.
-
buni oldin hech kim amalga oshirmagan.
-
buni qilishga pulim yo’q.
-
bunga tayyor emasman.
- qanaqa bo’larkin…
Muvaffaqiyat sizning oldingizga kelmaydi. Siz uning oldiga intilib, kurashib borasiz. Bu yo’l
davomida har xil qiyinchilikarga uchraysiz. Duch kelingan har qanday qiyinchilik sizni hayotga
yanada yaqinlashtiradi.
Hayotda eng zavqli ish - boshqalar «eplolmaysan» degan ishlarni amalga oshirishdir. (Uolter
Beyight). Men uchun ota-onam hech narsa qilmadi, qarindoshlarim meni qo’llab-quvvatlamadi,
degan gaplarni ko’p eshitgandirsiz. Ota-ona va yaqinlar sizga yordam berishga majbur emas. Siz
o’z hayotingizni o’zingiz shakllantirib o’zingiz erishishingiz kerak.
Turli muammolar sabab umidsizlikka tushsam, xarsangtosh ustasini kuzatar edim. Usta
qo’lidagi asbob bilan toshni yuz marta ursa ham tosh o’sha holatda turar. Hatto biror yeri dars
ketmas edi. Bir yuzi birinchi marta zarba berganida tosh tosh ikkiga bo’linib ketardi. Shunda
tushunardimki, toshni parchalagan oxirgi zarba emas, undan avvalgi yuz zarbadir. (Jeykob
Riss).
Kundalik hayotda hamma insonlar muammoga duch keladi. Inqirozga uchraydi, yaqinlaridan
ajraladi yoki boshqa salbiy voqealarni boshidan o’tkazadi. Aslida eng muhimi bunday holatlarda
charchamay, maqsaddan voz kechmay tik turib, to’xtamasdan davom etishdir. Omadsizlik bu-
muvaffaqiyat uchun tashlangan birinchi balki, eng muhim qadamdir. Shu sababli salbiy natijalar
sizni qo’rqitmasligi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S. Ikromov «Qadam» Toshkent 2020-yil.
2. M. Maxsudova «Muloqot psixologiyasi» 2006-
yil
.