91
zichligi, xarorat, reagent tarkibi, suvning tarkibi,
flotatsiya vaqti, bo‘tananing
mashinadagi aeratsiyalanish darajasi va h.k.
Boyitilayotgan rudaning mineral tarkibiga qo‘llanadigan reagentlarni tanlash,
ularning sarfi, va rudadagi komponentlarni ajralish ketma-ketligi tanlanadi. Rudani
mineral - petrografik o‘rganish asosida flotatsiyadan oldin hamma mineral
komponentlarning
tarkibi,
o‘simtalarning
o‘zaro
tuzilishi,
begona
aralashmalarining oksidlanish darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi
belgilanadi. Buning asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari
belgilanadi.
Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli
minerallarni nosulfid
minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalarning
oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli rudalarning
flotatsion qobiliyati sust bo‘ladi va ular avval sulfidlanmasdan turib
flotatsiyalanmaydi.
Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo‘lishi kerakki,
qimmatbaxo komponent zarrachalari o‘ziga yopishgan puch tog jinslari
minerallardan to‘liq ozod bo‘lgan va flotatsiyalanuvchi zarrachalarning o‘lchami
havo pufakchalarining ko‘tarilishi kuchiga mos kelishi kerak.
Odatda flotatsiyani zarrachalarning o‘lchami 0,02-0,5 mm orasida olib
boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarning maksimal o‘lchami
ularning
gidrofobligiga va shakliga bog‘liq. Rudani flotatsiyadan oldin yanchganda shunga
erishish kerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan
yirik zarrachalar ham, shuningdek, ajralishni keskin ko‘paytiruvchi va reagentlar
sarfini oshiruvchi, o‘lchami 0,02 mm dan kichik bo‘lgan shlamlar bo‘lmasin.
Bo‘tananing qattiq zarrachalarining massa ulushi 15-40% gacha bo‘lishi
mumkin. Flotatsiyaning ba’zi operatsiyalarida suyuqroq bo‘tana ishlatish
maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim operatsiyalar uchun esa bo‘tana quyultiriladi.
Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan to‘yinish
darajasi
pasayadi, yirik mineral zarrachalarning flotatsiyalanishi yomonlashadi,
kontsentratning sifati pasayadi. Yuqori sifatli kontsentrat olinishi talab qilinganda
flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi.
Xaroratning ortishi ko‘p xollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi.
Bunda bir qator reagentlarning (ayniqsa, yog‘ kislotalari va sovunlar) eruvchanligi
ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda to‘plovchi sifatida
ksantogenatlar ishlatilganda bunday xol kuzatilmaydi va bunda bo‘tanani faqat
qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq.
Flotatsiyada reagentlar tarkibi ishlatilayotgan reagentlarning turi, ularning
sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlarning bo‘tana bilan ta’sirlashuv vaqti bilan
belgilanadi. Reagent tartibi berilgan rudaning
flotatsion qobiliyatini, mineral
92
zarrachalarni yirikligi, suvning tarkibi va h.k.larni o‘rganish borasida olib borilgan
tajribalar asosida tanlanadi.
Odatda reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘shiladi: muhitning regulyatorlari,
depressorlar (aktivatorlar), to‘plovchi va ko‘pik hosil qiluvchilar.
Muhit regulyatorlari tegirmonga yoki chanlarga beriladi. To‘plovchilar esa
kontakt chanlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri flotomashinalarga beriladi. Tuplovchi
odatda bira-to‘la emas, balki oz-ozdan qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar
flotatsion kameraga beriladi.
Suvning tarkibi - flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv zining tarkibida
har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo‘shimchalarni saqlaydiki,
ular muhitning
pH ini o‘zgartirib, ko‘pik hosil bo‘lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfini
oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerak bo‘lmagan holda minerallarga aktivligini
oshiruvchi yoki sundiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin.
Flotatsiya vakti-flotatsiyalanuvchi komponentning kontsentratga ajralish
darajasi va kontsentratning sifatini belgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni
ko‘rsatadiki, flotatsiya vaqtining ma’lum bir chegarasi (optimum) bo‘lib, flotatsiya
vaqtining optimumdan oshishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki
qimmatbaho komponentning kontsentratga ajralishining
sezilarsiz darajada ortishi
flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, kontsentrat sifatining yomonlashishi va
flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir
bo‘ladi.
Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishning
texnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi
ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan xaddan tashqari
to‘yintirish ularni qo‘shilishini ko‘paytiradi. Nisbatan
yirik pufakchalar katta
tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarrachalarning ajralish ehtimolini oshiradi.
Butanada mineral zarrachalarni ko‘tarish uchun nisbatan yirik zarrachalar (
d
=
1mm) ning ham, va mineral zarracha yuzasini aktivlashtiruvchi mayda
pufakchalarning ham bo‘lishi kerak.
Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash sharoiti ham
ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo‘tananing xajmi va undagi qattiq
zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi kerak.
Flotatsion mashinani xaddan tashqari yuklash metalni kontsentratga ajralishini
kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi.
Mashinaga etarli miqdorda
mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va kupikli mahsulotga
puch tog‘ jinslari o‘tib ketib, kontsentrat sifati yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: