Аsoslari Darslik


Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga  bo‘lish mumkin



Download 28,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/110
Sana07.07.2022
Hajmi28,33 Mb.
#752321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
2 5422711955720765725

 
Foydali qazilmalarning turlariga qarab ularni quyidagi asosiy guruhlarga 
bo‘lish mumkin:
 
-
metalli foydali qazilmalar - qora va rangli metallar olish uchun hom
ashyo hisoblanadi.
 
-
nometall foydali qazilmalar - qurilish, keramika va boshqa mahsulot olish 
uchun hom ashyo hisoblanadi.
 
-
tabiiy yoki qayta ishlangan holdagi yoqilg‘i yoki kimyo sanoati uchun hom 
ashyo hisoblangan, yoqilg‘i qazilmalari.
 
Foydali qazilmalar xalq xo‘jaligining asosi hisoblanadi, biror bir tarmoq 
yo‘qki foydali qazilmalar yoki ularning qayta ishlangan mahsulotlari ishlatilmasa. 
O‘zbekiston konlarining foydali qazilmalarga nihoyatda boyligi, bir necha o‘n 
million tonna qazib oladigan va qayta ishlaydigan yuqori texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichli yirik mexanizatsiyalashtirilgan boyitish va metallurgiya korxonalari 
ko‘rish imkonini beradi.
 
Konchilik sanoati, hozirgi zamon texnika darajasida metall yoki mineral 
mahsulot olish imkonini beradigan qattiq hom ashyoni beradi va qayta ishlaydi. 
Foydali qazilma konlarini qayta ishlashda yer ostidan qazib olishni ko‘paytirish va 
ulardan kompleks foydalanish asosiy shartlardan biri hisoblanadi. 
 
Rudalar – metall va uning birikmalaridan tashkil topgan mineral bo‘lib, tabiiy 
kimyoviy birikmalar hisoblanadi.
 
Ruda tarkibidagi minerallar, qimmatbaho komponentlar va puch tog‘jinslaridan 
iborat bo‘ladi. Bunday minerallarga misli (xalkozin, xalkoprit), ruxli (sfalerit, 
smitsonit),qo‘rg‘oshinli (galenit, syerussit) va hokazolar kiradi.
 
Puch tog‘ jinslarga tarkibida ajratib olinadigan va qimmatli metall bo‘lmagan 
jinslar kiradi. Bunday minerallarga kvars, karbonatlar, silikatlar va hokazolar 
kiradi.
 
Bu yerda foydali mineral, zararli yoki foydali qo‘shimcha, puch tog‘ jinslari 
tushunchalarining 
nisbiyligini 
takidlab 
o‘tish 
lozim. 
Mineralning 
bu 
tushunchalarning qaysi biriga mansubligi faqat foydali qazilmani berilgan 
turigagina bog‘liq. Bitta mineralning o‘zi dastlabki mahsulotda foydali, boshqasida 
esa puch tog‘ jinsi bo‘lishi mumkin. «Puch tog‘ jins» tushunchasi ham shartli 
hisoblanadi. Chiqindisiz metallurgik texnologiya va jarayonlar yaratishga 



yo‘naltirilgan metallurgik texnologiyaning taraqqiyoti, qurilish materiallari olish 
uchun puch tog‘ jinslarning barcha komponentlaridan foydalanish mumkinligini 
isbotladi.
 
Boyitma 
tarkibida 
mahsulotlardagi 
foydali 
mineral 
va 
foydali 
qo‘shimchalarning asosiy qismi bo‘lsa, chiqindida puch tog‘ jinslari va zararli 
qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib 
tashlanadi va chiqindilar maydonida yig‘iladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va 
ishlatishga jo‘natiladi. 
 
Rudaning tarkibi odatda kimyoviy yo‘l bilan aniqlanadi. Biroq amalda buning 
o‘zi kamlik qiladi. Hom ashyo tarkibida mavjud bo‘lgan minerallar to‘rini 
(mineralogik 
tarkib) 
va 
qayta 
ishlanayotgan 
hom 
ashyoning 
barcha 
komponentlarining minerallar bo‘yicha taqsimlanishini (fazoviy tarkib)larini bilish 
kerak. 
 
Mineralogik va fazoviy tahlilni bilish, metallurgik qayta ishlaganda hom ashyo 
tarkibidagi barcha komponentlarining o‘zini to‘tishini oldindan aytish, to‘g‘ri
ratsional texnologiyani tanlash va boyitish jarayonlaridagi amallarni to‘g‘ri 
bajarish imkonini beradi. 
 
Boyitish texnologiyasini rivojlanishi va takomillashuvi hamda hom 
ashyodan kompleks foydalanishning oshishi, yani qancha ko‘p qimmatli 
komponent olinsa, shuncha asosiy metallning kam miqdori bilan iqtisodiy va 
texnik jihatdan rudani qayta ishlash samarali bo‘lishi isbotlandi.
 
Rudalar ham, boshqa foydali qazilmalar singari, yer yuzasida tabiiy ravishda 
to‘planadi, bu to‘planish kon deb ataladi 
Geologiya va konchilik ishining asosiy vazifasi boyitish fabrikalari va 
metallurgik korxonalarni kerakli tabiiy hom ashyo va qo‘shimcha materiallar bilan 
o‘z vaqtida taminlash hisoblanadi.
 
Ruda konlarini o‘zlashtirish va hom ashyoni boyitish va metallurgik 
korxonalarga yetkazish bilan konchilik sanoati shug‘ullanadi. Ruda konlarini 
o‘zlashtirishda ochiq, yopiq va aralash usullardan foydalaniladi. 
 
Hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida ishlab chiqarishni yangi 
dastgohlar bilan almashtirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshiruvchi, material 
resurslarni tejab ishlatuvchi, ishlab chiqarishga tamoman yangi texnika va 
materiallarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etib, yuqori quvvatli va samarali 
dastgohlarni yaratish dolzarb masala hisoblanmoqda. 

Download 28,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish