6.3. Kontsentratsion stolda boyitish
Kontsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion
usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Kontsentratsion stollar qalayli,
volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa rudalarni boyitishda keng
qo‘llaniladi.
Kontsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va
ulchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab xarakatlanayotgan suv oqimi
yordamida ajratishga asoslangan. Kontsentratsion stolda samarali boyitishning
eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali
sinflarga ajratishdir.
SKM - 1 A markali kontsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat
- bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo‘lishi
mumkin. Deka yoaochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum,
rezina, poliuretan va h.k. material bilan qoplanadi. Ular shuningdek, stekloplastdan
ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o‘rnatiladi. Bu
plankalar yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzunligi va
balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi.
Kontsentratsion stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va
parallelogrammaning diogonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yo‘nalishda xarakat
beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga mahkamlangan gildirakchali
rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli
richagni tyaga birlashtirib turadi.
72
Maxovich orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar
ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin.
Stolning
uzatmasi
elektrodvigatel,
tasmali
uzatma,
richagli-ekstsentrik
mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi.
Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning
tirgak va tayanchi orasida o‘rnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa
(peredniy xod) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning siqilish
darajasi gayka bilan boshqariladi.
Stol ishlayotgan paytda deka notekis xarakatlanadi. Deka oldinga
xarakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga
etadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi.
Deka orqaga xarakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi,
keyin esa sekin 0 gacha kamayadi.
Dastlabki mahsulot butana holida mahsulotni yuklash qutisiga beriladi. Suv esa
yuqoridagi ariqchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida
tarqaladi.
Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir
bo‘ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar
ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va
dekaning ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab
xarakat qiluvchi inertsiya kuchi.
Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma xarakati natijasida Ruda aralashmasi
deka buylab xarakatnadi. Bunda turli zarrachalarning xarakatlanish tezligi bir xil
emas: katta inertsiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab
xarakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga xarakatlanish
tezligiga nisbatan katta bo‘ladi.
Biroq, kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir
qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida
joylashgan bo‘ladi. Inertsiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida
kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning kundalang yuzasi buylab zichligi katta
zarrachalarga nisbatan tezroq xarakatlanadi.
73
Do'stlaringiz bilan baham: |