Аsoslari Darslik



Download 28,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/110
Sana07.07.2022
Hajmi28,33 Mb.
#752321
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
2 5422711955720765725

 
 
6.4.
Kontsentratsion stollarning asosiy 
 parametrlari va ishlash tartibi 
 
Kontsentratsion stollar ishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi: 
1. Plankalarning balandligi; 
2. Plankalar orasidagi masofa; 
3. Dekaning tebranishlar chastotasi va amplitudasi; 
4. Dekaning bo‘ylama va kundalang qiyalik burchagi; 
5. Berilayotgan suv tartibi;
6. Stolning solishtirma i/ch quvvati.
Plankalarning joylashishi, balandligi va ular orasidagi masofa birinchi 
navbatda boyitilayotgan mahsulotning xususiyatiga, shuningdek dekaning 
qiyaligiga, suv sarfi va tezligiga, stolning i/ch quvvatiga bog‘liq. 
Plankalar balandligi va ular orasidagi masofa - boyitilayotgan rudaning 
yirikligiga bog‘liq. Odatda rudani boyitishda plankalarning balandligi 4-15 mm, 
ular orasidagi masofa esa 20-45 mm ni tashkil qiladi. Mahsulot yirikligi ortgan sari 
bu parametrlar ham ortadi.


75 
Mahsulotning stol yuzasida qavatlanish samaradorligi dekaning tebranishlar 
chastotasi va amplitudasiga bog‘liq bo‘lib, u ham o‘z navbatida boyitilayotgan 
maxsulot zichligi va yirikligiga bog‘liq.
Yirik zarrachali mahsulotni boyitishda mahsulot katta balandlikda 
joylashadi, bu holda plankalar orasida kattaroq yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi 
hosil bo‘ladi va dekaning qadam uzunligi kattaroq bo‘lishi talab qilinadi. Deka 
tebranishlari chastotasi esa bunda uncha katta bo‘lmaydigan qilib tanlanadi. Mayda 
zarrachali mahsulotni boyitishda esa tebranishlar amplitudasi kichik, chastotasi esa 
katta qilib tanlanadi.
Masalan, yirikligi 3 mm li mahsulotni boyitish uchun tebranishlar chastotasi 
200 min
-1
.amplitudasi esa 24 mm, yirikligi < 0,5 mm li mahsulot uchun esa 
tebranishlar chastotasi 300-350 min
-1
ga ko‘tarilib, amplitudasi esa 12-14 mm ga 
kamaytirilishi kerak.
Stol yuzasining ko‘ndalang kiyalik burchagi - ham boyitilayotgan 
mahsulotning yirikligiga bog‘liq. qiyalik burchagining ortishi butana oqimining 
tezligi va suvning yuvilish tezligini ortishiga olib keladi, buning natijasida og‘ir 
zarrachalar stolning yonbosh tarafiga etib kelmasdan stol yuzasidan yuvilib tushib 
ketish ehtimoli ortadi. 
Mahsulot qancha yirik bo‘lsa, stol shuncha ko‘proq egilgan bo‘lishi 
mumkin. Mayin zarrachali mahsulot uchun stolning qiyalik burchagi minimal 
bo‘lishi kerak. Odatda stol yuzasining kiyalik burchagi 1-10

orasida bo‘ladi.
Yuzaning qiyalik burchagi faqatgina mahsulotning yirikligiga emas, balki 
plankalarning balandligiga ham bog‘liq. Ularning balandligi va mahsulotning 
yirikligi ortgan sari yuzaning ko‘ndalang qiyalik burchagi ortadi.
Kontsentratsion stolda boyitish samaradorligiga dastlabki mahsulot 
(butana)ning zichligi va yuvuvchi suvning sarfi katta ta’sir ko‘rsatadi. Butananing 
xaddan ziyod suyulib ketishi og‘ir minerallarning yo‘qolishiga olib keladi. Stol 
yuzasida suvning etishmasligi zarrachalar ajralishini yomonlashtiradi va i/ch 
unumdorligini pasaytiradi.
Stolga kelib tushadigan butananing optimal zichligi 20-25 % hisoblanadi. 
Yuvuvchi suvning sarfi mahsulotning yirikligi va yuzaning qiyalik burchagiga 
bog‘liq holda belgilanadi.
Boyitilayotgan mahsulot qancha yirik bo‘lsa, yuvuvchi suvning tezligini 
shuncha oshirish mumkin. Yuzaning qiyalik burchagi katta bo‘lsa, yuvuvchi 
suvning mikdorini kamaytirish mumkin. Odatda kontsentratsion stolda 
ishlatiladigan suvning mikdori har bir tonna Ruda uchun 1-2 m
3
ni tashkil qiladi.
Kontsentratsion stolning i/ch unumdorligi rudaning xossasiga, yuzaning 
maydoniga, stolning ishlash tartibi va boshqa omillarga bog‘liq. 


76 
Stolga ortiqcha mahsulot berilsa mineral zarrachalar qavatlanishiga 
ulgurmaydi, chunki plankalar orasidagi bo‘shliq og‘ir minerallar bilan o‘ta to‘lgan 
bo‘ladi va yangidan tushayotgan mahsulot esa tez suv bilan yuvilib tushib ketadi.
Stolga mahsulot kamroq berilsa, mineral zarrachalar samaraliroq ajraladi, 
lekin bunda stolning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan bo‘ladi (i/ch quvvati 
nuqtai nazaridan). 
Kontsentratsion stolning afzalliklari: boyitishning yuqori samaradorligi, 
mineral zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish mumkinligi va uni darhol 
regulirovka qilish mumkinligi. 
Stolning kamchiliklari - solishtirma i/ch quvvatining pastligi, binoning katta 
maydonini egallashi, sinish oqibatida nisbatan tez-tez ishdan chiqishi, hamma 
bugimlarini sinchiklab sozlash kerakli 

Download 28,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish