160
XULOSA
Mazkur darslik foydali qazilmalarni boyitishning xalq xo‘jaligidagi o'rni,
foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining sifati ulardagi qimmatbaho (foydali)
komponent, qo‘shimchalar, yo‘ldosh
elementlarning miqdori, yani qimmatbaxo
komponent - bu foydali qazilma qazib olinayotgan element yoki tabiiy birikma
bo`lib, mis, qo‘rq’oshin, temir,
asbest misli, q’o‘rq’oshinli, temirli va asbestli
rudalarda tegishli ravishda qimmatbaxo komponentlar hisoblanadi. Qo‘shimchalar
bo`lsa, foydali va zararl bo‘lishi mumkin. Foydali qo‘shimcha - foydali qazilmada
uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaho komponentga
ilashib uning sifatini yaxshilovchi va ajralishini osonlashtiruvchi
element yoki
tabiiy birikmadir. Zararli qo‘shimchalar bo`lsa, foydali qazilmada uncha ko‘p
bo‘lmagan miqdorda mavjud bo‘luvchi, qimmatbaxo komponentga ilashib uning
sifatiga salbiy ta’sir etuvchi va ajralishini qiyinlashtiruvchi elementlar yoki tabiiy
birikmalardir. Bulardan tashqari yo‘ldosh
elementlar mavjuddir, ular qazilma
tarkibida uncha katta bo‘lmagan miqdorda uchraydi,
foydali qazilma tarkibidan
ajratish uni yer qa’ridan asosiy qimmatbaxo komponent bilan birga qazib
olinayotganligi uchungina iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofik bo‘lgan
qimmatbaxo
komponent
hisoblanadi,
shuningdek,
ajratib
olinadigan
mahsulotlarning yirikligi va namligi bilan aniqlanishi,
ruda va boyitmalarga
qo‘yiladigan talablar, boyitish usullari, sxemalari
va boyitishning texnologik
ko‘rsatkichlari ko'rib chiqilgan.
Foydali qazilmalarni boyitishda quyidagi jarayonlar, tayyorlash jarayoni,
asosiy jarayon va yordamchi
jarayonlar olib borilishi, bu jarayonlar ketma
ketliklar natijasida yani, tayyorlash jarayoni ruda bo`laklarini yuzasini ochib bersa,
asosiy jarayon minerallarni tarkibida boyitma va chiqindini ajratib oladi,
yordamchi jarayonlarni vazifasi, boyitma va chiqindini qayta ishlashdir.
Bu
jarayonlarning barchasida, albatta, dastgohlar va uskunalar ishlatilishi
natijasida ularni tuzilishi va ishlash tartiblari berilgan.
Shuningdek turli xildagi foydali qazilmalarni boyitishning nazariyasi va
amaliyoti keltirilgan.
Imkon
darajasida boyitish
fabrikalarida boyitish
maxsulotlarini
suvsizlantirish va changni ushlash masalalari bayon qilingan.
Darslikdan konchilikka oid hamma mutaxassisliklarda o‘qiydigan, rangli -
qora metallar metallurgiyasi mutaxassisligi talabalari ham foydalanishlari mumkin.