Quyidagi tayanch so’zlarni ta’riflang
metall pul;
qog’oz pul;
banknota;
bimetalizm;
monometalizm;
chek;
veksel;
valyuta masshtabi;
baholar masshtabi;
oltin;
tangalar;
xazina biletlari;
emissiya tizimi;
pul birligi.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar
1. Pul tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Bimetalizm pul tizimini o’ziga xos xususiyatlari?
3. Nima uchun monometalizm pul tizimiga o’tildi?
4. Metall pul tizimidan qog’oz va kredit pullar tizimiga o’tishning asosiy sabablari?
5. Kredit pullarning turlari va ularni izohlang?
6. Pul tizimining asosiy elementlariga nimalar kiradi?
7. 1976-1978 yillarida Yamaykada o’tkazilagan davlatlararo kelishuvning maqsadi?
8. Oltinni demonetizatsiya qilish deganda nimani tushunasiz?
93
VII BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI
1-§. O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi
O’zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo’yicha o’z
mustaqil tizimiga ega bo’lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning tarixi
to’g’risida to’xtalmoqchimiz.
Ba’zi
manbalarda
keltirilishiga qaraganda O’rta Osiyoda birinchi pullar
Iskandar Zulqarnay davrida miloddan avval 250 - 261 yillarda chiqarila boshlangan.
Yoozirgi Markaziy Osiyoning ko’pgina maydoni oldingi Buxoro davlatiga
mansub bo’lgan va shu kungi MDYo davlatlari ichida O’zbekiston Respublikasi
zaminida ya’ni, Buxoro davlatida birinchi metall pullar zarb qilgan. Metall pullar
zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug’doy va
qog’oz material ishlatilgan.
Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700-yillarda zarb qilingan. Bu pullar
kumush tangalar bo’lib, Buxoro davlati shohi Kana-Buxoro-Xudot tomonidan
chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo’lgan toza kumushdan zarb qilingan. Tanga
o’rtasida shohning tasviri va uning atrofiga qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu kumush
pullar «dirham» deb atalgan. Buxar-Xuddat 40 yil davlatni boshqargandan keyin,
taxtga xalifa Abu-Bakr-Siddiq o’tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Xorun-ar-Rashid
davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo’lib, savdo ko’proq dirhamlarda olib
borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o’zining kumush tangalarini muomalaga
kiritgan. Lekin aholi ko’proq dirhamlar bilan savdo olib borishni afzal ko’rgan.
Dirhamlarga bo’lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining ko’pgina boshqa
mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirhamlarning juda yuqori proba va
sifatga ega bo’lishi asta sekinlik bilan ularning muomaladan yo’qolishiga olib kelgan.
801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish
maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall
qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida
«gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past va
94
kumushga temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo’lgan. Bu pullar aholi
orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga
nisbatan yangi kumush gidrafining majburiy kursini belgilab qo’ygan, ya’ni 6 gidrifi
1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to’lovlarni faqat gidrifida
olishning joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga erishilgan. Davlat
tomonidan har xil soliq va to’lovlarni faqat gidrifida to’lashni joriy qilish natijasida
822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi tillo 7,5 gidrifi
kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Maxak Qasrida zarb qilingan.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo’lgan
metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo’laklarga
bo’linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko’rsatganki, rus davlatida IX-X
asrda savdoda qo’llanilgan dirhamlar 40 bo’lakka bo’linib, har bir kumush
bo’lakchasi pul birligi sifatida ishlatilagan. Keyinchalik rus davlatiga, Evropa
davlatlari metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiev knyazi
Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan.
X asrning o’rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida Buxoro davlati
maydoni kengayib hozirgi O’rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha maydonini o’z
ichiga olgan va u 3 va undan ortiq Evropa mamlakati maydoniga teng kelgan.
Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga
yana sifatli kumush tangalar - dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar muomalada
donalab va og’irligi o’lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa davlatlari bilan
keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush tangalar Evropa va rus
davlatiga oqib o’tgan va biz yuqorida ta’qidlaganimizdek, rus davlati bu dirhamlarni
bo’laklarga bo’lib, pul birligi sifatida muomalada ishlatgan.
XI asrda Somoniylar davlatidan turklarning o’rin olishi pul muomalasini ham
o’zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida
saqlanib qoldi.
XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshoh davrida, keyinchalik Temuriylar
davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko’plab zarb qilingan.
Shayboniyxon davrida 1507 yilda pul islohoti o’tkazilib, cheklagan miqdorda
95
muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar
chiqarilgan. Oltin tangalar «tillo», kumush tanga «tanga», mis tanga «dinor» deb
nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo’lib «pul» deb
nomlangan.
Temuriylar davrida «amiri» dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning vazni
5,7-6,0 gr. atrofida bo’lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini
kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan.
O’zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda
Buxoroda o’tkazilgan pul islohotidir. Bu islohat shoh Ubaydulloxon tomonidan
o’tkazilgan bo’lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda kumush
miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo’lgan va ular davlatning urush bilan
bog’liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush tanganing
og’irligi 1 misqolga teng bo’lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 4ga bo’linib,
endi to’rt kumush tanga zarb qilingan va ularning har birining vazni 1 misqolga teng
bo’lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi pullar «yaxshi» va
«yomon» pullarga bo’lingan. 1 misqol 24 nuxudga tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud =
1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng bo’lgan.
Ubaydullaxon o’tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi
kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va
undan keyin amaliyotda qo’llanilagan emas. Bu to’g’rida qo’yidagi jadval
ma’lumotlariga murojat qilishimiz mumkin.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan Ubaydulla
Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati tushib borgan.
96
2-jadval
№
Yillar
Tangadagi kumush miqdori - %
1. 1608-1610
90
2. 1615-1623
80
3. 1617-1678
70
4. 1699-1700
35
5. Ubaydulloxon
davrida
22,5
Qariyib 100 yillardan keyin, XVIII asr o’rtalarida Muxammad Rahimxon
davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX
asrni boshlariga kelib Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo’lgan.
Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Tashkent ruslar
qo’liga o’tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O’ra-Tepa, Jizzax, Samarqand,
Kattaqo’rg’on, Urgut kabi shaharlari Rossiya qaramog’iga o’tgan. Buxoro amiri
Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo’lib o’zining
mustaqil pul tizimini saqlab qolgan, hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O’sha
davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl
80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekga, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, pul 1/4
kopeekga tenglashtirilgan. Muomalada ko’proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1
tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90-yillarida
Rossiya, Toshkent, Quqonda keyinchalik Buxoroda o’z banklarini ochgan.
Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus
oltin, kumush tangasidan ko’ra kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklari
amirga to’laydigan soliq va boshqa to’lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda
olib kelgandan ko’ra, kredit biletlarda olib kelishi ularga arzon va oson bo’lgan.
Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklariga shu
yo’l bilan va boshqa yo’llar bilan tushgan kumush tangalar qaytib muomalaga
chiqmagan. Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib
rus kumush tangasi bo’lib muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli
97
probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tangasidan ancha sifatli
bo’lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb
qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirilgan. Yoisob-kitoblarni
olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar bo’lgani uchun Rossiya
davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish to’g’risidagi masalani
qo’ygan. Rossiya Moliya Vazirligi tomonidan Buxoro davlati pulining loyihasi ishlab
chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopeekkacha teng bo’lib, uning bir
tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida Buxoro davlati belgisi
tasviri bo’lishi kerak edi. Lekin, Buxoro amirning hizmati tufayli bu ish amalga
oshirmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o’zining pul birligining
saqlab qolgan. Turkistonning Rossiyaga qoshilishi natijasida,
XX
asrning
boshlarida Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik
sovznaklar, «Turkbon»lar, chervonetslar muomalada bo’lgan. 20 yillarning
o’rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl pul
birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikgacha pul muomalasi shu pul birligida
olib borilgan.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |