Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


-§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#749974
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
PUL KREDET VA BANKLAR

2-§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari 
Zamonaviy pul tizimi qo’yidagi elementlarni o’z ichiga oladi: pul birligi; 
valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baholar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya 
tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pul tizimining tarkibiy qismi milliy valyuta tizimidir, nainki u nisbatan 
mustaqil bo’lsa ham.
Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar 
bahosini o’zaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat qiladi. Ko’pincha pul birligi 
mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Ko’pchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish 
tizimi o’rnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AQSh dollari 100 tsentga 1 funt sterling - 100 
pensga, 1indoneziya rupiyasi - 100 senga teng va h.k.)
Rasman baholar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat-monopolistik 
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng 
yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta islohoti natijasida oltinning 
rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit 
biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan, AQSh da 
muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20, 10, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. 
Xazina biletlaridan tashqari kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 
tsentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 
1 f. st., 50, 10, 5, 2 pennli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 
shilling tangalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan 
mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda 
ko’proq xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 
5, 1 sen qiymatli, Yoindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda bank biletlarining emissiyasi Markaziy banklar 
tomonidan, xazina biletlari va tangalar qonunda belgilangan emissiya huquqiga 
asosan xazina muassasalari tomonidan chiqariladi. Bu mamlakatlarda pul 
emissiyasining asosiy kanali - depozit chek emissiyasidir. Mijoz schyotlaridagi 


91 
depozitlarga muvofiq tarzda to’lov oborotini ta’minlaydigan chek massasini 
ko’paytiriladi. Unda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari ishtirok etadi.
Pul siyosati kredit siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lgani uchun bozor 
munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni davlat pul-kredit siyosati bilan tartibga solib 
turadi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda 70-yillardan monetarlashtirish siyosati 
kiritilgan. Bu siyosatga asosan Markaziy banklar muomaladagi pul massasining 
o’sishi va kreditlarni tartibga solishda maqsadli mo’ljallarni o’rnatishi lozim. 1975 
yildan boshlab Germaniya Markaziy banki (davlat banki) kelasi 12 oyga 
rejalashtirayotgan muomaladagi pul massasining o’sish yoki qisqarish su’ratlari 
to’g’risida kongressga hisobot beradi.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi qo’yidagi xususiyatlarga 
ega. 
Pul birligining oltin tarkibi, banknotalarini oltin bilan ta’minlash va unga 
almashishning bekor qilinishi; 
- oltinga almashinmaydigan, keyinchalik qog’oz pul aylanadigan, kredit 
pullarga o’tish;
- pulni muomalaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki 
davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish; 
- pul muomalasida naqdsiz pul oboroti ustunligi; 
- pul muomalasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
1929-1933 ylardagi jahon iqtisodiy inqirozi davri va undan keyin yuzaga 
kelgan valyuta bloklari, rivojlanayotgan mamlakatlarda emissiya institutlari va 
ularning operatsiyalari nazorat qilib turgan metropoliyalarga bog’liq bo’lgan pul 
tizimlari saqlanib qolishini ta’minlaganlar. Emissiya miqdori xo’jalik ehtiyojlari bilan 
emas, to’lov balanslari holati bilan belgilangan. Ikkinchi jahon urushi va undan 
keyingi davrda urushgacha bo’lgan valyuta bloklari asosida alohida valyuta zonalari
yaratildi. Bu valyuta zonalari asosiy valyutaga nisbatan boshqa valyutalarning qa’tiy 
kursini ushlab turish; milliy valyutalarni gegimon - davlat banklarida saqlash; zona 
ichida valyuta hisob-kitoblarning imtiyozli tartibi kabi xususiyatlarga asoslanib 
faoliyat olib boradi. 


92 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish