3-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari
Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va
ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta
kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham
ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat
iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va
kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash.
Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga
aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda
xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib
olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini
chet valyutasiga almashtiradi;
jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy
va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;
firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta
baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul
birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR,
EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va
taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab
chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat
asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar
ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori
o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. O’iymat tovar ishlab
chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul
birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va
ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan. O’iymat munosabatlariga asoslangan.
Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning
milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish
116
natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga
investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Kapitalning xalqaro harakatining tez o’sishi bilan bog’liq ravishda valyuta
kursini O’zgarishiga (tovar) valyutani tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga
moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta
kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy,
struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki
teskari ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga
bo’lish mumkin;
1.
Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy
ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar:
- xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti
(YaMM) to’lov balansi;
- pulni ichki va tashqi taklifi;
- foiz stavkalari.
Bu ko’rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) omillar sifatida atash mumkin.
2. (Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini
o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.
3. Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga
keladigan omillar:
•
Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi;
•
Davlat byudjeti defitsiti;
•
Nazoratsiz emissiya;
•
Inflyatsiya;
•
Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq.
•
Monopol ishlab chiqarish;
•
Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi;
a) To’liq hajmda to’lov vositasi;
b) jamg’arish vositasi;
117
v)Kapitalni chetga oqib ketishi;
•
Investitsiyani qisqartirish;
•
Ishlab chiqarish hajmini pasayishi.
•
Resurslar oborotida qatnashmaslik;
•
Iste’molchilarning foydalarini pasayishi;
•
Valyuta birjasidagi uyin;
•
Tovarlarni «yuvilishi»;
•
Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan
tashqi savdo faoliyati.
Siyosiy omillar;
•
Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;
•
Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar;
•
Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi;
•
Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
•
Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;
•
O’onunlarni bajarilish darajasi;
•
Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
•
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;
•
Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasto’rning yo’qligi;
•
Aholning boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
•
Xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
O’onuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining
kursini, qimmat baho qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o’rnatilishi
katirovkalash deb ataladi. Yoki qisqacha qilib aytganda valyuta kursini o’rnatish
katirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud;
1)
To’g’ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada
ko’rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir-birligiga to’g’ri keladigan
miqdorda ko’rsatilsa, to’g’ri katirovkalash deb ataladi. Masalan, 2003 yilning 30
sentyabrida 1 AO’Sh dollariga nisbatan o’zbek so’mining kursi 975,00 so’mni, 1
118
Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so’mni tashkil etdi. Bunday katirovkalash hozirgi
vaqtda jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda qo’llanilib kelinmoqda.
2)
Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy
valyutalardagi miqdori o’rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy
valyutadagi bahosi ko’rsatiladi, masalan;
Buyuk Britaniyada funt sterlingning Avstraliya dollarining va EKYuning kursi
teskari katirovkalash yordamida o’rnatiladi. Agarda ikki valyuta o’rtasidagi nisbat
qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni
«kross-kurs» deb ataladi.
Masalan: 1 $ AO’Sh dollari = 31 Rossiya rubli
1 $ AO’Sh dollari = 5 Ukraina grivna
1 Ukraina grivna = 6,2 Rossiya rubli
Ko’rinib turibdiki, (kross-kurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina
girivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu misolda
AO’Sh dollari uchinchi valyuta rolini uynaydi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi
valyuta sifatida AO’Sh dollari qo’llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon
ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan katirovka qilinadi.
Kross-kursdan foydalanish ancha ogir va risklidir. Ammo ularni qo’llash
quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir;
-sizning talabingizdagi valyutaga ega bo’lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga
talab mavjud emas. (Masalan, so’mni Yaponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda
1
1 so’m = -------- AQSh dollari yoki 1 AQSh dollari 975,00 so’m
975,00
1
1 so’m = --------- Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 31,97 so’m
31,97
119
uchinchi valyuta AO’Sh dollari bo’lsin. Yaponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning
valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo’q).
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta
kurslarining ko’rinishlaridan foydalaniladi;
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat
pul birligining shartnoma to’zilgan vaqtda o’rnatilgan baho bo’yicha boshqa
mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi
tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard»
kurs-bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir.
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan
sotilish va xarid qilish bahosini o’zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida yuzaga
keladigan xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan
paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo’yicha valyuta sotiladi yoki sotib
olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa,
unda bir tomon foyda ko’radi va bir tomon zarar ko’radi. Masalan, siz 2003 yil 1
yanvarda 2003 yili 1-iyun kuni 1$=965 so’m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz.
Ammo 2003 yil 1-iyun kuni 1$=970 so’mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5
so’m miqdorida qo’shimcha foyda ko’rdingiz.
Agar 1-iyun kuni 1$=963 so’mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so’mdan
zarar ko’rasiz.
Muddatli bitimlar bo’yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dasxat metodi
bo’yicha katirovka qilinadi va «autrayt» kurslari deb ataladi.
Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs-Diskont.
Misol.
Bitim summasi - 1 mln
Bitim muddati - 90 kun
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) - 3,5 % Baxolovchi
valyutadagi depozitlarga to’lanadigan % stavkasi (DEM) - 5,5 % Cpot kurs 1 =
1,5210-1,5220 DEM
120
Ustama yoki dikont ekanligi % stavkalari o’rtasidagi farqdan bilish mumkin.
Agar valyuta bitimi bo’yicha % stavkasi baholovchi valyutaning % stavkasidan past
bo’lsa, bu valyuta yuqori kurs katirovka qilinadi va chiqqan ko’rsatkich ustama
sotiladi. Agar valyuta bitimining % stavkasi yuqori bo’lsa, bu ko’satkich diskont
bo’ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning % savkasi bitim valyutasidagi
kreditlarning % stavkasidan yuqori bo’lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va
aksincha bo’lsa ustama hisoblanadi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib
olish kursini o’rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi.
Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi
xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kurs
Bu kurslar o’rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmati xarajatlarini
qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi.
- erkin «suzib» yuruvchi
- cheklangan darajada «suzib»yuruvchi
- qayd etilgan valyuta kurslari.
Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi
va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya
ienasi, Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida
keng ishtirok etadi.
SK x FSF x BM
Ust/Disk = ------------------------ = (360x100)=(BVFS x BM)
1,5210
х
(5,5-3,5)
х
90 273,78
----------------------- = ---------- = 0,0075
(360
х
100) + (3,5
х
90) 36315
121
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o’zgarishi ayrim
valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o’zgarishiga bog’liq. Misol
uchun «Uchinchi dunyo»ning ko’pchilik mamlakatlari o’z valyutalarini AQSh
dollariga, Evropa mamlakatlarining EURO siga va boshqa boshqa xorijiy
valyutalarga bog’laydilar. Sobiq sotsialistiq mamlakalar ularning valyuta kurslarini
valyuta savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda
hisoblanadi. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan
mamlakatlar o’z valyutalarining tebranish chegarasini o’zlari hamkorlik kilayotgan
mamlakatlar bilan kelishib oladilar.
O’ayd etilgan valyuta kursi-bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul
birligining davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan bahosi bo’lib, unga valyuta
bozorlaridagi talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd
etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga
etarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy
ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash
maqsadida qullaniladi.
Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o’z valyutalari kurslari to’g’risidagi
axborotni e’lon qilib boradilar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ish
yakunlari matbuotda, televideniyada e’lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi
belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan inflyatsiya sharoitida jahon bozorida milliy
mahsulotga bo’lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy
tovarlar baholari o’rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo’ladi. Ya’ni milliy
valyutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak. Real valyuta kursini
hisoblashni O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida
ko’rsatish mumkin. Masalan, 1m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so’m,
Rossiyada 35 rubl, Valyutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so’m yoki
1so’m = 0,032 Rossiya rubli bo’lganda, 1 m o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya
rublida 0,032*1000=32 rubl turadi. Bunday holda O’zbekiston va Rossiyada ishlab
chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati teng bo’ladi.
122
Demak, ushbu nisbat o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlama bahosining 0,9
va undan arzon ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, real valyutadagi bahosiga va
nominal almashtirish kursiga bog’liq bo’lib, quyidagi tenglik bilan izoxlanadi;
Real kursi = nominal kursi o’z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi
xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy ko’rinishda shunday yozish mumkin;
Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta
kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq
turadi. Shuning uchun eksport o’sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va aksincha,
yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa
nisbatan arzonroq turadi. Natijada import o’sib, eksport qisqarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |