Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana06.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#749974
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103
Bog'liq
PUL KREDET VA BANKLAR

 
 
Мс
= f (Y x X) 


84 
Tayanch so’zlar 
 
pul nazariyasi
metall pul; 
qog’oz pul; 
oltin tanga standarti; 
quyma oltin standarti; 
oltin deviz standarti; 
qimmatbaho metall; 
xazina biletlari; 
kredit pul; 
nominalizm; 
monetarizm. 
 
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 
1. Pul nazariyasining kelib chiqish sabablari qaysilar? 
2. Metallik nazariyasining vujudga kelishi va ularning namoyondalari qanday 
g’oyani ilgari surishgan?
3. Metallik pul tizimi qanday ko’rinishlarda yuzaga kelgan? 
4. Pulning nominallik nazariyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
5. Pulning nominallik nazariyasining asoschilari kimlar? 
6. Pulning miqdoriylik nazariyasi va uning namoyondalari. 
7. Yoozirgi zamon pul nazariyalaridan qaysilarini bilasiz? 
8. M.Fridman va Keyns g’oyalari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
9. Yoozirgi zamon monetarizmi haqida nimalarni bilasiz? 
 
 


85 
VI BOB. PUL TIZIMINING MOYOIYATI, TURLARI VA
ELEMENTLARI 
 
1-§. Pul tizimi va uning asosiy elementlari 
 
Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan 
tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII 
asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi 
munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari 
bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning 
kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: 
umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab 
quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan.
Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi 
tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha 
funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar 
muomalasi tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul 
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga 
bo’linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko’pincha oltin va 
kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga 
chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan. 
Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metallning bozor 
bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar orasidagi 
mutanosiblikni o’rnatib qo’ygan. Oltin va kumush tangalarning chiqarilishi va 


86 
ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga 
oshirilgan.
Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo’lib G’arbiy Evropaning 
qator mamlakatlariga esa XIX asrgacha etib kelgan.
1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari 
bimetalizmni xalqaro sulh - Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga 
urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori 
qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o’rtasida 1:15,5 qiymat 
mutanosibligini o’rnatish shartlari ko’zda tutilgan. 
Biroq bimetallik pul tizimining qo’llanilishi rivojlangan kapitalistik xo’jalik 
ehtiyojlariga mos kelmasdi, chunki qiymat o’lchovi sifatida bir vaqtning o’zida ikki 
metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri 
kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bo’lib faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. 
Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning 
bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning 
arzonlashishi va uning qadrini yo’qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan 
xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya’ni 
yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni 
talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy 
ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga 
va boshqa qiymat belgilari qimmatbaho metallarga almashiniladi.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada - 1847-
1875 yy. da mavjud bo’lgan.
Chor Rossiyasida kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda 
o’tkazilgan pul islohoti natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. 
Keyichalik muomalaga kredit biletlari ham chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng 
muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu islohot 
so’nayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchilligi 


87 
sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 
yillardagi Qrim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab 
qildi va amalda ular qog’oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada 
XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik 
boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: Germaniyada - 1871-1873 
yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, 
Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya va Yaponiyada - 1897 yilda, AQSh da - 1900 yilda.
Qiymat belgilarining oltinga almashinishiga qarab oltin monometalizmi uch 
ko’rinishga ajratiladi: oltin tanga standarti (zolotomonetniy standart), olting’isht 
(zolotoslitkoviy) standarti, va oltin valyuta (zolotovalyutniy ili zolotodevizniy) 
standarti. 
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab 
chiqarish, kredit tizimi, jahon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam 
bergan. Bu standart quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
Mamlakat ichki muomalasida to’laqonli oltin tanga mavjud bo’ladi, oltin 
pulning barcha funktsiyalarni bajaradi;
Xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat etiladi (ko’pincha 
mamlakat zarbxonasida); 
Muomaladagi to’la qiymatli bo’lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin 
va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi;
Oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda 
erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo’l qo’yiladi.
Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya banklarida oltin 
zaxiralari bo’lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining rezervi bo’lib xizmat 
qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta’minlangan va jahon pullari rezervi 
bo’lgan.
Birinchi jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o’sishi, uning zayomlar 
chiqarish va tabora o’sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul 
hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning 


88 
oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullarning oltin tangalarga 
erkin almashinishini xavf ostiga qo’ydi. Bu davrda oltin tanga standarti urushda 
qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko’pchilik boshqa mamlakatlarda ham 
(AQSh dan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o’tab 
bo’ladi: banknotalarning oltinga almashtirishi tugatildi, uni chegaradan olib chiqish 
man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. Birinchi jahon urushi 
tugagandan so’ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday 
kapitalistik mamlakat o’z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga 
qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga standartidan 
farqli o’laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko’zda tutilmaydi. 
Banknota va boshqa to’la qiymatga ega bo’lmagan pullar oltin quyilmalarga 
almashiniladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyilmasi 1700 f. st., Frantsiyada esa 
12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan.
Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin 
deviz standarti o’rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muomalasi va erkin zarb etilishi 
ko’zda tutilmaydi. To’la qiymati bo’lmagan pullarni oltinga almashish oltin ko’yilma 
standarti bo’lgan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo’l bilan 
oltin valyuta standarti o’rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi 
saqlanib turilgan.
Shunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat 
valyutasiga bog’liq bo’lgan.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha 
mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Brirtaniyada - 1933 yilda, AQSh da - 
1933 yilda, Frantsiyada - 1936 yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi. 
1944 yilda tashkil qilingan Bretton-vud Jahon valyuta tizimi o’zi bilan 
davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqaga qilib aytganda o’z mohiyati 
bo’yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltin-dollar 
standarti tizimini qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u 
faqat markaziy banklar uchun o’rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSh dollari 


89 
oltin bilan aloqador bo’lgan. Oltin zaxira salmog’ining susayib ketishi sababli
qo’yilmalarni dollarga sotish to’xtatildi va oltin-dollar standartga ham yakun yasaldi. 
Rivojlangan kapitalizm sharoitida banknotalar kredit tabiatini saqlab qolgan - 
ular iqtisodiyot,davlatni kreditlash uchun mo’ljallangan bo’lib rasmiy chiqariladi va 
qog’oz-pul muomalasi qonuniyatlariga bo’ysunadi.
Pul tizimining holati mamlakat iqtisodiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga 
uzviy bog’liq bo’ladi. Pul tizimi ishlab chiqarishini sur’atlarini ushlab turish yoki 
tezlashtirishga ta’sir ko’rsatadi.
 


90 

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish