Pul tizimi va uning elementlari. Pul tiziming turlari.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomulasini qonuniy va mutanoib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuyi hioblanadi. Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelish munoabatibilan shakllangan.
O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lgandek O’zbekiston ham mustaqil pul tizimiga ega. Respublikamizda pul tizimi 3 bosqichga bo’linadi.
1-bosqichi 1991-yil sentabrdan 1993 yil noyabr oyigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pul tizimimiz Rossiya pul tizimiga qarashli edi. Muomuladagi pul birligi Sobiq Ittifoq va Rossiya birubli asossida amalga oshiriladi.
Ikkinchi bsqich-993-yil noyabrdan 1994-yil iyun oyiga to’gri keladi. Ushbu davrda muomuladagi pul birligi so’m –kuponlar kiritildi.
Uchinchi bosqichi-1994-yildan to hozirgi davrdagi pul tizimini o’z ichiga oladi. 1994-yil 1-iyuldan boshlab O’zbekiston hududida so’m muomulaga kiritildi.
O’zbekiston pul tizimi haqidagi qonun.
Mazkur qonun O’zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1086-XII-sonli ayrim qonunlariga o’zgarishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi qonun ifodalab bergan.
Bu qonun 15 moddadan iborat.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari.
Pul birligi-so’m
Pul birligining turlari-qog’oz va metall pullar
Ularni muomulaga chiqarish qoidalari pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari
Naqd pulsiz tolov aylanishi va kredit pullar muomulasininh davlat tomonidan belgilangan shartlar.