Eslatma: Har bir talaba ism familyasining to
’
g
’
risidagi 3 ta masalani shartini ruchkada
qo
’
lda listga yoki daftarga yozadi, yozilgan 3 ta masala yechimini yozib moodul
platformsiaga joylashtiradi, qog
’
oz variantini yakuniy nazoratga olib keladi.
2m0400-20-guruh talabalari uchun
1 Abduraxmanova
Nasiba
1. Odamda karlikning ikki turi mavjud bo’lib, ulardan birinchisi dominant (G), ikkinchisi esa retsessiv (h)
genlar bilan belgilanadi. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida naslda 7 ta kar: 1 sog’lom nisbatda
ajralish ro’y beradi?
2. Onasi shapko’r (geterozigota), otasi polidaktiliya bilan kasallangan sog’ qiz otasi shabko’r va
polidaktiliya bilan kasallangan, onasi sog’ yigitga turmushga chiqdi. Yigit shabko’rlik bilan, uning ukasi
polidaktiliya bilan kasallangan. Shu oiladan tug’iladigan farzandlarning necha % polidaktiliya bilan
tug’ilishi mumkin?
3. Odamlarda terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlaming terisi qora,
aabb genotipli odamlarniki oq bo'ladi. Genotipda uchta dominant gen bo'Isa qoramtir, 2 ta bo'lsa oraliq, 1
ta bo’Isa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan tug’ilishi
mumkin bo'lgan terisi oraliq rangli farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga o'xshash
bo'ladi?
2 Amanlayev
Navroz
1. Bulg’or garmdorilarining qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo’ladi. Qizil rangni boshqaruvchi
gen dominant, yupqa etli bo’lish retsessiv genga bog’liq. Ikki gen ham har xil autosoma xromasomalarda
joylashgan. Agar geterozigotali qizil va qalin po’stli garmdorini ikki belgisi bo’yicha retsessiv xili bilan
chatishtirilsa F1 da qanday genotipga ega bo’lgan garmdorilami olish mumkin?
2. Itlarda yungning uzun bo’lishi, tanasi qora rangda bo’lishi va quloqlarining osilganligi, yungining kalta
bo’lishi, tanasi jigarrangda bo’lishi va quloqlarining tikka bo’lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Barcha
belgisi bo’yicha geterozigota it, hamma belgilari bo’yicha gomozigota retsessiv it bilan chatishtirilgan
bo’lsa, tanasi jigarrang itlarning necha foizida quloq suprasi osilgan bo’ladi?
3. Beda o‘simligida gulining yashil rangda bo‘lishini dominant A va B genlari belgilaydi. A-bb holatda
gul qizil, aa-B holatda gul sariq, ikkala gen retsessiv bo‘lganda gul oq rangda bo‘ladi. Digeterozigota
yashil o‘simlik geterozigota qizil gulli o‘simlik bilan chatishtirilsa, avlodning necha foizi yashil gulli
bo‘ladi?
3 Ataboyeva
Nafisa
1. Bulg’or garnidorilarining qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo’ladi. Qizil rangni boshqaruvchi
gen dominant, yupqa etli bo’lish retsessiv genga bog’liq. Ikki gen ham har xil autosoma xromasomalarda
joylashgan. Fenotipi qizil qalin po’stli ota-ona o’simliklarning genotipi qanday bo’lganda avlodda 1:1:1:1
nisbatda ajralish ohnadi?
2. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotali
organizmlarning sochi to’lqinsimon bo’ladi. O’ng qo’lni ishlatish va normal eshitish chapaqaylik va karlik
ustidan to’liq dominantlik qiladi. Jingalak sochli, o’naqay, normal eshituvchi (ikkita belgisi bo’yicha
geterozigota) ayol, to’lqinsimon sochli, chapaqay, normal eshituvchi (geterozigota) erkakka turmushga
chiqqan. Bu nikohdan tug’ilishi mumkin bo’lgan tug’iladigan to’lqinsimon sochli farzandlar orasida
chapaqay normal va chapaqay kar farzandlaming tug’ilish ehtimolini aniqlang.
3. Qalampirning qizil rangda bo’lishi R va C genlariga bog’liq. Genotipda bu genlarning bo’lmasligi
yashil, birinchi dominant genning bo’lishi qo’ng’ir, ikkinchi dominant genning bo’lishi esa sariq rangni
namoyon qiladi. Qo’ng’ir va sariq qalampirlar o’zaro chatshtirilganda avlodda barcha rangdagi
qalampirlar hosil bo’ldi. Avlodda qanday genotipli organizmlar uchramaydi.
4 Boltaboyeva
Sevara
1. Itlarda jun rangining qora bo’lishi jigarrang ustidan, kalta bo’lishi uzun bo’lishi ustidan to’liq
dominantlik qiladi. Har ikkala belgining rivojlanishini ta’minlovchi genlar boshqa-boshqa
xromasomalarda joylashgan. Agar digeterozigotali qora va kalta junli itlar o’zaro chatishtirilganda keyingi
avlodda olingan kuchukchalarning necha foizi qora va kalta junli bo’ladi?
2. Kataraktaning ikki xil irsiy shakllari bor. Birinchisi autosoma dominant tipda, ikkinchisi autosoma
retsessiv tipda birikmagan holda irsiylanadi. Kataraktaning autosoma dominant tipi bilan kasallangan
geterozigotali, retsessiv tipi bo’yicha sog’ va gomozigotali qo’yko’z er-xotin nikohidan sog’lom, ko’k
ko’zli farzand tug’ilgan. Tug’ilgan farzandlaming necha foizi uchta belgi bo’yicha gomozigotali bo’ladi?
3. Xoldor to’tilarning sariq va havorangdagilari o’zaro chatishtirilganda F1 da digeterozigota yashil patli
to’tilar olindi. F2 da olingan sariq patli to’tilarning necha foizi tahliliy chatishtirish natijasida ajralish ro’y
bermaydi?
5 Djamolova
Surayyo
1. Guli qizil, baland bo’yli, yashil donli o’simliklar guli oq, past bo’yli, sariq donli o’simliklar bilan
chatishtirildi. F1 da guli qizil, baland bo’yli, sariq donli o’simliklar olingan. F2 da kombinatsiyalar soni
qancha? Agar F2 da jami 960 ta o’simlik olingan bo’lsa, ulardan qanchasi fenotip bo’yicha F1
duragaylariga o’xshaydi?
2. Onasi qo’y ko’z, otasi jingalak sochli bo’lgan taram-taram sochli ona bilan xuddi shunday genotipli ota
oilasidagi farzandlar orasi dan ko’k ko’z jingalak sochli (a), qo’y ko’z jingalak sochli farzandlar necha xil
genotipga ega?
3. Qaldirg’ochning orqa tomoni ko’kimtir rangda bo’lishi (A) qizg’ish bo’lishi (a) ustidan dominantlik
qiladi. Lekin bu belgilar genotipda B geni bo’lmasa yuzaga chiqa olmaydi, natijada qoramtir rang paydo
bo’ladi. Digeterozigota qaldirg’ochlar o’zaro chatishtirilganda, olingan avlodlarning fenotipik nisbatini
aniqlang.
6 Eshqulova
Shohista
1. Sulida poyaning balandligi, kechpisharligi va zang zamburug’iga chidamsizligi poyaning normalligi,
ertapisharligi, zang zamburug’iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar
va zang zamburug’iga chidamsiz suli navi barcha belgilari bo’yicha gomozigotali bo’yi normal,
ertapishar, zang zamburug’iga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 duragaylarini
barcha belgilari dominant gomozigotali bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida avlodda 472 ta
o’simlik olingan. Ular necha xil genotipga ega bo’lishi mumkin?
2. Tovuqlarda oyoqning patli (B) bo’lishi patsizlikka (b) nisbatan, no’xatsimon toj (P) oddiy tojga (p)
nisbatan dominantlik qiladi. Chatishtirish uchun olingan A va В xo’rozlar, С va D tovuqlarning
hammasida oyog’i patli, toji no’xatsimon edi. A xo’roz ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat
no’xatsimon tojli, oyog’i patli jo’jalar olingan. В xo’roz С tovuq bilan chatishtirilganda no’xatsimon tojli,
oyoqlari patli va patsiz jo’jalar, D tovuq bilan chatishtirilgan-da esa no’xatsimon va oddiy tojli, oyoqlari
patli jo’jalar olingan. A xo’rozning genotipini toping.
3. Mushuklarda yungining kalta bo’lishi uzun bo’lishi ustidan, yungida oq dog’larning bo’lishini
ta’minlovchi gen dog’ni yuzaga chiqarmaydigan gen ustidan to’liq dominantlik qiladi. Kalta yungli oq
dog’lari bor mushuklar o’zaro chatishtirilganda nazariy jihatdan 752 ta mjushukcha olingan. Ulardan 141
tasi uzun yuingli oq dog’li, 47 tasi uzun yungli dog’siz mushukcha bo’lsa, kalta yungli oq dog’siz
mushukchalarning sonini toping.
7 Eshtayeva
Malika
1. Sulida poyaning balandligi, kechpisharligi va zang zamburug’iga chidamsizligi poyaning normalligi,
ertapisharligi, zang zamburug’iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar
va zang zamburug’iga chidamsiz suli navi barcha belgilari bo’yicha gomozigotali bo’yi normal,
ertapishar, zang zamburug’iga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 duragaylarini
barcha belgilari dominant gomozigotali bo’lgan ota forma bilan chatishtirish natijasida avlodda 472 ta
o’simlik olingan. Olingan o’simliklar orasida genotipi F1 ga o’xshash o’simlik qancha bo’lishi mumkin?
2. Alternativ belgilari soni chegaralanmagan barcha belgilari bir biridan keskin farq qiluvchi 2 organizm
chatishtirilganda 256 ta fenotipik gurux xosil bo’lgan bo’lsa nechta genotipik sinf xosil bo’lgan?
3. Tovuqlarda toj shakli ikki juft noallel komplementar genlar ta’sirida irsiylanadi. Gomozigota gulsimon
tojli (A) va gomozigota no’xatsimon tojli (B) tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilsa, yong’oqsimon tojli
tovuqlar hosil bo’ladi. Retsessiv genlar oddiy tojni yuzaga chiqaradi. ab tipdagi gametalari hayotchan
bo’lmagan digeterozigota tovuq va xo’rozlar o’zaro chatishtirilib 108 ta jo’ja olindi. Yuqoridagi
ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang;
a) avlodda olingan jo’jalarning fenotipik guruhlar nisbati;
b) avlodda olingan AaBb va AABb genotipli jo’jalar soni
8 Hakimova
Lobar
1. Qoramolarda rangining qoraligi (A) jigarrangligi (a) ustidan, shoxsizligi (B) shoxligi (b) ustidan
dominantlik qiladi. Har ikkala gen har xil autosomalarda joylashgan Dominant gomozigota va retsessiv
gomozigota hayvonlar o’zaro chatishtirilsa, ikkinchi avlod duragaylarida qanday fenotipik taqsimot
kuzatiladi?
2. Alternativ belgilari soni noma’lum (barcha belgilari bir-biridan keskin farq qilishi nazarda tutilgan) 2 ta
genotip chatishtirilganda 729 ta genotipik sinflar xosil qilgan organizmlarning fenotipik guruxlari soni, 32
ta fenotipik gurux xosil qilgan organizmlarning genotipik guruxlar sonidan qanchaga farq qiladi?
3. Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va
B genlari qizil, A va b genlari sariq, a va B genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni oq
bo’lishini ta’minlaydi. Rangning to’liq yuzaga chiqishi DD modifikator genga bog’liq. Modifikator genlar
geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rang yuzaga chiqmaydi tugunak oq
bo’ladi. Digeterozigota och sariq va och binafsha tugunakli o’simliklar o’zaro chatishtirilganda, olingan
avlodlarning fenotipik nisbatlarini aniqlang.
9 Jultayev Vohid
1. Seleksioner tut ipak qurti kapalagining ikki zotini o’zaro chatishtirdi. Ular quyidagi belgilari bilan bir
biridan farq qilar edi. Birinchi kapalak yashil rangli lichinka beradi va ular sariq rangli pilla o’raydi,
ikkinchi kapalak esa yo’l-yo’l lichinka beradi va ular oq rangli pilla o’raydi. F1 avlodda olingan
lichinkalar yo’l-yo’l bo’lib, ular sariq rangli pilla o’rashgan. F2 da 6385 ta sariq pilla o’raydigan yo’l-yo’l
lichinka, 2145 ta oq pilla o’raydigan yo’l-yo’l lichinka, 2099 ta sariq pilla o’raydigan yashil rangli
lichinka, 691 ta oq pilla o’raydigan yashil rangli lichinka olingan. Genotipi digomozigota bo’lgan oq pilla
o’raydigan yo’l-yo’l rangli lichinkalar soni qancha ekanligini aniqlang.
2. AaBbCcddEe x AaBbCcDDEe quyidagi chachishtirilganda genotipik sinflar soni fenotipik sinflar
sonidan nechtaga koʻp boʻladi. (1-,3-boʻgʻinlar toʻla domimant, 2-,4-,5-boʻgʻinlar esa toʻliqsiz dominant)
3. Odamlarda terisining rangi ikki xil genbilanbelgilanadi.AABB genotipli odamlaming terisi qora,
aabbgenotipli odamlarniki oq bo'ladi. Genotipda uchta dominantgenbo'Isaqoramtir, 2 ta bo'lsa oraliq, 1 ta
bo’Isa oqish bo’ladi. Terisi
oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkakturmushidanturmushidan terisi oq rangli farzandlar tug'ilish
ehtimoli necha
foizbo'ladi?
10 Mamirov Ilxom
1. Seleksioner tut ipak qurti kapalagining ikki zotini o’zaro chatishtirdi Ular quyidagi belgilari bilan bir
biridan farq qilar edi. Birinchi kapalak yashil rangli lichinka beradi va ular sariq rangli pilla o’raydi,
ikkinchi kapalak esa yo’l-yo’l lichinka beradi va ular oq rangli pilla o’raydi. F1 avlodda olingan
lichinkalar yo’l-yo’l bo’lib, ular sariq rangli pilla o’rashgan. F2 da 6385 ta sariq pilla o’raydigan yo’l-yo’l
lichinka, 2145 ta oq pilla o’raydigan yo’l-yo’l lichinka, 2099 ta sariq pilla o’raydigan yashil rangli
lichinka, 691 ta oq pilla o’raydigan yashil rangli lichinka olingan. F2 avloddagi duragaylar genotip
jihatdan nechta guruhga bo’linadi?
2. AaBbCcddEe
x
aaBbCcDdEe genotipga ega (A, B, C genlari to'la dominat holda, D, E genlari chala
dominat holda irsiylanadi) organizmlar chatishtirilishidan necha fenotipik sinf hosil bo'ladi?
3. Arpa o’simligida xlorofill pigmentini sintezlashda 2 ta ferment qatnashadi. Ularning bo’lmasligi
pigment sintezini buzilishiga olib boradi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan
dominant (A va B) genlar bilan ifodalanadi. Agar fermentning bittasi bo’lmasa o’simliklar oq rangda, 2-
fermentning bo’lmasligi sariq rangda bo’lishiga olib keladi.Fermentlarning birgalikda bo’lmasligi
o’simlikning oq rangini, birgalikda bo’lishi yashil rangini ta’minlaydi.Agar digeterozigota arpalarni
o’zaro chatishtirilsa, fenotip va genotip bo’yicha qanday ajralish kuzatiladi?
11 Omonxonova
Sayyora
1. Drozofila meva pashshasida qanotlarning normal bo’lishi kalta bo’lishi ustidan, tanasining kulrang
bo’lishi qora bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. Drozofila pashshalarini chatishtirish natijasida F1 da 37
ta kulrang tanali kalta qanotli va 35 ta qora tanali kalta qanotli avlodlar olingan bo’lsa, ota-onaning
fenotipi qanday bo’lganligini aniqlang.
2. AaBbCcddEe x AaBbCcDDEe quyidagi chachishtirilganda genotipik sinflar soni fenotipik sinflar
sonidan nechtaga koʻp boʻladi. (1-,3-boʻgʻinlar toʻla domimant, 2-,4-,5-boʻgʻinlar esa toʻliqsiz dominant)
3. Ipak qurtlarida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib pillaning sariq rangda bo’lishini
ta’minlaydi, qolgan barcha holatlarda pilla rangsiz bo’ladi. Qaysi chatishtirishda 9:7 nisbat kuzatiladi?
12 Orziqulova
Gulchexra
1. Quyonlarda junning kulrang va to’lqinsimon bo’lishi oq va silliqligi ustida to’liq dominantlik qiladi.
Kulrang to’lqinsimon junli va kulrang silliq junli quyon zotlari o’zaro chatishtirildi. F1 avlodda kulrang
to’lqinsimon, kulrang silliq, oq to’lsinsimon va oq silliq fenotipli duragaylar olingan bo’lsa, ikkala belgisi
bo’yicha geterozigota duragaylar umumiy F1 duragaylarning necha foizini tashkil qilishini aniqlang.
2. Tariq o’simligida poyasining baland va donining yirik bo’lishi poyasining past va donining mayda
bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali tariq navlari o’zaro chatishtirildi.
Natijada olingan 1200 ta baland poyali o’simliklarning nechtasida mayda dongga ega bo’ladi?
3. No’xat o’simligida ikki dominant noallel genlar komplementar ta’sir etib, gulning qizil rangda
bo’lishini ta’minlaydi, har bir juftning dominant geni yakka holda, retsessiv genlarning komplementar
kelishi rangni rivojlantira olmaydi. Qaysi chatishtirishdan faqat ransiz gullar olish mumkin.
13 Ozokov
Sayfiddin
1. Quyonlarda junning kulrang va to’lqinsimon bo’lishi oq va silliqligi ustida to’liq dominantlik qiladi.
Kulrang to’lqinsimon junli va kulrang silliq junli quyon zotlari o’zaro chatishtirildi F1 avlodda kulrang
to’lqinsimon, kulrang silliq, oq to’lsinsimon va oq silliq fenotipli duragaylar olingan bo’lsa, ota-ona
genotipini aniqlang.
2. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan, teri rangining qora bo’lishi oq bo’lishi ustidan chala
dominantlik qiladi. Geterozigotalilarda sochi to’lqinsimon, teri rangi oraliq bo’ladi. To’lqinsimon sochli,
teri rangi oraliq yigit to’lqinsimon sochli terisi oq qizga uylandi. Nazariy jihatdan, ushbu nikohdan
tug’iladigan farzandlarning necha foizida teri rangli bo’ladi?
3. Tovuqlarda tojning shakli ikki juft komplementar genlarga bog’liq. Bir xil genotipli yong’oqsimon tojli
tovuqlar o’zaro chatishtirildi. F1 da 256 ta nasl olindi. Ulardan nechtasi yong’oqsimon, gulsimon,
no’xatsimon va oddiy tojli bo’ladi?
14 Rajabova
Oytosh
1. Mushuklarda yungining kalta (L) bo’lishi uzun (l) bo’lishi ustida, yungida oq dog’larning (S) bo’lishini
ta’minlovchi gen oq dog’ni yuzaga chiqarmaydigan (s) gen ustidan dominantlik qilgan. Kalta yungli oq
dog’lari bor mushuklar o’zaro chatishtirilganda F1 da nazariy jihatdan 752 ta mushukchalar olingan,
ulaming 140 tasi uzun yungli oq dog’li, 47 tasi uzun yungli dog’siz mushukchalar bo’lganligini hisobga
olib, kalta yungli oq dog’lari mavjud bo’lgan mushukcha-larning sonini aniqlang.
2. Tovuqlarda oyoqning patli (B) bo’lishi patsizlikka (b) nisbatan, no’xatsimon toj (P) oddiy tojga (p)
nisbatan dominantlik qiladi. Chatishtirish uchun olingan A va В xo’rozlar, С va D tovuqlarning
hammasida oyog’i patli, toji no’xatsimon edi. A xo’roz ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat
no’xatsimon tojli, oyog’i patli jo’jalar olingan. В xo’roz С tovuq bilan chatishtirilganda no’xatsimon tojli,
oyoqlari patli va patsiz jo’jalar, D tovuq bilan chatishtirilganda esa no’xatsimon va oddiy tojli, oyoqlari
patli jo’jalar olingan. D tovuqning genotipini toping.
3. Topinambur tugunagining rangi ikki juft komplementar genlar yordamida irsiylanadi. Genotipda A va
B genlari qizil, A va b genlari sariq, a va B genlari binafsha ranglarni, aabb holatda tugunakni oq
bo’lishini ta’minlaydi. Rangning to’liq yuzaga chiqishi DD modifikator genga bog’liq. Modifikator genlar
geterozigota holatda ranglarning och, retsessiv gomozigota holatda esa rang yuzaga chiqmaydi tugunak oq
bo’ladi. Digeterozigota och sariq va och binafsha tugunakli o’simliklar o’zaro chatishtirildi. Olingan
avlodlarning necha %ida tugunak och qizil rangli bo’ladi?
15 Razzaqov
Nursultonbek
1. Mushuklarda yungining kalta (L) bo’lishi uzun (l) bo’lishi ustida, yungida oq dog’larning (S) bo’lishini
ta’minlovchi gen oq dog’ni yuzaga chiqarmaydigan (s) gen ustidan dominantlik qilgan. Kalta yungli oq
dog’lari bor mushuklar o’zaro chatishtirilganda F1 da nazariy jihatdan 752 ta mushukchalar olingan,
ularning 140 tasi uzun yungli oq dog’li, 47 tasi uzun yungli dog’siz mushukchalar bo’lganligini hisobga
olib, ota-ona genotipini aniqlang.
2.AaBbCC genotipli organizmda birinchi juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar
o’zaro
chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar soni va gameta sonini (c) aniqlang.
3. Otlar junining rangini ikkita allel bo’Imagangenlarnazorat qiladi. Genotipdagi dominant B geni qora
rangli,bgeniesa malla rangli jun hosil bo’lishiga sabab bo'ladi. I geni esa B va b genlar funksiyasini
pasaytirib, rangningkulrang tusda bo’lishiga olib keladi. Fermer xo'jaligida bir necha yil davomida
digeterozigotali otlarni chatishtirishnatijasida olingan nasl orasida necha foiz organizm kulrang tusda
bo'lishi ehtimolini aniqlang.
16 Ropiyeva
Maloxat
1. Odamlarda sochlarning qora bo’lishi va tekis farq hosil qilmay o’sishi, kipriklarning uzun bo’lishi
dominant belgi hisoblanadi. Agar sochi qora va tekis farq hosil qilmay o’sgan, kipriklari uzun genotip
bo’yicha geterozigota ayol sochi malla va tekis farq hosil qilib o’sgan, kipriklari kalta erkakka turmushga
chiqsa, ularning farzandlari orasida sochi qora va tekis farq hosil qilmay o’sadiganlarining necha foizida
kipriklar uzun bo’ladi?
2. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan, teri rangining qora bo’lishi oq bo’lishi ustidan chala
dominantlik qiladi. Geterozigotalilarda sochi to’lqinsimon, teri rangi oraliq bo’ladi. To’lqinsimon sochli,
teri rangi oraliq yigit to’lqinsimon sochli terisi oq qizga uylandi. Nazariy jihatdan, ushbu nikohdan
tug’iladigan farzandlarning necha foizi jingalak sochli bo’lishi mumkin?
3. Tovuq patining rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juft
allelning dominant geni patning rangli bo'lishiini, uning retsessiv alleli esa oq bo'lishini belgilaydi.
Ikkinchi juft dominant gen patining rangli bo'lishiga to'sqinlik qiladi, uning retsessivi esa rangli bo'lishiga
to'sqinlik qilmaydi. Oq patli tovuq va xo'roz chatishtirilganda 1680 jo'ja olingan. Ulardan 315 tasi rangli,
qolgani oq. Tovuq, xo'roz va rangli jo'jalarning genotipini aniqlang.
17 Rustamova
Flora
1. Odamlarda sochlarning qora bo’lishi va tekis farq hosil qilmay o’sishi, kipriklarning uzun bo’lishi
dominant belgi hisoblanadi. Agar sochi qora va tekis farq hosil qilmay o’sgan, kipriklari uzun genotip
bo’yicha geterozigota ayol sochi malla va tekis farq hosil qilib o’sgan, kipriklari kalta erkakka turmushga
chiqsa, farzandlari-ning necha foizi malla sochli va tekis farq hosil qilmay o’sadigan, uzun kiprikli
bo’ladi?
2. Spaniel it zotlarida yungning qora bo’lishi jigarrang ustidan, kalta bo’lishi uzun bo’lishi ustidan to’liq
dominantlik qiladi. aB tipdagi gametalari hayotchan bo’lmagan digeterozigota urg’ochi va erkak itlar
o’zaro chatishtirildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang:
a) avlodda olingan itlarning fenotipik guruhlarni nisbati;
b) qora uzun yungli itlarning genotiplari
3. Odamlarda terisining rangi ikki xil gen bilan belgilanadi. AABB genotipli odamlaming terisi qora,
aabb genotipli odamlarniki oq bo'ladi. Genotipda uchta dominant gen bo'Isa qoramtir, 2 ta bo'lsa oraliq, 1
ta bo’Isa oqish bo’ladi. Terisi oraliq rangdagi digeterozigota ayol va erkak turmushidan terisi qoramtir
rangli farzandlar tug'ilish ehtimoli necha foiz bo'ladi?
18 Saidqulova
Mahliyo
1. Poyaning balandligi, kechpisharligi va zang zamburug’iga chidamsizligi sulida poyaning normalligi,
ertapisharligi, zang zamburug’iga chidamlilik belgilariga nisbatan retsessivdir. Baland poyali, kechpishar
va zang zamburug’iga chidamsiz suli navi barcha belgilari bo’yicha gomozigotali bo’yi normal,
ertapishar, zang zamburug’iga chidamli navi bilan chatishtirilishi natijasida olingan F1 duragaylar necha
xil gameta hosil qilishini yozing?
2. AaBbCc genotipli organizmda birinchi juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar
o’zaro
chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar soni aniqlang.
3. Qalampirning qizil rangda bo’lishi R va C genlariga bog’liq. Genotipda bu genlarning bo’lmasligi
yashil, birinchi dominant genning bo’lishi qo’ng’ir, ikkinchi dominant genning bo’lishi esa sariq rangni
namoyon qiladi. Qo’ng’ir va sariq qalampirlar o’zaro chatshtirilganda avlodda barcha rangdagi
qalampirlar hosil bo’ldi. Ota ona genotipini aniqlang.
19 Saparov
Abdumalik
1. Tajribada pomidor mevasining yumaloq shakli (A), noksimon shakli (a) ustidan, qizil rangi (B) sariq
rangi (b) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada yumaloq qizil rangli va noksimon sariq rangli pomidorlar
o’zaro chatishtirildi. F1 da 50 % yumaloq qizil rangli, 50 % noksimon qizil rangli duragaylar olindi. Ota-
ona formalarning genotipini aniqlang.
2. Tovuq tojining oddiy, no'xatsimon, yong'oqsimon va gulsimon formalari uchraydi. Xo'roz va tovuqlarni
o'zaro chatishtirilganda yuqoridagi formalarning barchasi olindi: olingan formalarda tojning gulsimon
shakli, no'xatsimon shaklga nisbati 3:1 ga teng; ota va ona formalarning fenotipini aniqlang
3. Arpa o’simligida xlorofill pigmentini sintezlashda 2 ta ferment qatnashadi. Ularning bo’lmasligi
pigment sintezini buzilishiga olib boradi. Har bir fermentning sintezi har xil autosomalarda joylashgan
dominant (A va B) genlar bilan ifodalanadi. Agar fermentning bittasi bo’lmasa o’simliklar oq rangda, 2-
fermentning bo’lmasligi sariq rangda bo’lishiga olib keladi.Fermentlarning birgalikda bo’lmasligi
o’simlikning oq rangini, birgalikda bo’lishi yashil rangini ta’minlaydi.Agar digeterozigota arpalarni
o’zaro chatishtirilsa, avlodda olingan duragaylarning necha foizi gomozigotali yashil rangli bo’ladi?
20 Shapaxatov
Davronbek
1. Qora maymunjon gulkosachasining shakli normal bo’lishi chala dominant gen, bargsimon shakli esa
genning retsessiv alleli hisoblanadi. Geterozigotalarda kosachalar shakli o’rtacha bo’ladi. Maymunjon
poyasining tukli bo’lishi tuksiz ustidan dominantlik qiladi. Bu belgilar birikmagan holda irsiylanadi. Ikki
belgi bo’yicha geterozigotalilar o’zaro chatishtirilganda fenotip bo’yicha qanday nisbatda ajralish
namoyon bo’ladi?
2. Tovuqlarda oyoqning patli (B) bo’lishi patsizlikka (b) nisbatan, no’xatsimon toj (P) oddiy tojga (p)
nisbatan dominantlik qiladi. Chatishtirish uchun olingan A va В xo’rozlar, С va D tovuqlarning
hammasida oyog’i patli, toji no’xatsimon edi. A xo’roz ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat
no’xatsimon tojli, oyog’i patli jo’jalar olingan. В xo’roz С tovuq bilan chatishtirilganda no’xatsimon tojli,
oyoqlari patli va patsiz jo’jalar, D tovuq bilan chatishtirilgan-da esa no’xatsimon va oddiy tojli, oyoqlari
patli jo’jalar olingan. C tovuqning genotipini toping.
3. Tovuq patining rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagari genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juft
allelning dominant geni patning rangli bo'lishini, uning retsessiv alleli esa oq bo'lishini belgilaydi.
Ikkinchi juft dominant gen patning rangli bo'lishiga to'sqinlik qiladi, uning retsessivi esa rangli bo'lishiga
to'sqinlik qilmaydi. Oq tovuq rangli xo'roz bilan chatishtirilganda 715 rangli va 716 oq jo'jalar olindi.
Tovuq, xo'roz va jo'jalarning genotipini aniqlang.
21 Shermatova
Gulasal
1. No’xatning uzun poyali (dominant), oq (retsessiv) gultojbargli, yashil urug’li formasi kalta poyali, oq
gultojbargli, sariq urug’li (dominant) formasi bilan chatishtirildi. F1 da 80 ta uzun poyali, oq gultojbargli,
sariq urug’li o’simliklar olindi F2 da olingan 480 ta o’simlikdan qanchasi kalta poyali, oq gultojbargli,
sariq urug’li bo’ladi?
2. AaBbCc genotipli organizmda birinchi juft allel gen va ikkinchi juft allel genlar oraliq irsiylanadi.
Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini aniqlang.
3. Itlarda junning qora bo’lishi A geni, jigarrang bo’lishi a geni belgilaydi. I-ingibitor gen bo’lib, rangning
yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymaydi, natijada itning juni oq rangda bo’ladi. Jigarrang va oq gomozigotali
itlar chatishtirilganda F2 da olingan qora itlar avlodning qancha qismini tashkil qiladi?
22 Shodmonov
Elyorjon
1. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A), noksimon shakli (a) ustidan, qizil rangi (B) sariq rangi (b)
ustidan dominantlik qiladi. Agar qizil rangli yumaloq va qizil rangli noksimon, birinchi belgilari bo’yicha
geterozigotali pomidorlar o’zaro chatishtirilsa, olingan avlodning genotip va fenotipi qanday bo’lishini
aniqlang.
2. AaBBCc genotipli organizmda barcha juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar
o’zaro
chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini aniqlang.
3. Tovuqlarda toj shakli ikki juft allel bo’lmagan genlarning o’zaro komplementar ta’siriga bog’liq.
Birinchi va ikkinchi juftning dominant geni yong’oqsimon, birinchi juftning dominant geni va ikkinchi
juftning retsessiv genlari gulsimon, birinchi juftning retsessiv va ikkinchi juftning dominant genlari
no’xatsimon, har ikki juftning retsessiv genlari oddiy tojni nomoyon qiladi. Digeterozigotali genotipli
tovuq va xo’rozlar chatishtirilganda yong’oqsimon tojning no’xatsimon tojga (a) gulsimon tojning oddiy
tojga (b) nisbati qanday bo’ladi?
23 Taylokov
Dilshod
1. No’xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi kalta poyali, qizil gultojbargli formasi bilan
chatishtirildi. Bunda F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gulli o’simlik hosil bo’ldi. F2 da hosil bo’lgan 720 ta
o’simlikdan nechtasi uzun poyali oq gultojbargli bo’ladi?
2. Spaniel it zotlarida yungning qora bo’lishi jigarrang ustidan, kalta bo’lishi uzun bo’lishi ustidan to’liq
dominantlik qiladi. AB tipdagi gametalari hayotchan bo’lmagan digeterozigota urg’ochi va erkak itlar
o’zaro chatishtirildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagilarni aniqlang:
a) avlodda olingan itlarning fenotipik guruhlarni nisbati;
b) qora kalta yungli itlarning genotiplari
3. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo'lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning
dominant geni kulrangni, retsessivi esa qora rangli bo'lishini, ikkinchi juftning dominant geni rangning
hosil bo'lishiga yordam beradi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo'lishiga to'sqinlik qiladi. Kulrang
sichqonlar o'zaro chatishtirilganda 82 kulrang, 35 oq va 27 qora rangli sichqonlar paydo bo'lgan. Ota-ona
sichqonlarning genotipini aniqlang.
24 Xamrokulova
Barno
1. Pushti rangli qulupnaylami o’zaro chatishtirilganda olingan avlodlar orasida 1500 o’simlik qizil rangli
chiqdi. Duragaylar orasida taxminan nechtasi pushti rangli bo’ladi?
2. Tovuq tojining oddiy, no'xatsimon, yong'oqsimon va gulsimon formalari uchraydi. Xo'roz va tovuqlarni
o'zaro chatishtirilganda yuqoridagi formalarning barchasi olindi: olingan formalarda tojining no'xatsimon
shakli, gulsimon shaklga nisbati 3:1 ga teng; ota ona formalarning genotipini toping.
3. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo’lishi asosiy P va R genlarga bog’liq. Lekin ular o’z ta’sirini
dominant D gen bo’lgandagina fenotipda namoyon etiladi. Shunga ko’ra, P-rrD- genotipli kartoshka
tugunagi ko’k-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-genotipli tugunagi
pushti rangda bo’ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo’ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil-
binafsha tugunakli o’simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o’simlik bilan
chatishtirilganda F1 da 152 ta o’simlik hosil bo’ldi. Ulardan nechtasi pushti rangli bo’ladi?
25 Xaydarova
Aziza
1. Digeterozigotali sariq rangli, silliq shaklli donga ega ikkita no’xat navlari o’zaro chatish-tirilsa, avlodda
sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga qanday nisbatda bo’ladi?
2. To`tilarda patining rangi ikki juft komplementar genlar bilan belgilanadi. Yashil va sariq to’tilar
genotipini yozing.
3. Qalampirning qizil rangda bo’lishi R va C genlariga
bog’liq. Genotipda bu genlarning bo’lmasligi yashil, birinchi dominant genning bo’lishi qo’ng’ir,
ikkinchi dominant genning bo’lishi esa sariq rangni namoyon qiladi. Qo’ng’ir va sariq qalampirlar o’zaro
chatshtirilganda avlodda barcha rangdagi qalampirlar hosil bo’ldi. Avloddagi fenotipik guruh sonini
toping.
26 Xojayeva
Mahliyo
1. Tovuqlarda oyoqlarning patli (B) bo’lishi patsizlik (b) ustidan, tojining no’xatsimon (P) bo’lishi oddiy
toj (p) ustidan dominantlik qiladi. Oyog’i patli, no’xatsimon tojli tovuq va xo’rozlar chatishtirilganda ota-
onaga o’xshash jo’jalar olingan. Ota-ona genotipini aniqlang
2. Tovuq tojining oddiy, no'xatsimon, yong'oqsimon va gulsimon formalari uchraydi. Xo'roz va tovuqlarni
o'zaro chatishtirilganda yuqoridagi formalarning barchasi olindi: olingan formalarda tojning gulsimon
shakli, no'xatsimon shaklga nisbati 3:1 ga teng; ota va ona formalarning genotipini aniqiang.
3. Itlarning bir zotida tanasi rangi ikki juft allel bo’lmagan genlar bilan boshqariladi. Genotip A-B-
holatda tanasi rangi qora, A-bb holatda malla, aaB-holatda jigarrang rang hosil qiladi. Ikki juft retsessiv
genga ega bo’lgan itlar tanasi och sariq rangda bo’ladi. Qora urg’ochi va malla erkak itlar
chatishtirilganda qora, malla, och sariq, jigarrang itlar hosil bo’lgan. Kuchukchalarning necha foizini tana
rangi malla bo’lmagan kuchukchalar tashkil etadi?
27 Xolbekova
Dilnoza
1. Itlarda yungning uzun bo’lishi, tanasi qora rangda bo’lishi va quloqlarining osilganligi, yungining kalta
bo’lishi, tanasi jigarrangda bo’lishi va quloqlarining tikka bo’lishiga nisbatan ustunlik qiladi. Barcha
belgisi bo’yicha geterozigota it, hamma belgilari bo’yicha gomozigota retsessiv it bilan chatishtirilgan
bo’lsa, olingan avloddagi kalta yungli itlarning necha foizida tanasi jigarrang bo’ladi?
2. AaBbCC genotipli organizmda birinchi juft allel gen va ikkinchi juft allel genlar oraliq irsiylanadi.
Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini (c)
aniqlang
3. Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rangi sariq rangga nisbatan ustunlik qiladi,
lekin juft noallel genning retsessiv alleli rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi. Qizil va sariq
piyozboshli o’simliklar chatishtirilganda 480 ta sariq, oq va qizil piyozboshli o’simliklar hosil bo’lgani
ma’lum bo’lsa, avlodning nechtasi oq piyozboshga ega bo’ladi?
28 Xoliqulova
Guzal
1. Onasi shapko’r (geterozigota), otasi polidaktiliya bilan kasallangan sog’ qiz otasi shapko’r va
polidaktiliya bilan kasallangan, onasi sog’ yigitga turmushga chiqdi. Yigit shapko’rlik bilan, uning ukasi
polidaktiliya bilan kasallangan. Shu oiladan tug’iladigan farzandlarning necha % sog’ bo’lishi mumkin?
2. AaBbCc genotipli organizmda barcha juft allel gen oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar
o’zaro
chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini aniqlang.
3. Ma’lum bir navli piyoz o’simligida piyozboshning qizil rangi sariq rangga nisbatan ustunlik qiladi,
lekin juft noallel genning dominanti alleli rang ta’sirini bo’g’ib, oq rangni yuzaga chiqaradi.
Digeterozigota oq piyozboshli o’simliklar o’zaro chatishtirilganda avlodda jami 480 ta rangli va oq
piyozboshli o’simliklar hosil bo’lgani ma’lum bo’lsa, ulardan nechtasi rangli piyozboshga ega bo’ladi?
29 Yusupov
Vohidjon
1. Shaftoli mevasining tuklar bilan qoplanganligi (B) silliqligi (b) ustidan, meva eti oq rangda (C) bo’lishi
sariq (c) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ikkala belgi bo’yicha geterozigotali o’simlik bilan tukli oq
mevali o’simlik chatishtirilgan. Avlodda olingan 96 ta o’simlikdan 75 % ning mevasi tukli va rangi oq, 25
% ning mevasi tukli va rangi sariq bo’lgan. Olingan o’simliklardan nechtasi bitta belgi bo’yicha
geterozigotali bo’ladi?
2. Tovuqlarda oyoqning patli (B) bo’lishi patsizlikka (b) nisbatan, no’xatsimon toj (P) oddiy tojga (p)
nisbatan dominantlik qiladi. Chatishtirish uchun olingan A va В xo’rozlar, С va D tovuqlarning
hammasida oyog’i patli, toji no’xatsimon edi. A xo’roz ikkala tovuq bilan chatishtirilganda faqat
no’xatsimon tojli, oyog’i patli jo’jalar olingan. В xo’roz С tovuq bilan chatishtirilganda no’xatsimon tojli,
oyoqlari patli va patsiz jo’jalar, D tovuq bilan chatishtirilgan-da esa no’xatsimon va oddiy tojli, oyoqlari
patli jo’jalar olingan. A xo’rozning genotipini toping.
3. Kartoshka tugunagida antotsion rang bo'lishi asosiy P va R genlarga bog'liq. Lekin ular o'z ta'sirini
dominant D gen bo'lgandagina fenotipda namoyon qiladi. Shunga ko'ra, P-rrD- genotipli kartoshka
tugunagi ko'k-binafsha rang, P-R-D-genotipli tugunagi qizil-binafsha rang, ppR-D-genotipli tugunagi
pushti rangda bo'ladi. Boshqa holatlarda tugunak oq rangda bo'ladi. Kartoshkaning geterozigota qizil-
binafsha tugunakli o'simligi gomozigota oq rangli tugunak hosil qiluvchi pprrdd genotipli o'simlik bilan
chatishtirilganda Fb da 152 ta o'simlik hosil bo'ldi. Ulardan nechtasi qizil-binafsha rangli bo'lgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |