420
REJA:
11.1. Auditning maqsadi va ma'lumot manbalari
11.2. Auditining rejasi va dasturini tayyorlash
11.3. Ustav kapitali (fondi) auditi
11.4. Qo`shilgan kapital auditi
11.5. Zaxira kapitali auditi
11.1. Auditning maqsadi va ma'lumot manbalari
Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvini o`tkazishdan maqsad, ustav kapitalining
shakllanishi, holati aks ettirilgan moliyaviy hisobot ko`rsatkichlarining
ishonchliligi
hamda uni hisobga olish uslubiyotining me'yoriy hujjatlarga mosligi to`g`risida fikr
bildirishdan iborat.
Ustav, qo`shilgan va zaxira kapitallarini shakllanishi, harakati,
shuningdek
zaxiralarni tashkil etish va foydalanish auditini o`tkazishda auditor quyidagi asosiy
hujjatlarga amal qilishi lozim:
11.1-jadval
Ustav, qo`shilgan va zaxira kapitallari auditini tartibga soluvchi me'yoriy-
huquqiy hujjatlar
№ Me'yoriy-huquqiy hujjatlar
1.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 2002 - yil 30 - avgust holatiga o`zgarishlar
bilan. 1996 -yil 29 - avgustda 257-1-sonli O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori
bilan 1997 -yil 1 -martdan
kuchga kiritilgan
2.
O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 2008y.
3.
«Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi
O`zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o`zgarishlar va qo`shimchalar bilan). 1996 -yil
26 -aprelda qabul qilingan
4.
«Mas'uliyati cheklangan va qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi O`zbekiston
Respublikasi qonuni. 2001 -yil 6 -dekabrda qabul qilingan
5.
Fermer xojaliklari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o`zgarishlar va
qo`shimchalar bilan). 1998 -yil 30 -aprelda qabul qilingan.
6.
«Dehqon xojaliklari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi qonuni (keyingi o`zgarishlar va
qo`shimchalar bilan). 1998 -yil 30 -aprelda qabul qilingan
7.
«Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to`g`risida'»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni
(keyingi o`zgarishlar va qo`shimchalar bilan). 2001 -yil 12- mayda qabul qilingan
8.
«Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni. 1996 -yil 30 -
avgustda qabul qilingan.
9.
Auditorlik faoliyati to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni. 2000 -yil 26
-mayda
qabul qilingan
10.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 -yil 7 -fevraldagi 31-sonli buyrug`i
bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to`ldirish qoidalari» (keyingi
o`garishlar va qo`shimchalar bilan)
11.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq o`mitasi tomonidan 2002 -yil 17-
aprelda 51 va 002-40-sonli qarori bilan qabul qilingan «Amaldagi qonunchilik bilan
belgilangan muddatlarda Nizom kapitallarini (jamg`armalarini)
shakllantirmagan xorijiy
421
investitsiyalarga ega bo`lgan korxonalardan soliqlarni undirib olish tartibi to`g`risidagi
Nizom»
12.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Mulk qo`mitasi va Davlat Soliq
qo`mitasi tomonidan 2002 -yil 25 -martda 47, 10-1-48, 2002-33-sonli
qarori bilan qabul
qilingan «Xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat tasaruffidagi (davlat ulushi)
aktsiyalar bo`yicha dividendlarni hisoblash, to`lash va maqsadli foydalanish tartibi
to`g`risida Nizom»
13.
1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» O`zbekiston
Respublikasi Buxgalteriya
hisobi milliy standarti (BHMS). O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
1998- yil 26 -iyulda 17-07G`86-son
bilan tasdiqlangan
14.
19-sonli «Inventarizatsiyani tashkil etish va o`tkazish» O`zbekiston Respublikasi BXMAsi.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 -yil 19 -oktyabrda EGG`17-19-
2075-son bilan tasdiqlangan
Ustav (nizom), qo`shilgan, zaxira kapitali va zaxiralarni shakllanishi va
harakatining auditorlik tekshiruvini o`tkazish uchun auditor (auditorlik tashkiloti)
tomonidan quyidagi asosiy hujjatlardan foydalaniladi (11.2-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: