416
Bu usulga ko’ra bojxona qiymati faqat O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olish
mumkin bo’lgan axborot asosida belgilanadi. Shuningdek, xaridor bilan sotuvchi o’zaro bog’langan
bo’ladi va ishlab chiqaruvchi O’zbekiston Respublikasining bojxona organlariga ishlab chiqarish
xarajatlari haqidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etish va keyinchalik o’tkazilishi lozim bo’lgan
ularning auditi uchun tayyor bo’ladi.
Auditorlarning tekshirish jarayonida e’tiborga olishi lozim bo’lgan asosiy shart quyidagidan
iborat, ya’ni xarajatlar haqidagi ma’lumotlar baholanayotgan tovarlarning
ishlab chiqarilishiga
tegishli, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan ma’lumot asosida
belgilanishi lozim. Bunday axborot ishlab chiqaruvchining tijoratiga oid hisobotlarida,
bunday
hisobotlar tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatda qabul qilingan hisobga olishning umumiy qabul
qilingan qoidalariga muvofiq keladigan shart bilan asos topgan bo’lishi kerak.
Mabodo bojxona qiymati deklarant tomonidan ko’rsatilgan beshta usulni izchillik bilan
qo’llash natijasida belgilanishi mumkin bo’lmasa, unda baholanayotgan
tovarlarning bojxona
qiymati 1-5 baholash usullarini bir muncha qayishqoqlik bilan qo’llanish yo’li orqali belgilanadi va
asoslanadi.
Rezerv usulni (ya’ni 6-usulni) qo’llashda bojxona organlari deklarantga o’zlarining
ixtiyorida mavjud bo’lgan narxlarga oid ma’lumotlarni taqdim qiladilar.
Quyidagilar 6-usulga ko’ra bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qo’llanilishi
mumkin emasligi auditor tomonidan alohida e’tiborga olinish kerak:
a) O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o’xshash tovarning sotuv narxi;
b) ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqorisi;
v) tovarning olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakat ichki bozoridagi bahosi;
g) olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga
etkazib berilgan
tovarning bahosi;
d) eng past bojxona qiymatlariga, shuningdek, tovarlarning o’zboshimchalik bilan qo’yilgan
yoki o’z ishonchli tasdig’ini topmagan soxta qiymatlariga.
Izlanishlar natijasini umumlashtirib, quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
- bojxona auditi bo’yicha xalqaro tajribani, me’yoriy-huquqiy bazani atroflicha o’rganish va
uning asosida tovarlarning bojxona qiymati ustidan samarali nazoratni ta’minlash uchun tashqi
iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvini
hisobga oluvchi
bojxona auditi tizimini yaratish;
- bojxona qiymatini aniqlashda xatoga yo’l qo’yilsa va bu bojni to’lovchilar schyotida
mablag’ bo’lmasa, deklaratsiya tayyorlovchi firmalar (deklarantlar)
javobgarligini oshirish;
- haqiqiy nazorat o’tkazish uchun audit rejalari va izlanishlarini ishlab chiqish zarur.
Umumiy rejada esa har bir qism bo’yicha bojxona qiymatini aniqlash uchun alohida elementlar
bo’yicha tekshirish o’tkazish ko’zda tutilishi kerak.
Asosiy va maxsus usullar quyida keltirilgan audit o’tkazish metodologiyasi bilan to’ldirilishi
mumkin:
-
inventarizatsiya;
-
tijorat faoliyatidagi turli munosabatlar darajasini aniqlash;
-
statistik ma’lumotlarni
taqqoslash;
-
invoys va tovarlar bir vaqtda kelib tushgan holda umumiy schyotlarni, registrlarni
tekshirish;
-
boshlang’ich qoldiqni tekshirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: