Amaliy audit


Xalqaro iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning asosiy usullaridan biri bojxona



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

Xalqaro iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning asosiy usullaridan biri bojxona 
tariflarini aniqlashdir. Ularning qo’llanilishi asosida esa tovarlar bojxona qiymatini aniqlash 
qoidalari yotadi. 
Boj hisoblash uchun import qilinayotgan tovarlar qiymatini aniqlab olish jarayonini eng 
murakkab bosqichlardan biridir. Uni aniqlash esa to’g’ri va egri xarajatlar bilan tasdiqlangan 
ma’lumotlarga asoslanishi lozim. O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonunining 
14-moddasida tovarlarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organining 
huquq va majburiyatlari keltirilgan bo’lib, unda jumladan quyidagilar aks etgan: 
-
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri yoki noto’g’riligi 
haqida qaror qabul qilish; 
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlovchi 
dalillar mavjud bo’lmasa yoki deklarant taqdim etgan ma’lumotlarni noto’g’ri yoki to’liq emas, deb 
hisoblash uchun asoslar mavjud bo’lsa, o’zida bor ma’lumotlarga asoslanib, ushbu qonunga 
muvofiq tuzatishlar kiritish yo’li bilan bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin ketin qo’llagan 
holda deklaratsiya borilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash va boshqalar. 
Lekin shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, yuqorida ko’rsatilgan tovarning bojxona 
qiymati to’g’ri yoki noto’g’riligi bojxona qiymati tomonidan faqatgina qisman aniqlanishi mumkin. 
Bu masala borasida to’g’ri qaror qabul qilish uchun esa taqdim etilayotgan invoys va transport 


411 
hujjatlarini audit jarayonidan o’tkazish zarur bo’ladi. Faqatgina audit uslublarini qo’llagan 
holdagina samarali va oqilona natijaga erishish mumkin. 
O’zbekiston Respublikasida Bojxona nazoratini amalga oshirish borasida katta ishlar amalga 
oshirilmoqda. Bojxona kodeksining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi buning yaqqol misoli bo’ladi. 
Shu kodeksning 39-moddasida bojxona nazorati shakllari aniq keltirilgan bo’lib, eng birinchi 
o’rinda bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish turadi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, bu tekshirishning asosiy usullaridan biri ham, albatta, audit 
tamoyillarini qo’llash bo’lmog’i darkor. 
Bu boradagi ishlarni jonlantirish va muammolarni hal qilish uchun O’zbekiston 
Respublikasi Bojxona qo’mitasi tarkibida yirik nazorat va taftish boshqarmasi tashkil qilindi hamda 
hozirgi kunda quyida keltirilgan ish va masalalar shu boshqarma tomonidan rejalashtirilib, 
muvaffaqiyatli hal qilinmoqda. Jumladan: 
- qo’mita hududiy bo’linmalarini to’la taftish o’tkazish; 
- qo’mitaning hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish; 
- bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar va transport vositalari turishi 
mumkin bo’lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat 
oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni
- tushayotgan xabarlar hamda imkoniyatlar yuzasidan tematik taftishlar o’tkazish va 
boshqalar. 
Audit o’tkazish va tovarlar O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelganda 
soliq va ajratmalarni to’g’ri hisoblash uchun bojxona qiymatining asosligini inobatga olib, import 
muomalalari bo’yicha quyidagi (6.3.41 jadval) auditorlik nazoratining dasturini taklif etamiz. 
Keltirilgan (6.3.41 jadval) dasturdagi asosiy qismlardan biri ham, albatta, boj qiymatini 
aniqlashning to’g’riligini tekshirish bo’ladi. Buning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat 
bo’ladi: 
- tovarlar qiymatining sun’iy ravishda oshirilishi (yoki kamaytirilishi)ga qarshi kurash 
vositasi sifatida bojxona organlari zimmasiga yuklangan boj, yig’imlar va boshqa to’lovlarni 
undirishni hisoblash uchun real negiz (asos)ni aniqlash
- valyuta nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotni to’plash va tahlil qilish; 
- boshqa bojxona maqsadlarida, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan bojxona ishiga doir huquqni buzishlar uchun sanktsiya qo’llashlarning mavjudligi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish