7-MAVZU. HISOB-KITOB, KREDIT MUOMALALARI VA BOSHQA QARZLAR
AUDITI
338
REJA:
7.1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo’yicha muomalalar auditining
uslubi
7.2. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob muomalalari auditi
7.3. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar auditi
7.4. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar auditi
7.5. Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar auditi
7.6. Budjet bilan hisob-kitoblar auditi
7.7. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo`yicha hisob-
kitoblar auditi
7.1. Hisob-kitob, kredit va boshqa qarzlar bo’yicha muomalalar auditining
uslubi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xojalik yurituvchi subyektlar o`zaro hisob-
kitoblarni amalga oshiradilar, ya'ni erkin iqtisodiy munosabatga kirishadilar. Bunda
mol yetkazib berish, ish, xizmatlar bajarish va boshqa xojalik muomalalari vujudga
keladi. Natijada subyektlar o`rtasida hisob-kitob muomalalarini amalga oshirish
jarayoni vujudga keladi. Masalan, mol yetkazib beruvchilar bilan sotib olingan xom-
ashyo, material, asbob-uskuna va boshqa tovar-moddiy boyliklar, haridor va
buyurtmachilar bilan ortib jo`natilgan mahsulot, transport tashkilotlari bilan yuklarni
tashish, soliq organlari bilan budjetga to`lovlar yuzasidan va h.k. Bulardan tashqari
jismoniy shaxslar, xodimlar bilan turli xil hisoblashishlarni amalga oshirish mumkin.
Masalan, hisobdor shaxslar bilan safar xarajatlari yuzasidan, kreditga olingan tovar-
moddiy boyliklarga to`lovlar yuzasidan va h.k.
Xojalik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz
amalga oshiriladi. Naqd pullar korxonaning xizmat safarlariga, xojalikning mayda
xarajatlariga hisobdorlik asosida beriladi.
339
«Korxonaning ba'zi xarajatlari hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonaning ayrim xodimlariga xizmat safari xarajatlari, ayrim mayda xojalik
xarajatlari uchun kassadan mablag` beriladi. Hisob-kitob muomalalari xodimlar va
yollangan shaxslar bilan mehnat haqi bo`yicha, hisobdor shaxslar bilan va boshqa
muomalalar bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni o`z ichiga oladi. Bu hisob-
kitoblar asosan naqd pul bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ichki hisob-kitoblar
ataylab yoki bilmasdan ko`p xato-kamchiliklarga yo`l qo`yiladigan soha bo`lib,
auditordan tekshiruvda maxsus e'tibor qaratishni talab etadi»
1
.
Hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan asosiy maqsad
buxgalteriya hisobidagi ichki hisob-kitob muomalalariga doir debitorlar va
majburiyatlar aks ettiriladigan bo`limning ishonchliligi, qo`llanilayotgan hisob va
soliqqa tortish uslubiyotining amaldagi me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi to`g`risida
fikr shakllantirib, quyidagilarni aniqlashdan iborat:
- to`liqligi - barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi,
hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yuqligi;
- mavjudlik - balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, hisobdor
summalar va boshqalar) bo`yicha majburiyatlar mavjudligi;
- majburiyatlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar summalari
qonuniyligi va to`g`riligi;
- baholashlar - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me'yoriy
hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi;
- aniqligi - mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari
bo`yicha sutkalik xarajatlar summasi va boshqalarning to`g`ri hisoblanganligi,
buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi
ma'lumotlarga mosligi;
- hisob davrining cheklanganligi - ichki hisob-kitoblarga doir barcha
majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo`lsa, aynan mana shu hisob davrida aks
ettirilganligi;
1
Umarova M. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. Darslik.-T.: 2004., 95-b.
.
340
Taqdim etish va bayon qilish - ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning
barchasi hisob va hisobotga oid me'yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan,
turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Ushbu maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar hal
etilishi lozim:
- auditor tekshiruv mobaynida hisobot ko`rsatkichlarida jiddiy xatolar
yo`qligiga yetarli darajada ishonch hosil qilish;
- dalillarni to`plash uchun har xil manbalardan shakllanadigan axborot
bazasidan foydalanish;
- auditor tekshiruvni boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun
zarur bo`lgan me'yoriy hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va
boshlang`ich hujjatlarni jamlash;
- ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish;
- soliqqa tortish bo`yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me'yoriy
hujjatlar paketini mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda
shakllantirish.
Auditor ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo`yicha
sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo`llaniladigan hisob shakliga (jurnal-
order, memorial-order, jadval va h.k.) bog`liqligini bilishi kerak. Masalan,
buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK 8-ASK va
10-ACK jurnal-orderlar, jadval-avtomatlashtirilgan (yoki kompyuterlashtirilgan)
shaklida – 4210 - «Mehnat haqi bo`yicha berilgan bo`nak», 6510 - «Sug`urta bo`yicha
to`lovlar», 6710 - «Mehnat haqi bo`yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar», 6720 -
«Deponentlangan mehnat haqi», 4220 - «Xizmat safari uchun berilgan bo`naklar»,
4230 - «Umumxojalik xarajatlari uchun berilgan bo`naklar», 4290- «Xodimlarga
berilgan boshqa bo`naklar», 6870-«Hisobdor shaxslardan qarzlar», 4710 - «Kreditga
sotilgan tovarlar bo`yicha xodimlarning qarzlari», 4720-«Berilgan qarzlar bo`yicha
xodimlarning qarzlari», 4730 - «Moddiy zararni qoplash bo`yicha xodimlarning
qarzlari» va 4790 - «Xodimlarning boshqa qarzlari» schyotlari bo`yicha debet va
kredit oborotining mashinogrammalari tekshiriladi.
341
Hisob-kitob va kredit operatsiyalar auditining asosiy manbasi bo`lib quyidagi
me'yoriy va dastlabki hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi registrlari hisoblanadi (7.1-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |