Amaliy audit


-jadval  Hisob-kitoblar auditining vazifalari



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

7.2-jadval 
Hisob-kitoblar auditining vazifalari 
№ 
Audit vazifalari mazmuni 
1.
Xizmat safari xarajatlarining qoplanish tartibiga rioya qilinishini aniqlash 
2.
Hisobdor shaxslar tomonidan qilingan xarajatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini 
aniqlash 
3.
Xojalik xarajatlarining asosliligini aniqlash 
4.
Xizmat safari va xojalik xarajatlari yuzasidan korxona ma'muriyati farmoyishlarining qonuniyligini 
aniqlash 
5.
Bo`nak hisobotlari va ularga ilova qilingan hisobdor summalarning sarflanganini isbotlovchi 
hujjatlar (transport chiptalari, mexmonxona va boshqa tashkilotlari pattalari (kvitantsiyalar), 
olingan moddiy boyliklarning schyotlari, har xil ishlar naqd pul hisobidan bajarilgan shartnomalar) 
rasmiylashtirilishini tekshirish 
6.
Kassa hujjatlarining (kassir hisobotlari, kassa kirim va chiqim orderlari va ularni qayd qilish 
daftarlari) tekshirish 
7.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo`yicha analitik va sintetik hisob registrlarining ma'lumotlari 
(7 -ASK.- jurnal-order) ni tekshirish 
8.
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni audit qilishda buxgalteriya hisobi holati bilan tanishishi, 
hujjatlarning to`g`ri va o`z vaqtida rasmiylashtirilishi, xizmat safarlari va xojalik xarajatlari yuzasidan 
korxona rahbarining farmoyishi bor-yuqligi, xodimni bu safarga yuborish va xojalik xarajatlarining 
asosliligini aniqlash 


344 
Auditor buxgalteriya xodimlarining ushbu sohadagi, qonunlar va yuqori 
tashkilotlarning me'yoriy hujjatlaridan xabardorliklariga hamda ularning nusxalari 
korxona buxgalteriyasida mavjudligiga ishonch xosil qilishi, shuningdek ushbu 
me'yoriy hujjatlarga amal qilinish darajasini tekshirishi kerak. Buning natijasida 
quyidagilar aniqlanishi mumkin: 
- ilgari hisobdor pullar yuzasidan qarzi bo`lgan yoki bu pullar yuzasidan 
hisoblashmagan, hisobot topshirmagan shaxslarga, korxonada haqiqatda 
ishlamaydigan shaxslarga pul berilmayotganligi; 
- navbatdagi mehnat ta'tiliga chiqarish va bir yo`la xizmat safariga yuborish 
xollari mavjudligi; 
- xizmat safari vaqtida mehnat qobiliyatini yuqotib, kasalxonada davolanishda 
bo`lgan xodimlarga turar joy va kundalik xarajatlari to`lash tartibiga rioya qilinishini, 
bu muddatning 2 oydan oshmaganligini aniqlash kerak. 
Hisobdor shaxslarga bo`naklar berilishining asosliligini aniqlash xojalik 
ehtiyojlari uchun hisobdor summa berish talablariga rioya qilishni tekshirishdan 
iborat. Bunda auditor hisobini berish uchun bo`nak olgan shaxslar, hamda berilgan 
bo`naklar summasi. va muddatining korxona rahbari buyrug`iga muvofiqligini 
aniqlaydi. 
Bo`nak berish uchun xizmat safari to`g`risidagi buyruq va xizmat safari 
guvohnomasi asos bo`ladi. Xizmat safari uchun hisobdor summa berilganligini 
tasdiqlaydigan kassa chiqim orderlarini tekshirish mobaynida barcha rekvizitlarining 
to`liq to`ldirilganligiga, xususan, bo`nak berish uchun asosning aks ettirilganligiga 
e'tibor beriladi. Muayyan hisobdor shaxs tomonidan oldingi olingan bo`nak bo`yicha 
to`liq hisobot berilganidagina, unga bo`nak beriladi. 
Hisobi beriladigan bo`nak berishning asosliligini tekshirish amallari kassa 
muomalalarini tekshirish mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda aniqlangan 
tafovutlar to`g`risidagi axborotlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirayotgan 
auditorga beriladi. 
Hisobdor shaxslar tomonidan bo`nak hisobotlarining o`z vaqtida taqdim 
qilinishini tekshirish, bo`nak hisobotlari haqiqatda taqdim qilingan muddatlarni, 
xizmat safari to`g`risidagi buyruqqa yoki xizmat safari guvohnomasida ko`rsatilgan 
muddatlarga solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi. 


345 
Agar auditor ushbu qoidaga amal qilinmayotganligini aniqlasa, unda 21-son 
BHMS ning talablariga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilmagan hisobdor 
summalarning 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilishi (Debet 
9430, Kredit 4220, 4230) va keyinchalik ushbu summalarning hisobdan chiqarishini 
tekshirish zarur. 
Ayrim korxonalarda xodimlarga go`yo xojalik hamda xizmat safarlari uchun 
bo`nak ajratilgandek bo`lib, aslida ularning shaxsiy ehtiyojlari uchun pul berilishiga 
yo`l qo`yiladi. Shuning uchun auditor xodimning xizmat safariga jo`natish 
guvohnomasi borligini, uning muddatini, yo`l xarajatlarini, amaldagi me'yorlar 
bo`yicha sutkalik to`lov summasi qanchaligini, hisobdor shaxslar bo`naklar bo`yicha 
hisobotlarni o`z vaqtida topshirishlari va sarflanmay qolgan mablag`lar qoldiqlarini 
kassaga topshirishlarini aniqlaydi.

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish