Amaliy audit


Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi



Download 5,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/303
Sana06.07.2022
Hajmi5,18 Mb.
#749505
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   303
Bog'liq
Amaliy auditoum

6.2. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi 
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik 
tekshiruvidan o`tkazishdan maqsad, sodir bo`lgan xojalik muomalalarini hisobga 
olish va soliqqa tortishda qo`llanilayotgan tartibning O`zbekiston Respublikasi 
me'yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga 
soluvchi asosiy hujjat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-
fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to`g`risidagi Nizom» bo`lib hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to`g`riligini va mahsulot, ish hamda 
xizmatlar tannarxi to`g`risidagi hisobotni tuzishning to`g`riligini aniqlash uchun 
quyidagilarni tekshirish lozim: 
1. Hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari 
schyotlarida o`z vaqtida, to`liq va ishonarli aks ettirilishi. 
2. Ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom-ashyolar, materiallar, yoqilg`ilar, 
ehtiyot qismlar va yoqilg`i-moylash materiallarini baholashning to`g`riligi. 
3. Belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab 
chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to`lash va mukofatlash haqidagi Nizomga 
rioya qilish ustidan nazoratning ta'minlanganligi. 
4. Noishlab chiqarish xarajatlari va yo`qotishlarning paydo bo`lish sabablari 
hamda hisobdan o`chirilishning asoslanganligi va ularni kamaytirish bo`yicha qabul 
qilingan chora-tadbirlar. 
5. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to`g`riligi. 
6. Tovarlar, YOMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan 
o`chirishning to`g`riligi. 
7. Quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga qo`shishning 
to`g`riligi va asoslanganligi: 


335 
- ta'sis hujjatlariga muvofiq, qo`shma subyektda ishlab chiqarishda bevosita 
ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun 
to`lovlar;
- xizmat safarida va yo`lda bo`lgan vaqt turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga 
borib qaytish yo`l xarajatlari uchun tasdiqlangan me'yorlar doirasida ishlab chiqarish 
faoliyati bilan bog`liq chet el xizmat safari xarajatlari. 
Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining 
to`g`ri va asoslangan hamda me'yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, 
xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulatsiyasining to`g`riligini xarajat moddalari 
bo`yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o`rtasidagi tafovutlarni 
moddalar bo`yicha taxlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xomashyo va 
materiallarni sarflashning to`g`riligi, baholar to`g`riligini tekshirish metodlari, 
mahsulot (ish, xizmat) birligiga to`g`ri keladigan xarajat me'yoriga rioya qilinishi 
tekshiriladi. 
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi 
buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo`yicha hisobot davrida mahsulot ishlab 
chiqarish (ish bajarish, xizmat ko`rsatish) va realizatsiya bilan bog`liq xarajatlar 
yig`indisi kabi aniqlanadi. 
Xojalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili tannarxni to`g`ri 
shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat) lar qiymatining to`langanlik 
fakti emas, balki ularni ishlatish (xarajatlash) fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. 
Masalan, auditorga tekshiruv o`tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazmunidan 
ma'lum bo`lishicha, tekshirilayotgan subyekt tomonidan o`tgan yili dekabr oyida 
keyingi yil uchun ishlab chiqarish binolarining ijara haqi to`langan. Ushbu xarajat shu 
vaqtning o`zida, ya'ni o`tgan yili dekabr oyida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga 
olib borilgan. Auditor ushbu xojalik muomalasini asossiz, ya'ni o`tgan yildagi 
mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun'iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani 
hamda foyda solig`ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu 
bilan birga to`langan ijara haqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi 
miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o`chirishi lozimligini tushuntirdi. O`zbekiston 
Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida» gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, 
subyektda sodir etilgan barcha xojalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda 
yoki amalga oshirilib bo`lingandan so`ng tegishli dastlabki hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni 


336 
asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni 
buxgalteriya hisobida aks ettirishning to`g`riligini tasdiqlash vazifasini belgilab 
beradi. 

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish