Metafora va unga yondosh hodisalarning amaliy qo’llanilishi
Metaforaga berilgan ta‘rif uning tabiatini ko’rsatib bergan bo’lsa-da,
amalda metaforani ajratib olish ancha qiyin. Metaforaga yondosh va o’xshash
hodisalar anchagina bo’lib, ko’pincha ular metafora deb atalaveradi. Metaforaning
yondosh hodisalardan farqi uni shu xil hodisalar bilan qiyosan olib o’rganganda
ochiladi. Shuning uchun biz quyida metaforaning turli yondosh hodisalar bilan
munosabatini ko’rib chiqamiz.
Metafora va ko‘p ma’nolilik. Metaforani ko’p ma‘nolilikni yuzaga
keltiruvchi usullardan biri sifatida baholash an‘ana tusiga kirgan. Bu bahoga
qanchalik qo’shilish yoki qo’shilmaslik, avvalo, ko’p ma‘nolilik tushunchasini
baholashni talab qiladi. Ko’p ma‘nolilik ilmiy tilshunoslikda, shuningdek,
polisemiya va polisememiya atamalari bilan ham belgilanadi. Polisemiya atamasi
bir muncha keng tarqalgan bo’lib, masala mohiyatiga nazar tashlash bu atamaning
o’zi belgilayotgan hodisa tabiati bilan mos kelavermasligini ko’rsatadi. Semalar –
ya‘ni mazmun sememaning eng kichik bo’laklari deyarli hamma so’zda ham ko’p
bo’ladi. Ko’p ma‘nolilik hodisasi esa semalarning emas sememalarning ko’p
bo’lishini nazarda tutadi. Polisemiya atamasining bu kamchiligini sezib,
Sh.Rahmatullaev polisememiya atamasini qo’llaydi va metaforani polisememiyani
16
yuzaga keltiruvchi vositalardan biri deb baholaydi. Polisememiya tildagi eng aktiv
hodisalardan biri hisoblanadi. Sh.Rahmatullaev hozirgi o’zbek adabiy tilidagi
leksemalarning deyarli yarmi polisemantik ekanligini ta‘kidlaydi.
Semema so’zning ma‘no qismi bo’lib, unga muayyan ifoda (shakl) qismi
mos kelishi kerak. So’zning yangi semema kasb etishi yangi so’z berishi lozim.
A.A.Potebnya ana shu xususiyatga e‘tibor berib, masalani keskin xal etadi: ―...
ko’p ma‘nolilik yolg’on tushunchadir: qaerda ikkita ma‘no bor, o’sha yerda ikkita
so’z bor.
Albatta, bu fikrga qo’shilish qiyin. Bunday fikrlash metaforik qo’llangan
so’zlarni ham yangi so’z deb nomlashga olib kelgan bo’lur edi va
A.A.Potebnyaning o’zi shu xil yo’l tutadi. Ammo bu fikrda ayrim ratsional jihatlar
ham yo’q emas. Agar sememani so’zning mohiyati, mazmuni deb olsak, mohiyat
bir nechta bo’lmaydi. Mohiyat yagonadir. Yangi mohiyat, u naqadar boshqasiga
o’xshamasin, yangi materiyadir. To’g’ri, mohiyat xilma-xil ko’rinishga ega bo’la
oladi. Biroq bu uning serqirraligidan darak beradi, xolos. Uning har bir qirrasini
alohida bir mohiyat deb tushunish emprizmga xos bo’lib, nazariya yaratuvchini
mutlaqo qoniqtirmaydi. Bizningcha, metafora haqiqatan ham polisemiya
(poliseme-miya) ni yuzaga keltirishda qatnashadi. Biroq polisememiya – bu
metafora (yoki nom ko’chishning bir biror usuli) emas, yangi hodisadir. Metaforik
va nometaforik so’zlarning komponent tahliliga nazar tashlasak, buni yaqqol
ko’ramiz:
Metaforik so’z: Bosh – 1) a‘zo;
2) yuqorigi, birinchi;
3) miya joylashgan qism;
4) asosiy.
Polisemik so’z: Turmoq – 1) harakat-holat
a) tik holat;
b) o’rinlashgan holat;
g) o’rinlashmagan holat.
17
Har ikki so’zda ham to’rtta sema (shartli) ajratiladi. Farqi shundaki, bosh
so’zning semalari alohida-alohida ham (metaforik qo’llanganda), hammasi birga
ham (nometaforik) yuzaga chiqa oladi. Qiyoslang: boshim qattiq og’riyapti –
nometaforik ifoda, hamma semalar birga yuzaga chiqadi. Ko’cha boshida paranjili
ayol ko’rindi – metaforik ifoda, 2-sema yorqinlashgan, qolganlari xiralashgan. Aql
yoshda emas, boshda – metaforik ifoda 3-sema yorqinlashgan. So’zning bosh
ma‘nosi ... metaforik ifodada 4-sema yorqinlashgan. Polisemantik so’z semalari
esa bu xil imkoniyatga ega emas, 1-sema bog’lovchi, umumlashtiruvchi bo’lib, u 1
= (v) (yigit daraxt tagida turibdi), 1= (b) (kitob stolda turgandi), 1 = (v) (qiz
cho’chib o’rnidan turdi) nisbatlarida yuzaga chiqishi mumkin. Asta-sekin shu
nisbatlardan biri uziladi va omonimiya vujudga keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, metafora polisemiya shakllanishida rol
o’ynaydi. Biroq polisememiya shakllanishi bilan bu ikki hodisa orasidagi
bog’liqlik uziladi. Polisememiya na unisi va na bunisining ko’rinishi yoki turi
emas. Metafora va vazifadoshlilik. Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan
vazifadagi o’xshashlik asosida ko’chirilishi funksional ko’chirish deyiladi (lotincha
funktio – ―faoliyat, ―vazifa‖). Funksional ko’chirish ham o’xshashlik asosida
bo’ladi. Bu jihatdan u metafora yo’li bilan ko’chirishga juda yaqin turadi. Farqi
shundaki, metafora yo’li bilan ko’chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko’rinishi
jihatidan, material jihatidan o’xshashlik asosga olinsa, funksional ko’chirishda
vazifa jihatidan o’xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasida uchish uchun
xizmat qiluvchi a‘zo qanot deyiladi. Shunga o’xshash vazifani bajaruvchi qism
samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan. Biz metaforaning asosida nomsiz
narsada mavjud bo’lgan motivlar, metaforik qo’llanuvchi so’z semalari orasidagi
mutanosiblik, o’xshashlikni ko’rgan edik. Bu mutanosiblik qanday jihatlarni
(rang,shakl, vazifa va hokazo) qamrab olishi ahamiyatsiz. Shuningdek,
mutanosiblik bir necha jihatli bo’lishi ham mumkin. Sh.Rahmatullaev ana shu
jihatni ham qayd etadi: ―Funksional ko’chirishda ko’pincha shakliy o’xshashlik
ham qatnashadi.
18
Metafora va metonimiya. Metonimiya ham nom ko’chish ususli bo’lib,
narsalar orasidagi obyektiv bog’liqlikka asoslanadi. Bog’liqlik asosidagi ko’chish
bir necha xil bo’lishi mumkin:
1. Narsa nomi – shu narsa asosidagi boshqa bir narsa bir narsaga ko’chadi:
Dasturxon – stolga yoziladigan mato // dasturxon ishtaxamni ochib yubordi
(dasturxondagi ovqatlar).
2. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o’lchov birligi nomi bo’lib xizmat
qiladi: bosh, kalla – ―bosh‖ o’lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham
qatnashadi – shakliy o’xshashlik bor. Миртожиев М. Лингвистик метафоралар
таснифи. // Ўзбек тили ва адабиѐти, 1973. № 4. – Б. 33-37.
3. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo’ladigan predmetga ko’chadi:
til (nutq a‘zosi), til (nutq).
4. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko’chiriladi – ko’k (rang
nomi) – ko’k (osmon)
Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,
Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.
Cho’lpon. (―Go’zal)
5. Harakatning nomi shu harakat natijasida hosil bo’ladigan narsaga
ko’chiriladi: to’ymoq – to’y.
Metonimiyaning muayyan ko’rinishi – sinekdoxa butun va qism orasidagi
bog’liqlikni nazarda tutadi. Metonimiya va metafora orasidagi farq nom ko’chish
asoslaridadir. Metaforaga o’xshashlik, metonimiyaga bog’liqlik asos bo’ladi. Bu
eng asosiy farq bo’lib, o’xshashlik va bog’liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu
farqni yanada kuchaytiradi. Bu tafovut shundaki, o’xshashlik qaysidir darajada
erkin, ya‘ni subyekt o’xshashlikni ochadigina emas. Noo’xshash narsalar orasida
mutanosiblikni topish qadimdan iste‘dod sanaladi. Metaforada qiyos asosi
nihoyatda murakkab bo’lishi mumkin. Yuqorida ana shunday holatlar haqida
gapirib, faqat so’zning semem tarkibiga suyanib turib bu xil metaforalarni ochish
qiyin bo’lishi haqida gapirgan edik. Metonimiyada esa bog’liqlik asos bo’ladi.
19
Bog’liqlik obyektiv mavjud bo’lmasa, uni tiklab bo’lmaydi. Darhaqiqat, bog’liqlik
(munosabati) xususiyati doimiy bo’lib, uni hamma tan oladi va qayd etadi.
Ko’chaning oldingi qismini nima uchun bosh deb atalishiga umumtektologik-
mantiqiy qonuniyatlar ko’rsatish qiyin. Biroq metonimiyaning xususiy ko’rinishi
bo’lgan sinekdoxa – butunni qism, qismni butun bilan atash asosini kibernetika
ham tushuntirib bera oladi. Chunki kibernetikaning asosiy qonunlaridan bo’lmish
axborot nazariyasi bo’yicha har qanday butun qism haqida, har qanday qism butun
haqida axborot tashiydi.
Metafora va o‘xshatish. Metafora va o’xshatish orasidagi munosabatga
qarash ikki xil:
1. Metafora – qisqargan o’xshatish, ya‘ni ular orasida farq tashqi
shakllanishidadir.
2. Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan farq
qiladi.
1. Metafora – qisqargan o’xshatish. Ya‘ni ular orasidagi farq shakl-
lanishdadir (Arastu, A.A.Potebnya).
2. Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan ham
farq qiladi. (V.Veselovskiy, I.Kukina, M.Shteyn,). 22
22 www. ziyonet.uz.
Ayrim olimlar o’xshatishni morfologik yoki lug’aviy emas, balki sintaktik
konstruksiya deb baholaydi. Chunki o’xshatish uchun bittagina so’z yoki shakl
kamlik qiladi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, har qanday lug’aviy yoki
morfologik mohiyat aynan sintaktik qurshovda namoyon bo’ladi. Bu mutlaqo
ularni mustaqil mohiyat sifatida mavjud emas degan xulosaga olib kelmasligi
kerak. N.Mahmudov, A.Nurmonov o’zbek tilidagi qiyosiy tizimlar uchun
quyidagicha formula tuzadi: {A [V] V] S}. Bunda A – qiyos subyektining ramzi, V
– qiyosning shakliy ko’rsatkichi, S – qiyos asosining ramzidir. Qiyoslang: Qovun
asaldayin shirin, Qovun asldan shirin. Bunda qovun – A, asal – V, -day, -dan-V va
shirin-S.
20
O’xshatish va metafora orasida shakliy farqning borligi bunda yaqqol
ko’rinib turadi. Ya‘ni o’xshatishda ishlatiluvchi ―kabi‖, ―go’yo‖, ―xuddi‖, ―-
dek‖ singari unsurlar metaforada uchramaydi.23 Demak, bu yerda sifat
o’zgarishlarining miqdor o’zgarishlariga aylanish qonuni amal qiladi. Bu qonunni
o’z obyektimizga tadbiq etadigan bo’lsak, ―kabi‖, ―go’yo‖, ―-dek‖ va
hokazolarning tushib qolishi bilan belgilanadigan shakliy farq, o’z-o’zidan,
mazmuniy farqni ham keltirib chiqarishi tabiiy. Mazmuniy jihatdan qanday farq
borligini aniqlash uchun o’xshatish va metaforik pozitsiyada kelgan so’zning
semem tarkibini qiyoslash lozim.
―Qirchang’i‖ so’zining semem tarkiga nazar tashlasak
1) uy hayvoni;
2) qari;
3) kasalmand;
4) yaroqsiz.
O’xshatish: ―Shavlaev ... yaylovga qo’yvorilgan qirchang’idek, bosh
ko’tarmay sandiroqlab yuraveradi‖ (A.Obidjon).
Metafora: ―O’v qirchang’i, baxtingga quvonib o’tirmaysanmi?‖ (A.O.)
O’xshatishda qirchang’i so’zining hamma semalari yuzaga chiqmoqda, metaforik
qo’llanish esa 1- semada xiralashmoqda. Xiralashgan sema o’rnini mutanosib
boshqa sema (bu sema tema tarkibidan olinadi) qoplaydi. Bu o’rinda – ―inson‖
(ayol) semasi. O’xshatish va metafora qo’llanishida sema tarkibi va shaklining bu
xil farq qilinishi uslubiy jihatdan bu ikki tropni farqlaydi.24 O’xshatishda hamma
semalarning yuzaga chiqishi mazmunan, o’xshatuvchi unsurlarning ishtirok etishi
shaklan o’xshatilayotgan va o’xshayotgan narsani bir butun deb tasavvur qilishga
to’siq bo’ladi. Metaforada esa go’yo bu chegara olinadi va ular bir butundek –
bittadek tushuniladi.
Quyidagi misolga e‘tibor qilaylik:
Danakdek qulog’im supra bo’lguncha yashab ... (A.Obidjon). O’xshatishda
(danakdek) quloqning har holda danak emasligi, danakka o’xshashligi sezilib tursa,
21
metaforada (supra bo’lguncha) bu xil inkor mavjud emas. Albatta bu shartli.
So’zlovchi quloqning supra bo’la olmasligini yaxshi tushunadi. Biroq uslubiy
maqsadlarda bu hodisani ataylab yashiradi. Metaforaning bu xususiyati (ikki
hodisani bir butun deb bilish) uning qo’llanilishida ham o’ziga xoslik vujudga
keltiradi. Ya‘ni metaforik qo’llangan so’z metaforik yo’nalgan so’zsiz ham yolg’iz
kela oladi. Masalan, Stadionda yana ―haya-haya‖ boshlandi.
Hayda, xo’roz (A.Obidjon).
O’xshatishda bu xil imkoniyat nihoyatda chegaralangan. O’xshayotgan va
o’xshatilayotgan narsani bildiruvchi so’zlar muntazam sintagmatik aloqada turadi:
Futbolchilarimiz shapaloqdek mamlakat – Belgiya komandasiga yutqazib
qo’yishdi (A.Obidjon).
Danakdek qulog’im supra bo’lguncha yashab ... Yuqoridagilarni xulosalab
shuni aytish mumkinki, o’xshatish va metafora bir-biriga juda yaqin keladi. Ammo
bir necha jihatdan farq qiladi. 1. Shaklan: O’xshatishda –dek, -day, go’yo kabi
unsurlar qatnashadi, metaforada esa qatnashmaydi.
2. Mazmunan: O’xshatishda o’xshatilayotgan va o’xshayotgan narsa bir-
biridan alohidaligi ko’rinib turadi, metaforada esa bir butun deb tasavvur qilinadi.
3. Usluban: O’xshatishda ifoda vositasi so’zning to’liq semalarini saqlaydi,
metaforada esa saqlanmaydi.
4. Yo’nalishi – O’xshatish gorizontal yo’nalishni nazarda tutadi. Oltindek
bosh, danakdek quloq. Metafora esa vertikal yo’nalishga asoslanadi. Bosh emas,
oltin qimmatli narsa, demak, metafora nimanidir nomlaydi, o’xshatish esa
sifatlaydi. Metafora va epitet. D.Xo’jayeva epitetlarni metaforadan farqlashga
harakat qilib, quyidagilarni yozadi: ―Ko’pincha adabiyotshunoslik va
tilshunoslikka doir adabiyotlarda oltin barg, sher yigit kabi birikmalardagi oltin,
sher so’zlarida sodir bo’lgan ma‘no o’zgarishini ba‘zan metafora deb, ba‘zan epitet
deb talqin etiladi. Biroq epitet aynan metafora bo’lmaganidek, epitet metaforaning
ayrim ko’rinishi ham emas.
22
I.Shukurov bu ikki hodisa o’rtasidagi farqi leksemalarning semik tuzilishi
asosida ko’rsatib beradi. Uning ta‘kidlashicha, sher leksemasining semik
strukturasi ―kuchli, ―dovyurak, ―xayvon semalaridan iborat. Agar shu
leksemaning muayyan kontekstda semantik strukturasidagi semalarida o’zgarish
sodir bo’lsa, yangi ma‘no kasb etadi va metafora ro’y beradi. Masalan, Qani,
sherlar olg‘a! ... (H.Olimjon). Bu gapdagi sher leksemasida ―kuchli,―dovyurak
semalari saqlanib, ―hayvon semasi o’rniga ―odam semasi qo’shilgan. Ana shu
o’zgarish metaforaga sabchi bo’lgan. Sher yigit birikmasida esa dastlabki ikki
sema ―kuchli, ―dovyurak‖ semalari bilan qo’llangan. Uchinchi sema tushib
qolgan. Yangi sema vujudga kelgan emas. Shuning uchun u metafora emas, balki
epitetdir. Shunday qilib, metaforada yangi sema mavjud bo’lib, ma‘noda o’rganish
ro’y beradi. Epitetda esa ma‘no tuzilishidagi ayrim semalargina yuzaga chiqadi.
D.Xo’jaeva ―... metaforada yangi sema yuzaga kelganligi uchun ma‘no o’zgaradi,
epitetda ma‘no semalarining ayrimlarigina yuzaga chiqadi‖ deb hisoblaydi.
Qani, sherlar, olg’a hamon, g’alaba tomon (H.Olimjon) (Misol D.Xo’jaevadan
olindi) gapida ―sherlar‖ so’zini ―dovyuraklar, kuchlilar‖ so’zi bilan almashtirish
mumkin, mumkingina emas, tabiiy ham. Bizningcha, yangi sema hosil bo’lishi har
ikkala holat uchun ham xos emas. Chunki yangi sema hosil bo’lsa, yangi so’z hosil
bo’ladi. Yangi sema so’z semantikasini o’zgartiradi. Metafora so’z semantikasini
o’zgartirmaydi, aksincha ta‘sir ko’rsatadi.
Yuqorida ta‘kilab o’tildiki, metafora haqida ko’plab ilmiy asarlar yaratilgan.
Ularning aksariyatida metaforaning asosiy mohiyatini o’xshatish, qiyoslashdan
iborat mantiqiy amal tashkil etishi aytilgan. Aristotel o’zining «Ritorika» asarida
metafora bilan o’xshatish o’rtasida katta farq yo’qligini, yaxshi o’xshatishni
osonlik bilan metaforaga aylantirish mumkinligini, ularning mohiyatida yaqinlik
mavjudligini ta‘kidlaydi. Yunon faylasufi aytadiki, agar shoir Axill haqida «U
sherdek tashlandi» desa, bu yerda o’xshatish voqe bo’ladi, agar shoir shu
qahramon haqida «Sher tashlandi» desa, metafora yuzaga keladi.
23
Metaforaning ana shunday mohiyatini inobatga olgan holda prof. R.Qo’n-
g’urov «O’zbek tilining tasviriy vositalari» kitobida mana bunday deb yozgan:
«Metaforani yashirin o’xshatish deyish ham mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan
farq qiladi. Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a‘zodan tashkil topsa (ya‘ni
nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi — qiyos qilinuvchi va qiyos
qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a‘zo — o’xshatilgan narsa qoladi,
o’xshagan narsa tushiriladi, lekin u kontekstdan ochiq sezilib turadi, demak,
metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a‘zo orqali idrok qilinadi».
Bu fikrga qo’shilgan holda, shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan,
bizningcha, metaforani «yashirin o’xshatish» deb emas, balki «qisqartirilgan
o’xshatish» deb qarash maqsadga muvofiqroq ko’rinadi. Chunki metaforada
o’xshatishning to’rtta uzvidan uchtasi (o’xshatish sub‘ekti, o’xshatish asosi,
o’xshatishning shakliy ko’rsatkichi) qisqartirilib, faqat o’xshatish etalonining o’zi
saqlab qolinadi.25 Metafora bevosita ana shu o’xshatish etalonida, yanayam
to’g’rirog’i, metaforik ko’chma ma‘no o’xshatish etaloni o’rnidagi so’zning ma‘no
tarkibida yuzaga keladi.
O’xshatish asosidagi belgi yoki harakat-holatni, shuningdek, o’xshatish
subyektini ifodalagan va qisqartirilgan so’zlarning ma‘nolarini ayni o’xshatish
etaloni o’ziga xos tarzda o’z ustiga oladi. Ana shu jarayonlar natijasida nutqda so’z
semantikasida obrazlilikka juda ham boy ko’chma ma‘no yuzaga chiqadi. Metafora
narsa-buyum,
voqea-hodisalar,
belgilar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka
asoslangan ma‘no ko’chishi, ya‘ni metafora ko’chma ma‘no hosil qilishning eng
keng tarqalgan usullaridan biridir. U mumtoz adabiyotshunos-ligimizda "istiora"
deb ham yuritiladi. Matnga lingvopoetik yondashuvda lisoniy va xususiy-muallif
metaforalarini farqlash maqsadga muvofiq. Lisoniy metaforalar til taraqqiyoti bilan
bog’liq hodisa hisoblanadi, ular tilda uzuallik kasb etib bo’lgan. Shuning uchun
ham tadqiqotchilar to’g’ri ta‘kidlaganlaridek, "bunday metaforalar, asosan, atash,
nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda uslubiy bo’yoq, ekspressivlik,
binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks
24
etmaydi". Faqatgina ma‘lum bir so’zning ma‘no doirasi kengayadi hamda yangi
tushunchalarni atash uchun xizmat qiladi. Masalan: odamning oyog’i — stolning
oyog’i, odamning ko’zi — uzukning ko’zi, ko’ylakning etagi — tog’ning etagi
kabi. Demak, lisoniy metaforalar lingvopoetik nuqtayi nazardan jiddiy qimmatga
ega emas.
Xususiy-muallif metaforalari esa yangi va okkazional, kutilmagan bo’ladi.
Ularni yozuvchining o’zi estetik maqsad, ya‘ni borliqni subyektiv munosabatini
ham qo’shib obrazli ifodalab nomlash asosida yaratadi. Ular uslubiy jihatdan
bo’yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning
uchun ham badiiy matnda qahramonning his-tuyg’ularini ta‘sirchan, yorqin
bo’yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
bunday metaforalar badiiy matnning lingvopoetik tahlilida favqulodda muhim
o’rin tutadi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma‘no aniq holda
ifodalanadi. Ayrim tadqiqotchilar ot, eshak, qo’y, it, bo’ri, tulki, yo’lbars,
boyo’g’li, musicha, burgut, lochin, qaldirg’och, bulbul kabi so’zlar ko’chma
ma‘nolarda keng qo’llanishini aytib, shunday mulohaza bildiradilar: ―Otning
baquvvatligi, eshakning aqlsizligi, qo’yning yuvoshligi, itning vafodorligi,
mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning changallashdagi kuchliligi,
lochinning ko’zi o’tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan
metaforik usulda ko’chiriladi, natijada konnotativ ma‘no yuzaga keladi hamda
matnning ta‘sirchanligi oshadi. To’g’ri, bunday metaforalar asosidagi ko’chma
ma‘nolar, albatta, konnotativ ma‘noga ega, shuning uchun matnning
ta‘sirchanligiga yordam beradi. Lekin ular an‘anaviy metaforalardir, xususiy-
muallif metaforalari emas, ya‘ni ko’p qo’llangan, yangi, original emas. Shunga
ko’ra ularning badiiy matndagi lingvopoetik salmoq darajasi xususiy-muallif
metaforalariga qaraganda ancha pastdir. Masalan, buqlamun so’zining metaforik
ko’chma ma‘nosi "o’zgaruvchan (odam)" demakdir, bu ma‘no lug’atlarda ham
qayd etilgan. Ayni ma‘no tarkibida konnotativlik bor, shuning uchun buqalamun
bilan uchrashuv (S.Ahmad.) birikmasidagi ifoda ta‘sirli. Lekin bu ma‘noning
25
yuzaga kelishi yozuvchiga bog’liq emas, u oldindan ma‘lum. Yangi, kutilmagan,
ijodkorning o’ziga xos metaforalar badiiy matnda kuchli darajada poetik ta‘kidga
ega bo’ladi. Aytaylik, yozuvchi tomonidan yaratilgan kelinlar ko’zg’oloni
(S.Ahmad.) birikmasidagi qo’zg’olon so’zida yuzaga kelgan metaforaning poetik
kuchi
oldingidan
ortiq.
Shuning
uchun
ham
aynan
xususiy-muallif
metaforalarining poetik salmog’i jiddiydir. Metaforalarning odatiy, sinestetik
metaforalar va jonlantirish tarzida tilshunoslikda farqlanadigan barcha turlari
badiiy matnda ijodkor mahorati bilan o’ziga xos tarzda yaratiladi va kuchli
darajada poetik aktuallashadi, badiiy mazmunning ifodalanishida faol ishtirok
etadi.
Ijodkorning o’zi tomonidan yaratilgan odatiy metaforalar juda to’q obrazli
badiiy ma‘nolarni yuzaga keltiradi. Masalan:
Qaqragan lablarda olovli nafas
Kechalar kechmishin ayladi ko’mir.
Parishon sochlari yor ko’ksi emas,
Parchadagi kechmish, ko’mir, parishon so’zlari betakror bir tarzda metaforik
qo’llangan. She‘rdagi yaxlit badiiy mazmunning tugal ifodalanishida bu
so’zlardagi metaforalar badiiy ustunlar vazifasini bajargan. Hatto bu metaforalar
tufayli reallashayotgan badiiy ma‘nolarni konkret so’zlar vositasida tavsiflash ham
mushkul.
Quyidagi misollarda ham ana shunday metaforalarni kuzatish mumkin:
Ko’z uchida qaraysiz, ko’z uchida...
Yulduzchalar cho’kib yotar dil burjida.
Oy aylanar koinotning kulgichida,
Yurak erir qallig’imning hovuchida... (I.M.).
Mana, ustunlarga o’ralar shamol,
Mana, suv yuziga toshadi sepkil (I.M.).
Buncha ham qattiq ekan,
Qismatning bolishlari (S.Sayyid).
26
Chiqing, begim, ko’nglingizni chegalab beray,
Ko’nglingizni bering, begim, chegalab beray (I.M.). Metafora (metaforik
qo’langan so’z)ning sintaktik imkoniyatlari borasida fikrlash ikki tomonlama
borishi lozim:
1. Sintaktik bog’lanish xususiyatlari.
2. Sintaktik pozitsiya xususiyatlari.
Birinchi jihat metaforik qo’llanish natijasida so’zning bog’lanishi (valentlik)
darajasining o’zgarishini nazarda tutadi. Masalan, ―Oltin‖ so’zining sememasi
quyidagi semalardan tuzilgan:
1) metal; 2) qimmatbaho;
3) ijtimoiy qimmatli; 4) sariq.
Ikkinchi semaning yorqinlashuvi oltin bosh, oltin qo’l, oq oltin, qora oltin
birikmalarida, 3-4 semalarning yorqinlashuvi oltin soch kabi birikmalarning kira
olish imkonini bermoqda. Aslida ―oltin‖ so’zi o’z ma‘nosida bu xil valentlikka
ega bo’la olmasdi. Demak, metaforik qo’llanish so’zning. sintaktik-sintagmatik
bog’lanish imkonini kengaytirar ekan. Xulosa qilib aytganda, metaforik qo’llanish
so’zning sintaktik bog’lanish imkoniyatiga (valentligiga) ta‘sir etadi. Biroq
so’zning ko’chma ma‘noda qo’llanilishi uchun uni muayyan sintaktik pozitsiyaga
xoslab bo’lmaydi. Tilshunoslikning uzoq asrlik tarixi, aftidan, endigi kunda ushbu
hodisa ham kam o’rganilgan deyilishga asos qoldirmadi. Darhaqiqat, qaysi sohaga
qo’l urilmasin, bu borada qilingan yuzlab arzirli kuzatishlar va ilmiy xulosalar,
yana ham ko’proq amaliy kuzatish natijalariga duch kelamiz. Metafora borasida
ham shu fikrni aytish mumkin. Metafora bo’yicha qilingan kuzatishlarning asosiy
qismi uni nutqiy hodisa sifatida baholaydi. Ammo har qanday nutqiy hodisa kabi
metafora ham o’z umumiyligiga, sabab-mohiyatiga egaligi shubhasiz.
Metafora asos bo’lgan o’xshatish metaforani tushunish darajasiga ta‘sir
ko’rsatadi: metafora o’xshatish ochiq bo’lganda, tushunarli, o’xshatish hosil
qilinganda – tushunarsiz, o’xshatish yo’qolganda sezilarsiz bo’ladi. Metafora amal
qiluvchi sohani aniqlashda biz ayrim mualliflar tomonidan qo’yilgan turli uslubiy
27
to’siqlarni olib tashladik. Metafora, usluban qat‘iy nazar, hamma nutqiy
ko’rinishlarda ham amal qilaveradi. Chunki metaforaning vazifasi nomlash,
nomlashdan turlicha maqsad bo’lishi mumkin, albatta. Masalan, biror xil uslubiy
bo’yoq berish, yoki shunchaki nomsiz, notanish, noaniq narsaga nom berish.
Keyingi holat har qanday uslubga xos nutqda yuzaga chiqa oladi. Metafora juda
keng miqyosli hodisa bo’lib, metaforik qo’llangan so’z sintaktik-stilistik
chegaralarni bilmaydi.
Metafora – lirik subyekt kayfiyatini berish, emotsional tonallikni
belgilashning tengsiz vositasi. Buni A.Oripovning quyidagi she‘ri misolida
ko’rsatildi:
Osmon ufqlarga separ kul rangin,
Bulutlar chopadi, xorg’in beega. Havo nega muncha ma‘yus,
Havo nega muncha g’amgin:
Oh, men sendan ajraldim nega!
She‘r g’amgin, elegik ruh bilan yo’g’rilgan, buning ilk misradayoq ifoda
topgani o’quvchini she‘rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlaydi.
She‘rdagi kayfiyat asosini yo’qotish iztirobi, aza ruhi tashkil qiladi. Agar
o’tmishda ayollarning azada boshlaridan kul sochish urfi bo’lgani eslansa,
―osmon ufqlarga separ kul rangin‖ metaforasining ildizlari ko’zga tashlanadi.
Demak, ilk satrni o’qigandayoq aza ruhini his qilishimiz bejiz emas, osmonning
ufqlarga kul rangini sochishi bilan momolarning azada boshlariga kul sochishi
o’rtasidagi analogiyalar buning asosidir. To’g’ri, o’quvchi bu tafsilotni bilmasligi
ham mumkin, lekin anglanmagan tarzda ham o’sha ruhni his qilaveradi. Zero,
inson ongida suyak surib asrlardan o’tib keluvchi tarixiy xotira yashaydi va
anglangan yo anglanmaganligidan qat‘i nazar, uning tafakkur tarziga ta‘sir qiladi.
Metafora mohiyatan yashirin o’xshashtish bo’lib, unga o’xshatilayotgan narsa tilga
olinmagani holda, uning ma‘nosini o’xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda,
uning ma‘nosini o’xshayotgan narsa (ya‘ni uni ifodalayotgan so’z) bildiradi.
Albatta, bu o’rinda o’xshatilayotgan narsa-hodisalarning aynan o’xshashligi talab
28
qilinmaydi, balki ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi.
―Adabiyot, she‘riyat obrazlilik bilan tirikdir. She‘riyatda samimiyat ham bo’lishi
kerak. Shundagina u bir umr esda qoladi‖. Shoir she‘riyat oldiga ikkita asosiy
talabni qo’yadi: obrazlilik va samimiylik. Bularning birinchisi poeziyaning tabiati
bilan, ikkinchisi esa ijodkor shaxs – shoir tabiati bilan bog’liqdir. Badiiy obrazning
materiali bir tomondan real voqelik, ikkinchi tomondan ijodkor shaxsidir. Metafora
(hatto uning eng oddiy ko’chim darajasidagi ko’rinishi ham) obraz ekanligini
e‘tiborda tutsak, bu gap unga ham to’la tegishli. Arastu yaxshi metafora yarata
olish, o’xshashlikni ko’ra olish iste‘dodning belgisi deb bejiz aytmagan. Chunki
o’xshashlik voqelikda mavjud bo’lsa, uni ko’ra olish ijodkor shaxsi bilan bog’liq,
yaxshi metafora esa shu ikkisining hamjihatligi yaratiladi. A.Oripovning ilk
ijodidagi lirik qahramon – atrofga shoirona o’tkir nigoh bilan boqib, undan hikmat
uqayotgan odam. Shoir tabiat bilan inson, uning o’y-hislari, quvonch-tashvishlari,
kayfiyati orasida o’xshashliklar topadi va ular yordamida dilidagini izhor qilishga
intiladi. U ilk mashqlaridanoq oddiygina izhor emas, poetik izhorga, obrazli
ifodaga harakat qiladi. Albatta, oilasida hukm surgan adabiyotga alohida mehr
uning shoir sifatida shakllanishida muhim omil bo’lgan. Lekin, bizningcha,
A.Oripovning ulkan so’z san‘atkori bo’lib yetishishida tug’ma iste‘dodi bilan birga
bolaligi o’tgan joylar tabiatining ham ulkan xizmati bor. Shoir o’zi aytgan gaplar,
bir qator she‘rlar (―Yulduzlar, ―Bahor) tahlili orqali tabiat uning uchun obrazli
ifodaning birlamchi manbasi bo’lib xizmat qilgan. A.Oripov: ―Tabiat ona bo’lsa,
jamiyat otadir! Katta ma‘nodagi kurashlar, dolg’alar kishini tabiatning qo’ynidan
olib kelib, jamiyat orasiga tashlaydi‖, - deydi. Shunga mos ravishda she‘rlaridagi
tabiat bilan birlik hissi va uning go’zalligidan tug’iluvchi zavq, yoshlik shavqi,
ishq sururiyu hijron azoblari o’rnini ijtimoiy dard egallaydi. Agar shoir ijodining
ilk bosqichida ichki olami bilan tashqi olam (tabiat) orasidagi o’xshashliklarga
tayangan bo’lsa, hayotga chuqurroq kirib borgani sari o’xshashliklar doirasi ham
kengayib boradi. Zero, borliqda mohiyatan bir-biriga o’xshash nuqtalar ―o’tmish
– hozir‖, ―tabiat – jamiyat‖, ―inson –nabotot‖, ―inson – hayvonot‖, ―inson –
29
hodisa‖ kabi juftliklarning hammasidan ham topilaveradi. Masalan, G’.G’ulom
vafotining bir yilligi munosabati bilan yozilgan ―Nutq‖ she‘rida mana bunday
misralar bor:
Bu asrdan mangulikka yorliq olmoqqa
Yetmas ekan faqatgina she‘riy iste‘dod
Ma‘lumki, jamiyatda muayyan bir holatni tasdiqlash uchun tegishli tartibda
hujjat –yorliq olish zarur. Albatta, buning uchun kishidan ―yorliq‖ bilan
tasdiqlanayotgan holatga muvofiqlik talab etiladi. Jamiyat hayotidagi ushbu tartib
ko’chma ma‘noda ―G’afur G’ulom mangu yashaydi‖ degan fikrni ifodalaydi.
Ikkinchi tomondan, shoir bu yorliqni shiddatli XX asrdan oldi, uning talablari esa
ulkan, shoirlik iste‘dodining o’zi yetarli emas. Demak, metafora bu yerda
tavsiflanayotgan obyektning ahamiyatini to’laqonli ochib berish uchun xizmat
qiladi. Til metaforasi bilan poetik metafora tushunchalari farqlanishini e‘tiborga
olib, bunda asosiy e‘tibor poetik metaforalarga qaratildi. Adabiyotshunoslikka oid
tadqiqotlarda, xususan, maxsus lug’at va o’quv adabiyotlarida metaforalar tasnifiga
yetarli e‘tibor berilmaydi. Aksar metafora-jonlantirish va metafora-
predmetlashtirish turlariga to’xtalib, bundan boshqacha tasniflar ham bo’lishi
mumkin, lekin buning u qadar muhim emasligi ta‘kidlab qo’yiladi. Haqiqatda esa,
metaforaning turlari bir-biridan ta‘sir kuchi, voqelanish mexanizmi, funksiyasi
kabi jihatlardan sezilarli farqlanadi.
Ingliz tilidagi metaforalar juda ham ko’plab adabiy kitoblarda, og’zaki va yozma
nutqda ishlatiladiki, ular xalq tiliga allaqachon ommalashib olgan.
Time is a thief.
He has a heart of gold.
His head was spinning with ideas.
John is a real pig when he eats.
Authority is a chair, it needs legs to stand up.
Her home was a prison.
30
Life is a journey, purposes are destinations, means are routes, difficulties are
obstacles, counselors are guides, achievements are landmarks and choices are
crossroads.
The new movie was very popular. People flocked to see it.
It is raining cats and dogs. Life has a tendency to come back and bite you.
It wasn't long before their relationship turned sour.
Harry lost his job after a heated argument with his boss.
The committee shot her ideas down one by one.
America is a melting pot.
He swam in the sea of diamonds.
You are my sunshine.
A light in a sea of darkness
He is my East and my West, my compass
The policeman let him off with a yellow card.
He was dressed rather vulgarly in a loud checked suit.
The new car's sexy design increased sales for the company.
A lifetime is a day, death is sleep; a lifetime is a year, death is winter.
Your love is an ocean
Life is a mere dream, a fleeting shadow on a cloudy day.
The private detective dug up enough evidence to convince the police to act.
The noise is music to her ears.
My father is a rock.
I'm not an angel, but I wouldn't behave like that.
How could she marry a snake like that!
Reading that book kindled my interest in politics.
He broke into her conversation.
31
Metafora-jonlantirish jonsiz narsa-hodisalarga insonga xos xususiyatlarni,
metafora-predmetlashtirish esa tashqi olamdagi narsa- hodislarga xos xususiyatlar
ichki olam hodisalariga – ma‘naviy-ruhiy tushunchalarga ko’chirilishini nazarda
tutadi. Masalan, ―Yana keldi erkatoy ko’klam deyilganda bahorga munosabati
yaqqol ifodalanadiki, bu poetik metaforaga xos ekspressivlikdir. Yoki qish bo’yi
bahorni intiq kutgan lirik qahramon ―Har nechuk qish faslin tund diydoridan. Jajji
kapalakning vasli shirinroq‖ satridagi ekspressivlik o’quvchini shoirga hamfikr
etadi. Sabab ekspressivlikning o’zigina emas, topib, original tarzda aytilgani
hamdir. Chunki aslida ―tund diydor‖ degani insonga xos: hayotda istasang-
istamasang ―tund diydor odamlar bilan ham muomalada bo’lamiz, ya‘ni shu
majburiyatdan xalos bo’lgan chog’dagi kayfiyat hammaga tanish. Shoir shu
kayfiyat bilan qishdan bahorga chiqish chog’idagi kayfiyat orasida o’xshashlikni
kashf etadi, ya‘ni qiyosning o’zi original va shu narsa ifodani ta‘sirli etadi.
Metafora-predmetlashtirish metafora-jonlantirishga nisbatan siyrak uchraydi,
lekin badiiy samarasi undan kam emas. A.Oripov Darband daryosiga xitoban
―Yurakda sen ijod hissini chertding‖ deydi. Bundam ―his‖ni ―tor‖ga yashirin
o’xshatish bor: his predmet sifatini oladi.
Xuddi shu qiyos misraning metaforik ma‘nosini yuzaga chiqaradi: tor
chertildi – yurak kuylay boshladi, ya‘ni daryo qalbga ilhom bag’ishladi.
Metaforaning bu turi badiiy obrazning muhim sharti bo’lgan konkret-hissiy ifodani
ta‘minlaydi. Negaki, inson ichki olamiga taalluqli tushunchalar – abstract
tushunchalar, predmetlashtirish ularni konkret-hissiy idrok qilishga yordam beradi.
Kuzatishlarimiz A.Oripov she‘riyatida qiyos obyektlari va ma‘no ko’chish
yo’nalishiga ko’ra metaforaning to’rt turi qo’llanganini ko’rsatadi:
1) insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsa-hodisalarga ko’chirish; 2) predmet
xususiyatini inson ruhiy olami bilan bog’liq yoki tashqi olamdagi abstrakt
tushunchalarga ko’chirish;
3) ma‘noni jonli narsadan jonli narsaga ko’chirish;
32
4) jonsiz predmetdan jonsiz predmetga ko’chirish asosida yuzaga keluvchi
metaforalar.
Metaforaning mazkur xillari qo’llanish faolligiga ko’ra bir xil emas, ularning
faolligi ro’yxatdagi tartibga mos keladi. Metafora- jonlantirish – eng faoli,
metafora-predmetlashtirish unga qaraganda sustroq. Bu ichki va tashqi olamni bir-
biriga qiyosan idrok etishga intilish. A.Oripov badiiy tafakkurida ustuvorligi bilan
izohlanib, ko’p jihatdan shoir shaxsi shakllangan muhit bilan bog’liqdir. Xalqning
jonli tiliga yaqinlik Abdulla Oripov uslubining o’ziga xos belgilaridandir. Jonli
tilga yaqin degani esa xalq turmush tarzi bilan yaqin degani bo’ladi, chunki ularni
bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Masalan, ―Go’zallikni yo’qlash‖ nomli she‘rida lirik
qahramon bir vaqtlar hammaning yuragiga o’t yoqqan go’zalning hozirgi ahvolini
mushohada etadi:
Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq,
Elkangdan yuk bo’lib bosibdi yillar.
Quralay ko’zlarda tubsiz bir charchoq,
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko’ngillar.
Xalqimizda ―yuk bosmoq‖ degani ―og’ir ahvolga tushib qolmoq‖, ―og’ir
dardga chalinmoq kabi ma‘nolarni anglatib, qadimdan keluvchi ishonch-e‘tiqodlar
bilan bog’lanadi. Xuddi shu tushuncha she‘rda umridap ko’p qiyinchiliklar ko’rgan
va yoshlik tarovatini ancha tez yo’qotgan ayolga nisbatan ishlatiladi, ya‘ni inson
umriga ko’chiriladi. Bundan tashqari, ―elkadan yuk bosishi‖ degani real holatda
adl qomatni egadi, xuddi shu narsa she‘rdagi ―yoshlik - keksalik‖ ziddiyatini
kuchaytiradi hamda ―ajin‖, ―soch oqi‖, ―ko’zlardagi tubsiz charchoq‖ bilan
uyg’unlashadi.
A.Oripov o’z she‘rlarida sifatdosh oboroti bilan ifodalangan metaforalardan
ham mohirona foydalangan. Masalan, shoirning ―Seni ona dedim...nomli she‘rida
metafora sifatdosh oboroti bilan ifodalangan. Unda, garchi ko’chma ma‘no asosi
so’z bo’lsa ham, ko’zlangan metaforik ma‘no o’sha sifatdoshli birikma butunligida
yuzaga chiqadi. Shunday satrlarni o’qiymiz:
33
Hech vaqt unutilmas, o’sha qirg’in choq
Zafarga chorlagan nurli timsoling.
Reyxstag ustiga tikilgan bayroq
Asli sen silkitib qolgan ro’moling.
Shoir ushbu to’rt misrada ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabadagi
ayollar hissasini yuksak mahorat bilan umumlashtirib, obrazli ifoda etolganini
ta‘kidlash lozim. Bu ifodada esa oxirgi ikki misradagi ―bayroq – ro’mol qiyosi
asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin shu ikki so’z o’z holicha shoir ifodalagan ma‘noni
bermaydi. Zero, gap umuman bayroq haqida emas, ―Reyxstag ustiga tikilgan‖
bayroq haqida; umuman ro’mol haqida emas, ayollarimiz farzandlari, aka-ukalari,
yorlarini frontga uzatayotib ―silkitb qolgan" ro’mol haqidadir. Shuning uchun
ham sifatdoshli birikma yaxlit butunlikni tashkil qiladi va shu butunlikgina shoir
yetkazmoqchi bo’lgan mazmunni ifodalaydi. D.Quronov ko’chimlar ishlatilish
faolligi, badiiy bo’yoqdorligi, ta‘sirchanlik darajasi kabi jihatlardan bir-biridan
jiddiy farqlanishini aytib, bu jihatdan 1) til hodisavlariga aylangan ko’chimlar; 2)
an‘anaviy tarzda ishlatiluvchi ko’chimlar va 3) xususiy-muallif ko’chimlarini
ajratadi.
Mazkur tasnif nuqtayi nazaridan qarasak, A.Oripov ijodida ularning hammasi
ham uchrashi tabiiy. Chunki til hodisasiga aylanib bo’lgan metaforalarni shu til
egasi sifatida, an‘anaviy metaforalarni she‘riyatimizning ming yillik an‘analari
davomchisi o’laroq, individual-xususiy metaforalarni esa yorqin iste‘dod egasi
sifatida qo’llaydi. Albatta, Bu uchala guruhga mansub metaforalar hissiy
bo’yoqdorlik, estetik ta‘siri jihatidan teng emas. Ma‘lumki, badiiy matnga jalb
etilganida kundalik muloqotda ishlatiluvchi oddiygina so’zlar ham poetiklik kasb
etadi. Bu narsa lisoniy metaforalarga ham xos. Jumladan, tilimizda "umr o’tar"
jumlasi juda ko’p qo’llanadi, ko’p qo’llanaverganidan odatiy bo’lib ketgan. Balki,
uni til metaforasi deyish qiyindir, lekin shu maqomga yetib qolgani shubhasiz.
Unda ajoyib ma‘no nozikligi bor: go’yo ―inson yonidan tutqich bermay o’tib
boradigan narsa‖ haqida gap borayotgandek tuyuladi.
34
Ma‘lumki, ko’chimlarning eng keng qo’llanuvchi turi – metafora nutqda
ma‘lum stilistik maqsad uchun xizmat qiladi. So’zlarni metaforik ma‘noda
qo’llashning asosiy vazifasi nutqning obrazliligini, tasviriyligini oshirish bo’lsa,
shu obrazlilik va tasviriylik asosida matnda yuzaga keluvchi emotsional-
ekspressivlik konnotativ ma‘nodir. Demak, metaforik qo’llash konnotatsiyani
yuzaga chiqaruvchi vositalardan biri sifatida ahamiyatli. E.Vohidov ham nutqning
obrazliligini oshirishda metaforadan unumli foydalanadi. Metaforik qo’llashda
biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o’xshash tomoni boshqa bir
predmetga ko’chiriladi. Yuqorida ta`kidladiki, manbalarda metaforaning ikki turi
farqlanadi: lingvistik va xususiy-muallif metaforalar.
Lingvistik metaforalar obrazlilik, tasviriylikdan holi bo’lsa, xususiy-muallif
metaforalari ayni shu xususiyatlar asosiga quriladi. E.Vohidov xususiy metaforik
ko’chimlari bilan asarlarining badiiy qimmatini oshirishga muvaffaq bo’lgan.
Jumladan, shoirning metaforani hosil qilishda ot so’z turkumidan keng
foydalanadi. Masalan:
Bu ne dard – minbarga chiqqan beibo
Chiroylik yolg’onga qarsak urishlar.
Soxtalikning iliq muhiti aro
Yayrab ko’payadi manfur viruslar. (―Viruslar‖)
Bu misrada virus so’zi metaforik ma‘noda qo’llangan bo’lib, uning asl
ma‘nosi faqat tirik xujayralarda ko’payib, odam, xayvon, o’simliklarda yuqumli
kasalliklar qo’zg’atuvchi mikroorganizmdir. Shoir eng razil, jirkanch insonlar,
ya‘ni yulg’ichlar, shuhratparastlar mansabdor, loqayd shaxslarni viruslarga
o’xshatadi. She‘rning nomi ham ―Viruslar‖ deb ataladi. Shoir oddiy viruslarni
yo’q qilish mumkin, lekin manfur. Mudhish viruslarni quritib bo’lmasligini
uqtiradi:
Mansab savdosi ham klassik virus,
Kiritsa arziydi tibbiy darslikka.
Sharsimon virusni mumkin o’ldirish,
35
Chora yo’q yumaloq xudparastlikka.
Keyingi she‘riy parchaga e‘tibor bersak:
Muhabbat otashini
Hech qachon do’zaxga teng qilmam,
Nechunkim, menga nurli –
Tal‘ating jannat bilan tengdur (―Muhabbat birla...‖)
Mazkur misrada otash so’zi metaforik ma‘noda qo’llangan bo’lib, O’TILda
uning o’z ma‘nosi ―o’t, olov‖, ko’chma ma‘nosi esa ―dilni yondiradigan,
o’rtantiradigan harortli his-tuyg’u‖ tarzida izohlangan. Shoir muhabbat otashi
birikmasini ko’chma ma‘noda qo’llab, ijobiy munosabatni bildirgan. Uning do’zax
so’zi bilan zidlantirilishi she‘rning ta‘sirchanligini yanada oshirgan.
Oshiq o’lding, ey ko’ngil,
G’am lashkaridan ko’rqmagil,
Bari chopqu oldda, Erkin,
Ne uchun vahm alading? (―Kipriningdan o’q uzib...‖)
Bu she‘riy parchada esa g’am lashkari birikmasi metaforik ma‘noda
qo’llangan. G’am so’zi o’z ma‘nosida, lashkar so’zi esa ko’chma ma‘noda
berilgan. Ma‘lumki, lashkar so’zi juda ko’p askarlardan tashkil topgan qo’shin
ma‘nosini bildiradi. G’am lashkari birikmasi perifrastik metafora bo’lib, lashkar
so’zining semantik tarkibidagi ―son-saoqsiz‖ semasi oshiq ko’nglidagi g’am-alam
tuyg’usining cheksizligiga ishora qiladi.
“The Sun Rising” she’ridagi metaforani ko’rib chiqamiz. Shoir Jon Don bu
she’rida dunyodagi eng muhim narsa bu – quyosh ekanligiga urg’u bergan,
metaforalari quyoshni tarnnunm etgan, hattoki, uning o’zi hamda uning
sevgilisidan ham muhim yakkayu-yagona narsa bu quyoshdir.
"She is all states, and all princes, I.
Nothing else is.
Princes do but play us; compared to this,
All honour's mimic, all wealth alchemy."
36
Emili Dikensonning she’riyatida ham ko’plab metaforalarga duch kelishimiz
mumkin, u o’zining quyidagi she’rida umidni qushga qiyoslayapti. Umidning
qanotlari bor, u qalbga orom bag’ishlaydi kabi ma’noda metaforalar yordamida u
hayotdagi eng muhim tuyg’u - umidning so’ngmasligiga, insonlarni umid tirik
ushlab turishiga sha’ma qilgan go’yo.
"Hope is the thing with feathers
That perches in the soul,
And sings the tune without the words,
And never stops at all."
Hyuzning quyidagi sh’erida esa biz hayotda inson yo’lida uchrashi mumkin
bo’lgan qator qiyinchiliklarga qaramasdan u hayot uchun kurashi, orqaga
qaytmasligi zaruruligi uqtirib o’tilgan. Metaforalar yordamida shoir she’rni yanada
yorqinroq, kuchliroq qilishga erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |