K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbek tilshunosligi fani o’tgan davr mobaynida
ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Buni tilning barcha sathlari bilan bog’liq
muammolarning o’rtaga tashlanishi va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ham
ko’rsatib turibdi. Bunga ―matn tilshunosligi‖ deb ataluvchi tilshunoslik
yo’nalishining katta sur‘at bilan rivojlanib borayotganligini misol sifatida
ko’rsatish mumkin. Matn lingvistikasi tilshunoslikning alohida yo’nalishi sifatida
shakllandi va muttasil rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, "lingvopoetika" deb
ataluvchi matn lingvistikasining mustaqil sohasi tadqiqotchilar e‘tiborini ko’proq
tortmoqda. Lingvopoetikaning asosiy o’rganish obyekti - badiiy matn. Har
qanday matnning mazmunini tushunish uchun til leksikasi va grammatikasini bilish
yetarli bo’lsa, badiiy matnning mazmunini idrok etish uchun badiiy matnning
o’ziga xos lisoniy-poetik qonuniyatlarini ham bilish lozim bo’ladi.
Badiiy matnda leksik sathdagi ko’chim (trop)lar nihoyatda katta
ahamiyatga ega, ular badiiy mazmunni ifodalashda eng faol vositalardir. Ayniqsa,
ko’chimlar orasida metafora muhim va keng qo’llanuvchi vosita sifatida tilimizda
badiiy tasavvurlarining natijalari asosida yuzaga kelgan. Metaforalarning lisoniy,
mazmuniy va uslubiy xususiyatlari o’zbek tilshunosligida ancha keng o’rganilgan.
Tilda ilgari mavjud bo’lgan nomning muayyan o’xshashlik asosida yangi ma‘no
uchun qo’llanishi oddiy nominatsiya vazifasinigina bajarmaydi, balki
tinglovchiga ta‘sir etish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi hamda tilning ifoda
imkoniyatlarini kengaytiradi. Ana shunday ko’chimlardan biri metaforadir.
Metafora nominatsiya jarayonida muhim o’rin tutishiga qaramay, ko’proq badiiy
vosita sifatida adabiyotshunoslarning diqqatini jalb qilib keldi. Lekin har qanday
badiiy ifoda lingvistik vosita yordamida amalga oshiriladi. Shunday ekan, badiiy
nutq tarkibidagi ko’chimlar muayyan lingvistik qonuniyatlar asosida maydonga
keladi. Shuning uchun ham ular faqat adabiyotshunoslikninggina emas,
balki tilshunoslikning ham tekshirish obyekti sanaladi. Metafora
va
4
metonimiya masalasi bugungi kunda nafaqat filologiya, balki falsafa,
mantiq, germenevtika, psixologiya kabi qator gumanitar ilm sohalari tomonidan
ham o’rganilib, metaforaning mohiyati, strukturasi, xillari va ko’rinishlari borasida
yangi-yangi qarashlar paydo bo’ldiki, natijada ular erishgan yutuqlar asosida
tilshunoslikda ham bu masalani qayta ko’rish zarurati yuzaga keladi. Ana shu
masalalarni hal qilish bu mavzuning o’zbek tilshunosligi uchun dolzarb ekanligini
ko’rsatadi. Boshqa-boshqa tillar oilasiga tegishli bo’lgan ingliz va o’zbek
tillaridagi metaforalarning uslubiy xususiyatlarini o’zaro qiyosiy jihatdan tahlil
qilish esa bu tillardagi o’xshatishga oid yangi masalalar yoritilishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |