O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillari instituti


Metafora va unga yondosh hodisalarning amaliy qo’llanilishi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana29.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#74184
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 5467400716773492375

Metafora va unga yondosh hodisalarning amaliy qo’llanilishi 

Metaforaga  berilgan  ta‘rif  uning  tabiatini  ko’rsatib  bergan  bo’lsa-da, 

amalda  metaforani  ajratib  olish  ancha  qiyin.  Metaforaga  yondosh  va  o’xshash 

hodisalar anchagina bo’lib, ko’pincha ular metafora deb atalaveradi. Metaforaning 

yondosh  hodisalardan  farqi  uni  shu  xil  hodisalar  bilan  qiyosan  olib  o’rganganda 

ochiladi.  Shuning  uchun  biz  quyida  metaforaning  turli  yondosh  hodisalar  bilan 

munosabatini ko’rib chiqamiz.  

Metafora  va  ko‘p  ma’nolilik.  Metaforani  ko’p  ma‘nolilikni  yuzaga 

keltiruvchi  usullardan  biri  sifatida  baholash  an‘ana  tusiga  kirgan.  Bu  bahoga 

qanchalik  qo’shilish  yoki  qo’shilmaslik,  avvalo,  ko’p  ma‘nolilik  tushunchasini 

baholashni  talab  qiladi.  Ko’p  ma‘nolilik  ilmiy  tilshunoslikda,  shuningdek, 

polisemiya  va  polisememiya  atamalari  bilan  ham  belgilanadi.  Polisemiya  atamasi 

bir muncha keng tarqalgan bo’lib, masala mohiyatiga nazar tashlash bu atamaning 

o’zi belgilayotgan hodisa tabiati bilan mos kelavermasligini ko’rsatadi. Semalar  – 

ya‘ni mazmun sememaning eng kichik bo’laklari deyarli hamma so’zda ham ko’p 

bo’ladi.  Ko’p  ma‘nolilik  hodisasi  esa  semalarning  emas  sememalarning  ko’p 

bo’lishini  nazarda  tutadi.  Polisemiya  atamasining  bu  kamchiligini  sezib, 

Sh.Rahmatullaev polisememiya atamasini qo’llaydi va metaforani polisememiyani 




 

 

16 



yuzaga keltiruvchi vositalardan biri deb baholaydi. Polisememiya tildagi eng aktiv 

hodisalardan  biri  hisoblanadi.  Sh.Rahmatullaev  hozirgi  o’zbek  adabiy  tilidagi 

leksemalarning deyarli yarmi polisemantik ekanligini ta‘kidlaydi.  

Semema  so’zning  ma‘no  qismi  bo’lib,  unga  muayyan  ifoda  (shakl)  qismi 

mos  kelishi  kerak.  So’zning  yangi  semema  kasb  etishi  yangi  so’z  berishi  lozim. 

A.A.Potebnya  ana  shu  xususiyatga  e‘tibor  berib,  masalani  keskin  xal  etadi:  ―... 

ko’p ma‘nolilik yolg’on tushunchadir: qaerda ikkita ma‘no bor, o’sha yerda ikkita 

so’z bor.   

Albatta,  bu  fikrga  qo’shilish  qiyin.  Bunday  fikrlash  metaforik  qo’llangan 

so’zlarni  ham  yangi  so’z  deb  nomlashga  olib  kelgan  bo’lur  edi  va 

A.A.Potebnyaning o’zi shu xil yo’l tutadi. Ammo bu fikrda ayrim ratsional jihatlar 

ham yo’q emas. Agar sememani so’zning mohiyati, mazmuni deb olsak, mohiyat 

bir  nechta  bo’lmaydi.  Mohiyat  yagonadir.  Yangi  mohiyat,  u  naqadar  boshqasiga 

o’xshamasin,  yangi materiyadir.  To’g’ri, mohiyat  xilma-xil  ko’rinishga  ega bo’la 

oladi.  Biroq  bu  uning  serqirraligidan  darak  beradi,  xolos.  Uning  har  bir  qirrasini 

alohida  bir  mohiyat  deb  tushunish  emprizmga  xos  bo’lib,  nazariya  yaratuvchini 

mutlaqo  qoniqtirmaydi.  Bizningcha,  metafora  haqiqatan  ham  polisemiya 

(poliseme-miya)  ni  yuzaga  keltirishda  qatnashadi.  Biroq  polisememiya  –  bu 

metafora (yoki nom ko’chishning bir biror usuli) emas, yangi hodisadir. Metaforik 

va  nometaforik  so’zlarning  komponent  tahliliga  nazar  tashlasak,  buni  yaqqol 

ko’ramiz:  

Metaforik so’z: Bosh – 1) a‘zo;  

2) yuqorigi, birinchi;  

3) miya joylashgan qism;  

4) asosiy.  

Polisemik so’z: Turmoq – 1) harakat-holat  

a) tik holat;  

b) o’rinlashgan holat;  

g) o’rinlashmagan holat.  



 

 

17 



Har  ikki  so’zda  ham  to’rtta  sema  (shartli)  ajratiladi.  Farqi  shundaki,  bosh 

so’zning  semalari  alohida-alohida  ham  (metaforik  qo’llanganda),  hammasi  birga 

ham  (nometaforik)  yuzaga  chiqa  oladi.  Qiyoslang:  boshim  qattiq  og’riyapti  – 

nometaforik ifoda, hamma semalar birga yuzaga chiqadi. Ko’cha boshida paranjili 

ayol ko’rindi – metaforik ifoda, 2-sema yorqinlashgan, qolganlari xiralashgan. Aql 

yoshda  emas,  boshda  –  metaforik  ifoda  3-sema  yorqinlashgan.  So’zning  bosh 

ma‘nosi  ...  metaforik  ifodada  4-sema  yorqinlashgan.  Polisemantik  so’z  semalari 

esa bu xil  imkoniyatga ega emas, 1-sema bog’lovchi, umumlashtiruvchi bo’lib, u 1 

=  (v)  (yigit  daraxt  tagida  turibdi),  1=  (b)  (kitob  stolda  turgandi),  1  =  (v)  (qiz 

cho’chib  o’rnidan  turdi)  nisbatlarida  yuzaga  chiqishi  mumkin.  Asta-sekin  shu 

nisbatlardan biri uziladi va omonimiya vujudga keladi.  

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, metafora polisemiya shakllanishida rol 

o’ynaydi.  Biroq  polisememiya  shakllanishi  bilan  bu  ikki  hodisa  orasidagi 

bog’liqlik  uziladi.  Polisememiya  na  unisi  va  na  bunisining  ko’rinishi  yoki  turi 

emas. Metafora va vazifadoshlilik. Biror narsaning nomi boshqasiga ular bajargan 

vazifadagi o’xshashlik asosida ko’chirilishi funksional ko’chirish deyiladi (lotincha 

funktio  –  ―faoliyat,  ―vazifa‖).  Funksional  ko’chirish  ham  o’xshashlik  asosida 

bo’ladi.  Bu  jihatdan  u  metafora  yo’li  bilan  ko’chirishga  juda  yaqin  turadi.  Farqi 

shundaki, metafora yo’li bilan ko’chirishda predmetlar orasidagi tashqi ko’rinishi 

jihatidan,  material  jihatidan  o’xshashlik  asosga  olinsa,  funksional  ko’chirishda 

vazifa jihatidan o’xshashlik nazarda tutiladi. Masalan, qush tanasida uchish uchun 

xizmat  qiluvchi  a‘zo  qanot  deyiladi.  Shunga  o’xshash  vazifani  bajaruvchi  qism 

samolyotga nisbatan ham qanot deb nomlangan. Biz metaforaning asosida nomsiz 

narsada  mavjud  bo’lgan  motivlar,  metaforik  qo’llanuvchi  so’z  semalari  orasidagi 

mutanosiblik,  o’xshashlikni  ko’rgan  edik.  Bu  mutanosiblik  qanday  jihatlarni 

(rang,shakl,  vazifa  va  hokazo)  qamrab  olishi  ahamiyatsiz.  Shuningdek, 

mutanosiblik  bir  necha  jihatli  bo’lishi  ham  mumkin.  Sh.Rahmatullaev  ana  shu 

jihatni  ham  qayd  etadi:  ―Funksional  ko’chirishda  ko’pincha  shakliy  o’xshashlik 

ham qatnashadi.  



 

 

18 



Metafora  va  metonimiya.  Metonimiya  ham  nom  ko’chish  ususli  bo’lib, 

narsalar orasidagi obyektiv bog’liqlikka asoslanadi. Bog’liqlik asosidagi ko’chish 

bir necha xil bo’lishi mumkin:  

1. Narsa nomi  – shu narsa asosidagi boshqa bir narsa bir narsaga ko’chadi: 

Dasturxon  –  stolga  yoziladigan  mato  //  dasturxon  ishtaxamni  ochib  yubordi 

(dasturxondagi ovqatlar).  

  

2. Bir narsaning shu narsaga asoslangan o’lchov birligi nomi bo’lib xizmat 



qiladi: bosh, kalla – ―bosh‖ o’lchov birligi: ikki bosh uzum, bunda metafora ham 

qatnashadi – shakliy o’xshashlik bor.  Миртожиев М. Лингвистик метафоралар 

таснифи. // Ўзбек тили ва адабиѐти, 1973. № 4. – Б. 33-37.  

3. Bir narsaning nomi shu predmetdan hosil bo’ladigan predmetga ko’chadi: 

til (nutq a‘zosi), til (nutq).  

4.  Belgining  nomi  shunday  belgisi  bor  narsaga  ko’chiriladi  –  ko’k  (rang 

nomi) – ko’k (osmon)  

Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,  

Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.  

Cho’lpon. (―Go’zal)  

5.  Harakatning  nomi  shu  harakat  natijasida  hosil  bo’ladigan  narsaga 

ko’chiriladi: to’ymoq – to’y.  

Metonimiyaning  muayyan  ko’rinishi  –  sinekdoxa  butun  va  qism  orasidagi 

bog’liqlikni  nazarda  tutadi.  Metonimiya  va  metafora  orasidagi  farq  nom  ko’chish 

asoslaridadir.  Metaforaga  o’xshashlik,  metonimiyaga  bog’liqlik  asos  bo’ladi.  Bu 

eng asosiy farq bo’lib, o’xshashlik va bog’liqlik munosabatlari orasidagi tafovut bu 

farqni  yanada  kuchaytiradi.  Bu  tafovut  shundaki,  o’xshashlik  qaysidir  darajada 

erkin,  ya‘ni  subyekt  o’xshashlikni  ochadigina  emas.  Noo’xshash  narsalar  orasida 

mutanosiblikni  topish  qadimdan  iste‘dod  sanaladi.  Metaforada  qiyos  asosi 

nihoyatda  murakkab  bo’lishi  mumkin.  Yuqorida  ana  shunday  holatlar  haqida 

gapirib,  faqat  so’zning  semem  tarkibiga  suyanib turib  bu  xil metaforalarni  ochish 

qiyin  bo’lishi  haqida  gapirgan  edik.  Metonimiyada  esa  bog’liqlik  asos  bo’ladi. 




 

 

19 



Bog’liqlik obyektiv mavjud bo’lmasa, uni tiklab bo’lmaydi. Darhaqiqat, bog’liqlik 

(munosabati)  xususiyati  doimiy  bo’lib,  uni  hamma  tan  oladi  va  qayd  etadi. 

Ko’chaning  oldingi  qismini  nima  uchun  bosh  deb  atalishiga  umumtektologik-

mantiqiy  qonuniyatlar  ko’rsatish  qiyin.  Biroq  metonimiyaning  xususiy  ko’rinishi 

bo’lgan  sinekdoxa  –  butunni  qism,  qismni  butun  bilan  atash  asosini  kibernetika 

ham  tushuntirib  bera  oladi.  Chunki  kibernetikaning  asosiy  qonunlaridan  bo’lmish 

axborot nazariyasi bo’yicha har qanday butun qism haqida, har qanday qism butun 

haqida axborot tashiydi.  

Metafora  va  o‘xshatish.  Metafora  va  o’xshatish  orasidagi  munosabatga 

qarash ikki xil:  

1.  Metafora  –  qisqargan  o’xshatish,  ya‘ni  ular  orasida  farq  tashqi 

shakllanishidadir.  

2. Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan farq 

qiladi.  

1.  Metafora  –  qisqargan  o’xshatish.  Ya‘ni  ular  orasidagi  farq  shakl-

lanishdadir (Arastu, A.A.Potebnya).  

2. Metafora va o’xshatish o’zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan ham 

farq qiladi. (V.Veselovskiy, I.Kukina, M.Shteyn,). 22  

22 www. ziyonet.uz.  

Ayrim  olimlar  o’xshatishni  morfologik  yoki  lug’aviy  emas,  balki  sintaktik 

konstruksiya  deb  baholaydi.  Chunki  o’xshatish  uchun  bittagina  so’z  yoki  shakl 

kamlik  qiladi.  Lekin  shuni  hisobga  olish  kerakki,  har  qanday  lug’aviy  yoki 

morfologik  mohiyat  aynan  sintaktik  qurshovda  namoyon  bo’ladi.  Bu  mutlaqo 

ularni  mustaqil  mohiyat  sifatida  mavjud  emas  degan  xulosaga  olib  kelmasligi 

kerak.  N.Mahmudov,  A.Nurmonov  o’zbek  tilidagi  qiyosiy  tizimlar  uchun 

quyidagicha formula tuzadi: {A [V] V] S}. Bunda A – qiyos subyektining ramzi, V 

– qiyosning shakliy ko’rsatkichi, S – qiyos asosining ramzidir. Qiyoslang: Qovun 

asaldayin shirin, Qovun asldan shirin. Bunda qovun – A, asal – V, -day, -dan-V va 

shirin-S.  



 

 

20 



O’xshatish  va  metafora  orasida  shakliy  farqning  borligi  bunda  yaqqol 

ko’rinib turadi. Ya‘ni  o’xshatishda ishlatiluvchi  ―kabi‖, ―go’yo‖, ―xuddi‖,    ―-

dek‖  singari  unsurlar  metaforada  uchramaydi.23  Demak,  bu  yerda  sifat 

o’zgarishlarining miqdor o’zgarishlariga aylanish qonuni amal qiladi. Bu qonunni 

o’z  obyektimizga  tadbiq  etadigan  bo’lsak,  ―kabi‖,  ―go’yo‖,  ―-dek‖  va 

hokazolarning  tushib  qolishi  bilan  belgilanadigan  shakliy  farq,  o’z-o’zidan, 

mazmuniy  farqni  ham  keltirib  chiqarishi  tabiiy.  Mazmuniy  jihatdan  qanday  farq 

borligini  aniqlash  uchun  o’xshatish  va  metaforik  pozitsiyada  kelgan  so’zning 

semem tarkibini qiyoslash lozim.  

―Qirchang’i‖ so’zining semem tarkiga nazar tashlasak  

1) uy hayvoni;  

2) qari;  

3) kasalmand;  

4) yaroqsiz.  

O’xshatish: ―Shavlaev ... yaylovga qo’yvorilgan qirchang’idek, bosh 

ko’tarmay sandiroqlab yuraveradi‖ (A.Obidjon).  

Metafora: ―O’v qirchang’i, baxtingga quvonib o’tirmaysanmi?‖ (A.O.) 

O’xshatishda qirchang’i so’zining hamma semalari yuzaga chiqmoqda, metaforik 

qo’llanish esa 1- semada xiralashmoqda. Xiralashgan sema o’rnini mutanosib 

boshqa sema (bu sema tema tarkibidan olinadi) qoplaydi. Bu o’rinda – ―inson‖ 

(ayol) semasi. O’xshatish va metafora qo’llanishida sema tarkibi va shaklining bu 

xil farq qilinishi uslubiy jihatdan bu ikki tropni farqlaydi.24 O’xshatishda hamma 

semalarning yuzaga chiqishi mazmunan, o’xshatuvchi unsurlarning ishtirok etishi 

shaklan o’xshatilayotgan va o’xshayotgan narsani bir butun deb tasavvur qilishga 

to’siq bo’ladi. Metaforada esa go’yo bu chegara olinadi va ular bir butundek – 

bittadek tushuniladi.  

Quyidagi misolga e‘tibor qilaylik:  

Danakdek qulog’im  supra bo’lguncha yashab ... (A.Obidjon).  O’xshatishda 

(danakdek) quloqning har holda danak emasligi, danakka o’xshashligi sezilib tursa, 



 

 

21 



metaforada  (supra  bo’lguncha)  bu  xil  inkor  mavjud  emas.  Albatta  bu  shartli. 

So’zlovchi  quloqning  supra  bo’la  olmasligini  yaxshi  tushunadi.  Biroq  uslubiy 

maqsadlarda  bu  hodisani  ataylab  yashiradi.  Metaforaning  bu  xususiyati  (ikki 

hodisani  bir  butun  deb  bilish)  uning  qo’llanilishida  ham  o’ziga  xoslik  vujudga 

keltiradi. Ya‘ni metaforik qo’llangan so’z metaforik yo’nalgan so’zsiz ham yolg’iz 

kela oladi. Masalan, Stadionda yana ―haya-haya‖ boshlandi.  

Hayda, xo’roz (A.Obidjon).  

O’xshatishda  bu  xil  imkoniyat  nihoyatda  chegaralangan.  O’xshayotgan  va 

o’xshatilayotgan narsani bildiruvchi so’zlar muntazam sintagmatik aloqada turadi: 

Futbolchilarimiz  shapaloqdek  mamlakat  –  Belgiya  komandasiga  yutqazib 

qo’yishdi (A.Obidjon).  

Danakdek qulog’im supra bo’lguncha yashab ...   Yuqoridagilarni xulosalab 

shuni aytish mumkinki, o’xshatish va metafora bir-biriga juda yaqin keladi. Ammo 

bir  necha  jihatdan  farq  qiladi.    1.  Shaklan:  O’xshatishda  –dek,  -day,  go’yo  kabi 

unsurlar qatnashadi, metaforada esa qatnashmaydi.  

2.  Mazmunan:  O’xshatishda  o’xshatilayotgan  va  o’xshayotgan  narsa  bir-

biridan alohidaligi ko’rinib turadi, metaforada esa bir butun deb tasavvur qilinadi.  

3. Usluban: O’xshatishda ifoda vositasi so’zning to’liq semalarini saqlaydi, 

metaforada esa saqlanmaydi.  

4.  Yo’nalishi  –  O’xshatish  gorizontal  yo’nalishni  nazarda  tutadi.  Oltindek 

bosh,  danakdek  quloq.  Metafora  esa  vertikal  yo’nalishga  asoslanadi.  Bosh  emas, 

oltin  qimmatli  narsa,  demak,  metafora  nimanidir  nomlaydi,  o’xshatish  esa 

sifatlaydi.  Metafora  va  epitet.  D.Xo’jayeva  epitetlarni  metaforadan  farqlashga 

harakat  qilib,  quyidagilarni  yozadi:  ―Ko’pincha  adabiyotshunoslik  va 

tilshunoslikka    doir  adabiyotlarda  oltin  barg,  sher  yigit  kabi  birikmalardagi  oltin, 

sher so’zlarida sodir bo’lgan ma‘no o’zgarishini ba‘zan metafora deb, ba‘zan epitet 

deb talqin etiladi. Biroq epitet aynan metafora bo’lmaganidek, epitet metaforaning 

ayrim ko’rinishi ham emas.  




 

 

22 



I.Shukurov  bu  ikki  hodisa  o’rtasidagi  farqi  leksemalarning  semik  tuzilishi 

asosida  ko’rsatib  beradi.  Uning  ta‘kidlashicha,  sher  leksemasining  semik 

strukturasi  ―kuchli,  ―dovyurak,  ―xayvon  semalaridan  iborat.  Agar  shu 

leksemaning  muayyan  kontekstda  semantik  strukturasidagi  semalarida  o’zgarish 

sodir  bo’lsa,  yangi  ma‘no  kasb  etadi  va  metafora  ro’y  beradi.  Masalan,  Qani, 

sherlar olg‘a!  ...  (H.Olimjon).  Bu gapdagi  sher  leksemasida ―kuchli,―dovyurak 

semalari  saqlanib,  ―hayvon  semasi  o’rniga  ―odam  semasi  qo’shilgan.  Ana  shu 

o’zgarish  metaforaga  sabchi  bo’lgan.  Sher  yigit  birikmasida  esa  dastlabki  ikki 

sema  ―kuchli,  ―dovyurak‖  semalari  bilan  qo’llangan.  Uchinchi  sema  tushib 

qolgan. Yangi sema vujudga kelgan emas. Shuning uchun u metafora emas, balki 

epitetdir. Shunday qilib, metaforada yangi sema mavjud bo’lib, ma‘noda o’rganish 

ro’y  beradi.  Epitetda  esa  ma‘no  tuzilishidagi  ayrim  semalargina  yuzaga  chiqadi. 

D.Xo’jaeva ―... metaforada yangi sema yuzaga kelganligi uchun ma‘no o’zgaradi, 

epitetda ma‘no semalarining ayrimlarigina yuzaga chiqadi‖ deb hisoblaydi.  

Qani,  sherlar,  olg’a  hamon,  g’alaba  tomon  (H.Olimjon)  (Misol  D.Xo’jaevadan 

olindi) gapida ―sherlar‖ so’zini ―dovyuraklar, kuchlilar‖ so’zi bilan almashtirish 

mumkin, mumkingina emas, tabiiy ham. Bizningcha, yangi sema hosil bo’lishi har 

ikkala holat uchun ham xos emas. Chunki yangi sema hosil bo’lsa, yangi so’z hosil 

bo’ladi.  Yangi  sema  so’z  semantikasini  o’zgartiradi.  Metafora so’z  semantikasini 

o’zgartirmaydi, aksincha ta‘sir ko’rsatadi.  

Yuqorida ta‘kilab o’tildiki, metafora haqida ko’plab ilmiy asarlar yaratilgan. 

Ularning  aksariyatida  metaforaning  asosiy  mohiyatini  o’xshatish,  qiyoslashdan 

iborat  mantiqiy  amal  tashkil  etishi  aytilgan.  Aristotel  o’zining  «Ritorika»  asarida 

metafora  bilan  o’xshatish  o’rtasida  katta  farq  yo’qligini,  yaxshi  o’xshatishni 

osonlik  bilan  metaforaga  aylantirish  mumkinligini,  ularning  mohiyatida  yaqinlik 

mavjudligini  ta‘kidlaydi.  Yunon  faylasufi  aytadiki,  agar  shoir  Axill  haqida  «U 

sherdek  tashlandi»  desa,  bu  yerda  o’xshatish  voqe  bo’ladi,  agar  shoir  shu 

qahramon haqida «Sher tashlandi» desa, metafora yuzaga keladi.  




 

 

23 



Metaforaning  ana  shunday  mohiyatini  inobatga  olgan  holda  prof.  R.Qo’n-

g’urov  «O’zbek  tilining  tasviriy  vositalari»  kitobida  mana  bunday  deb  yozgan: 

«Metaforani  yashirin  o’xshatish  deyish  ham  mumkin.  Ammo  u  oddiy  qiyosdan 

farq  qiladi.  Agar  oddiy  qiyos  ham  doim  asosiy  ikki  a‘zodan  tashkil  topsa  (ya‘ni 

nima  qiyos  qilinadi,  nima  bilan  qiyos  qilinadi  —  qiyos  qilinuvchi  va  qiyos 

qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a‘zo — o’xshatilgan narsa qoladi, 

o’xshagan  narsa  tushiriladi,  lekin  u  kontekstdan  ochiq  sezilib  turadi,  demak, 

metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a‘zo orqali idrok qilinadi». 

Bu fikrga qo’shilgan holda, shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan, 

bizningcha,  metaforani  «yashirin  o’xshatish»  deb  emas,  balki  «qisqartirilgan 

o’xshatish»  deb  qarash  maqsadga  muvofiqroq  ko’rinadi.  Chunki  metaforada 

o’xshatishning  to’rtta  uzvidan  uchtasi  (o’xshatish  sub‘ekti,  o’xshatish  asosi, 

o’xshatishning shakliy ko’rsatkichi) qisqartirilib, faqat o’xshatish etalonining o’zi 

saqlab  qolinadi.25  Metafora  bevosita  ana  shu  o’xshatish  etalonida,  yanayam 

to’g’rirog’i, metaforik ko’chma ma‘no o’xshatish etaloni o’rnidagi so’zning ma‘no 

tarkibida yuzaga keladi.  

O’xshatish  asosidagi  belgi  yoki  harakat-holatni,  shuningdek,  o’xshatish 

subyektini  ifodalagan  va  qisqartirilgan  so’zlarning  ma‘nolarini  ayni  o’xshatish 

etaloni o’ziga xos tarzda o’z ustiga oladi. Ana shu jarayonlar natijasida nutqda so’z 

semantikasida obrazlilikka juda ham boy ko’chma ma‘no yuzaga chiqadi. Metafora 

narsa-buyum, 

voqea-hodisalar, 

belgilar  o’rtasidagi  o’zaro  o’xshashlikka 

asoslangan  ma‘no  ko’chishi,  ya‘ni  metafora  ko’chma  ma‘no  hosil  qilishning  eng 

keng  tarqalgan  usullaridan  biridir.  U  mumtoz  adabiyotshunos-ligimizda  "istiora" 

deb  ham  yuritiladi.  Matnga  lingvopoetik  yondashuvda  lisoniy  va  xususiy-muallif 

metaforalarini farqlash maqsadga muvofiq. Lisoniy metaforalar til taraqqiyoti bilan 

bog’liq  hodisa  hisoblanadi,  ular  tilda  uzuallik  kasb  etib  bo’lgan.  Shuning  uchun 

ham  tadqiqotchilar  to’g’ri  ta‘kidlaganlaridek,  "bunday  metaforalar,  asosan,  atash, 

nomlash  vazifasini  bajarganligi  uchun  ularda  uslubiy  bo’yoq,  ekspressivlik, 

binobarin,  ular  ifodalagan  nutq  predmetiga  nisbatan  subyektiv  munosabat  aks 



 

 

24 



etmaydi".  Faqatgina  ma‘lum  bir  so’zning  ma‘no  doirasi  kengayadi  hamda  yangi 

tushunchalarni atash uchun xizmat  qiladi.  Masalan: odamning oyog’i  — stolning 

oyog’i,  odamning  ko’zi  —  uzukning  ko’zi,  ko’ylakning  etagi  —  tog’ning  etagi 

kabi.  Demak,  lisoniy  metaforalar  lingvopoetik  nuqtayi  nazardan  jiddiy  qimmatga 

ega emas.  

Xususiy-muallif  metaforalari  esa  yangi  va  okkazional,  kutilmagan  bo’ladi. 

Ularni  yozuvchining  o’zi  estetik  maqsad,  ya‘ni  borliqni  subyektiv  munosabatini 

ham  qo’shib  obrazli  ifodalab  nomlash  asosida  yaratadi.  Ular  uslubiy  jihatdan 

bo’yoqdorlikka  va  voqelikni  obrazli  tasvirlash  xususiyatiga  ega  bo’ladi.  Shuning 

uchun  ham  badiiy  matnda  qahramonning  his-tuyg’ularini  ta‘sirchan,  yorqin 

bo’yoqlarda,  aniq  va  ixcham  ifodalashga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  ham 

bunday  metaforalar  badiiy  matnning  lingvopoetik  tahlilida  favqulodda  muhim 

o’rin tutadi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma‘no aniq holda 

ifodalanadi.  Ayrim  tadqiqotchilar  ot,  eshak,  qo’y,  it,  bo’ri,  tulki,  yo’lbars, 

boyo’g’li,  musicha,  burgut,  lochin,  qaldirg’och,  bulbul  kabi  so’zlar  ko’chma 

ma‘nolarda  keng  qo’llanishini  aytib,  shunday  mulohaza  bildiradilar:  ―Otning 

baquvvatligi,  eshakning  aqlsizligi,  qo’yning  yuvoshligi,  itning  vafodorligi, 

mushukning  epchilligi, tulkining  ayyorligi, burgutning  changallashdagi kuchliligi, 

lochinning  ko’zi  o’tkirligi  kabi  tipik  xususiyatlari  boshqa  predmetlarga  nisbatan 

metaforik  usulda  ko’chiriladi,  natijada  konnotativ  ma‘no  yuzaga  keladi  hamda 

matnning  ta‘sirchanligi  oshadi.  To’g’ri,  bunday  metaforalar  asosidagi  ko’chma 

ma‘nolar,  albatta,  konnotativ  ma‘noga  ega,  shuning  uchun  matnning 

ta‘sirchanligiga  yordam  beradi.  Lekin  ular  an‘anaviy  metaforalardir,  xususiy-

muallif  metaforalari  emas,  ya‘ni  ko’p  qo’llangan,  yangi,  original  emas.  Shunga 

ko’ra  ularning  badiiy  matndagi  lingvopoetik  salmoq  darajasi  xususiy-muallif 

metaforalariga  qaraganda  ancha  pastdir.  Masalan,  buqlamun  so’zining  metaforik 

ko’chma  ma‘nosi  "o’zgaruvchan  (odam)"  demakdir,  bu  ma‘no  lug’atlarda  ham 

qayd  etilgan.  Ayni  ma‘no  tarkibida  konnotativlik  bor,  shuning  uchun  buqalamun 

bilan  uchrashuv  (S.Ahmad.)  birikmasidagi  ifoda  ta‘sirli.  Lekin  bu  ma‘noning 



 

 

25 



yuzaga  kelishi  yozuvchiga bog’liq  emas,  u  oldindan  ma‘lum.  Yangi,  kutilmagan, 

ijodkorning o’ziga xos metaforalar badiiy matnda kuchli darajada poetik ta‘kidga 

ega  bo’ladi.  Aytaylik,  yozuvchi  tomonidan  yaratilgan  kelinlar  ko’zg’oloni 

(S.Ahmad.)  birikmasidagi  qo’zg’olon  so’zida  yuzaga  kelgan  metaforaning  poetik 

kuchi 

oldingidan 



ortiq. 

Shuning 


uchun 

ham 


aynan 

xususiy-muallif 

metaforalarining  poetik  salmog’i  jiddiydir.  Metaforalarning  odatiy,  sinestetik 

metaforalar  va  jonlantirish  tarzida  tilshunoslikda  farqlanadigan  barcha  turlari 

badiiy  matnda  ijodkor  mahorati  bilan  o’ziga  xos  tarzda  yaratiladi  va  kuchli 

darajada  poetik  aktuallashadi,  badiiy  mazmunning  ifodalanishida  faol  ishtirok 

etadi.  

Ijodkorning o’zi tomonidan yaratilgan odatiy metaforalar juda to’q obrazli 

badiiy ma‘nolarni yuzaga keltiradi. Masalan:  

Qaqragan lablarda olovli nafas  

Kechalar kechmishin ayladi ko’mir.  

Parishon sochlari yor ko’ksi emas,  

Parchadagi kechmish, ko’mir, parishon so’zlari betakror bir tarzda metaforik 

qo’llangan.  She‘rdagi  yaxlit  badiiy  mazmunning  tugal  ifodalanishida  bu 

so’zlardagi  metaforalar  badiiy  ustunlar  vazifasini  bajargan.  Hatto  bu  metaforalar 

tufayli reallashayotgan badiiy ma‘nolarni konkret so’zlar vositasida tavsiflash ham 

mushkul.  

Quyidagi misollarda ham ana shunday metaforalarni kuzatish mumkin:  

Ko’z uchida qaraysiz, ko’z uchida...  

Yulduzchalar cho’kib yotar dil burjida.  

Oy aylanar koinotning kulgichida,  

Yurak erir qallig’imning hovuchida... (I.M.).  

Mana, ustunlarga o’ralar shamol,  

Mana, suv yuziga toshadi sepkil (I.M.).  

Buncha ham qattiq ekan,  

Qismatning bolishlari (S.Sayyid).  




 

 

26 



Chiqing, begim, ko’nglingizni chegalab beray,  

Ko’nglingizni  bering,  begim,  chegalab  beray  (I.M.).  Metafora  (metaforik 

qo’langan  so’z)ning  sintaktik  imkoniyatlari  borasida  fikrlash  ikki  tomonlama 

borishi lozim:  

1. Sintaktik bog’lanish xususiyatlari.  

2. Sintaktik pozitsiya xususiyatlari.  

Birinchi  jihat  metaforik  qo’llanish  natijasida  so’zning  bog’lanishi  (valentlik) 

darajasining  o’zgarishini  nazarda  tutadi.  Masalan,  ―Oltin‖  so’zining  sememasi 

quyidagi semalardan tuzilgan:  

1) metal; 2) qimmatbaho;  

3) ijtimoiy qimmatli; 4) sariq.  

Ikkinchi  semaning  yorqinlashuvi  oltin  bosh,  oltin  qo’l,  oq  oltin,  qora  oltin 

birikmalarida,  3-4  semalarning  yorqinlashuvi  oltin  soch  kabi  birikmalarning  kira 

olish  imkonini  bermoqda.  Aslida  ―oltin‖  so’zi  o’z  ma‘nosida  bu  xil  valentlikka 

ega  bo’la  olmasdi.  Demak,  metaforik  qo’llanish  so’zning.  sintaktik-sintagmatik 

bog’lanish imkonini kengaytirar ekan. Xulosa qilib aytganda, metaforik qo’llanish 

so’zning  sintaktik  bog’lanish  imkoniyatiga  (valentligiga)  ta‘sir  etadi.  Biroq 

so’zning ko’chma ma‘noda qo’llanilishi uchun uni muayyan sintaktik pozitsiyaga 

xoslab bo’lmaydi. Tilshunoslikning uzoq asrlik tarixi, aftidan, endigi kunda ushbu 

hodisa ham kam o’rganilgan deyilishga asos qoldirmadi. Darhaqiqat, qaysi sohaga 

qo’l  urilmasin,  bu  borada  qilingan  yuzlab  arzirli  kuzatishlar  va  ilmiy  xulosalar, 

yana  ham  ko’proq  amaliy  kuzatish  natijalariga  duch  kelamiz.  Metafora  borasida 

ham shu fikrni aytish mumkin. Metafora bo’yicha qilingan kuzatishlarning asosiy 

qismi  uni nutqiy  hodisa sifatida  baholaydi. Ammo  har  qanday  nutqiy  hodisa kabi 

metafora ham o’z umumiyligiga, sabab-mohiyatiga egaligi shubhasiz.  

Metafora  asos  bo’lgan  o’xshatish  metaforani  tushunish  darajasiga  ta‘sir 

ko’rsatadi:  metafora  o’xshatish  ochiq  bo’lganda,  tushunarli,  o’xshatish  hosil 

qilinganda – tushunarsiz, o’xshatish yo’qolganda sezilarsiz bo’ladi. Metafora amal 

qiluvchi sohani aniqlashda biz ayrim  mualliflar tomonidan qo’yilgan turli uslubiy 



 

 

27 



to’siqlarni  olib  tashladik.  Metafora,  usluban  qat‘iy  nazar,  hamma  nutqiy 

ko’rinishlarda  ham  amal  qilaveradi.  Chunki  metaforaning  vazifasi  nomlash, 

nomlashdan  turlicha maqsad  bo’lishi  mumkin,  albatta.  Masalan,  biror  xil  uslubiy 

bo’yoq  berish,  yoki  shunchaki  nomsiz,  notanish,  noaniq  narsaga  nom  berish. 

Keyingi  holat  har  qanday  uslubga  xos  nutqda  yuzaga  chiqa  oladi.  Metafora  juda 

keng  miqyosli  hodisa  bo’lib,  metaforik  qo’llangan  so’z  sintaktik-stilistik 

chegaralarni bilmaydi.  

Metafora  –  lirik  subyekt  kayfiyatini  berish,  emotsional  tonallikni 

belgilashning  tengsiz  vositasi.  Buni  A.Oripovning  quyidagi  she‘ri  misolida 

ko’rsatildi:  

Osmon ufqlarga separ kul rangin,  

Bulutlar chopadi, xorg’in beega.  Havo nega muncha ma‘yus,  

Havo nega muncha g’amgin:  

Oh, men sendan ajraldim nega!  

She‘r  g’amgin,  elegik  ruh  bilan  yo’g’rilgan,  buning  ilk  misradayoq  ifoda 

topgani  o’quvchini  she‘rni  qabul  qilishga  emotsional  jihatdan  tayyorlaydi. 

She‘rdagi  kayfiyat  asosini  yo’qotish  iztirobi,  aza  ruhi  tashkil  qiladi.  Agar 

o’tmishda  ayollarning  azada  boshlaridan  kul  sochish  urfi  bo’lgani  eslansa, 

―osmon  ufqlarga  separ  kul  rangin‖  metaforasining  ildizlari  ko’zga  tashlanadi. 

Demak,  ilk  satrni  o’qigandayoq  aza  ruhini  his  qilishimiz  bejiz  emas,  osmonning 

ufqlarga  kul  rangini  sochishi  bilan  momolarning  azada  boshlariga  kul  sochishi 

o’rtasidagi analogiyalar buning asosidir. To’g’ri, o’quvchi bu tafsilotni bilmasligi 

ham  mumkin,  lekin  anglanmagan  tarzda  ham  o’sha  ruhni  his  qilaveradi.  Zero, 

inson  ongida  suyak  surib  asrlardan  o’tib  keluvchi  tarixiy  xotira  yashaydi  va 

anglangan yo anglanmaganligidan qat‘i nazar, uning tafakkur tarziga ta‘sir qiladi. 

Metafora mohiyatan yashirin o’xshashtish bo’lib, unga o’xshatilayotgan narsa tilga 

olinmagani holda, uning ma‘nosini o’xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, 

uning  ma‘nosini  o’xshayotgan  narsa  (ya‘ni  uni  ifodalayotgan  so’z)  bildiradi. 

Albatta,  bu o’rinda o’xshatilayotgan narsa-hodisalarning  aynan  o’xshashligi talab 



 

 

28 



qilinmaydi, balki ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi. 

―Adabiyot, she‘riyat obrazlilik bilan tirikdir. She‘riyatda samimiyat ham bo’lishi 

kerak.  Shundagina  u  bir  umr  esda  qoladi‖.  Shoir  she‘riyat  oldiga  ikkita  asosiy 

talabni qo’yadi: obrazlilik va samimiylik. Bularning birinchisi poeziyaning tabiati 

bilan, ikkinchisi esa ijodkor shaxs – shoir tabiati bilan bog’liqdir. Badiiy obrazning 

materiali bir tomondan real voqelik, ikkinchi tomondan ijodkor shaxsidir. Metafora 

(hatto  uning  eng  oddiy  ko’chim  darajasidagi  ko’rinishi  ham)  obraz  ekanligini 

e‘tiborda  tutsak,  bu  gap  unga  ham  to’la  tegishli.  Arastu  yaxshi  metafora  yarata 

olish,  o’xshashlikni  ko’ra  olish  iste‘dodning  belgisi  deb  bejiz  aytmagan.  Chunki 

o’xshashlik voqelikda mavjud bo’lsa, uni ko’ra olish ijodkor shaxsi bilan bog’liq, 

yaxshi  metafora  esa  shu  ikkisining  hamjihatligi  yaratiladi.  A.Oripovning  ilk 

ijodidagi lirik qahramon – atrofga shoirona o’tkir nigoh bilan boqib, undan hikmat 

uqayotgan odam. Shoir tabiat bilan inson, uning o’y-hislari, quvonch-tashvishlari, 

kayfiyati orasida o’xshashliklar topadi va ular yordamida dilidagini izhor qilishga 

intiladi.  U  ilk  mashqlaridanoq  oddiygina  izhor  emas,  poetik  izhorga,  obrazli 

ifodaga  harakat  qiladi.  Albatta,  oilasida  hukm  surgan  adabiyotga  alohida  mehr 

uning  shoir  sifatida  shakllanishida  muhim  omil  bo’lgan.  Lekin,  bizningcha, 

A.Oripovning ulkan so’z san‘atkori bo’lib yetishishida tug’ma iste‘dodi bilan birga 

bolaligi o’tgan joylar tabiatining ham ulkan xizmati bor. Shoir o’zi aytgan gaplar, 

bir qator she‘rlar (―Yulduzlar, ―Bahor) tahlili orqali tabiat uning uchun obrazli 

ifodaning birlamchi manbasi bo’lib xizmat qilgan. A.Oripov: ―Tabiat ona bo’lsa, 

jamiyat  otadir!  Katta  ma‘nodagi  kurashlar,  dolg’alar  kishini  tabiatning  qo’ynidan 

olib  kelib,  jamiyat  orasiga tashlaydi‖,  -  deydi.  Shunga  mos  ravishda  she‘rlaridagi 

tabiat  bilan  birlik  hissi  va  uning  go’zalligidan  tug’iluvchi  zavq,  yoshlik  shavqi, 

ishq sururiyu hijron azoblari o’rnini ijtimoiy dard egallaydi. Agar shoir ijodining 

ilk  bosqichida  ichki  olami  bilan  tashqi  olam  (tabiat)  orasidagi  o’xshashliklarga 

tayangan  bo’lsa,  hayotga  chuqurroq  kirib  borgani  sari o’xshashliklar doirasi ham 

kengayib boradi. Zero, borliqda mohiyatan bir-biriga o’xshash nuqtalar ―o’tmish 

–  hozir‖,  ―tabiat  –  jamiyat‖,  ―inson  –nabotot‖,  ―inson  –  hayvonot‖,  ―inson  – 



 

 

29 



hodisa‖  kabi  juftliklarning  hammasidan  ham  topilaveradi.  Masalan,  G’.G’ulom 

vafotining  bir  yilligi  munosabati  bilan  yozilgan  ―Nutq‖  she‘rida  mana  bunday 

misralar bor:  

Bu asrdan mangulikka yorliq olmoqqa  

Yetmas ekan faqatgina she‘riy iste‘dod  

Ma‘lumki, jamiyatda muayyan bir holatni tasdiqlash uchun tegishli tartibda 

hujjat  –yorliq  olish  zarur.  Albatta,  buning  uchun  kishidan  ―yorliq‖  bilan 

tasdiqlanayotgan holatga muvofiqlik talab etiladi. Jamiyat hayotidagi ushbu   tartib 

ko’chma  ma‘noda  ―G’afur  G’ulom  mangu  yashaydi‖  degan  fikrni  ifodalaydi. 

Ikkinchi tomondan, shoir bu yorliqni shiddatli XX asrdan oldi, uning talablari esa 

ulkan,  shoirlik  iste‘dodining  o’zi  yetarli  emas.  Demak,  metafora  bu  yerda 

tavsiflanayotgan  obyektning  ahamiyatini  to’laqonli  ochib  berish  uchun  xizmat 

qiladi.  Til  metaforasi  bilan  poetik  metafora  tushunchalari  farqlanishini  e‘tiborga 

olib, bunda asosiy e‘tibor poetik metaforalarga qaratildi. Adabiyotshunoslikka oid 

tadqiqotlarda, xususan, maxsus lug’at va o’quv adabiyotlarida metaforalar tasnifiga 

yetarli  e‘tibor  berilmaydi.  Aksar  metafora-jonlantirish  va  metafora-

predmetlashtirish  turlariga  to’xtalib,  bundan  boshqacha  tasniflar  ham  bo’lishi 

mumkin, lekin buning u qadar muhim emasligi ta‘kidlab qo’yiladi. Haqiqatda esa, 

metaforaning  turlari  bir-biridan  ta‘sir  kuchi,  voqelanish  mexanizmi,  funksiyasi 

kabi jihatlardan sezilarli farqlanadi.  

Ingliz tilidagi metaforalar juda ham ko’plab adabiy kitoblarda, og’zaki va yozma 

nutqda ishlatiladiki, ular xalq tiliga allaqachon ommalashib olgan.  

Time is a thief.  

He has a heart of gold.  

His head was spinning with ideas.  

John is a real pig when he eats.  

Authority is a chair, it needs legs to stand up.  

Her home was a prison.  




 

 

30 



Life is a journey, purposes are destinations, means are routes, difficulties are 

obstacles,  counselors  are  guides,  achievements  are  landmarks  and  choices  are 

crossroads.  

The new movie was very popular. People flocked to see it.  

It is raining cats and dogs.  Life has a tendency to come back and bite you.  

It wasn't long before their relationship turned sour.  

Harry lost his job after a heated argument with his boss.  

The committee shot her ideas down one by one.  

America is a melting pot.  

He swam in the sea of diamonds.  

You are my sunshine.  

A light in a sea of darkness  

He is my East and my West, my compass  

The policeman let him off with a yellow card.  

He was dressed rather vulgarly in a loud checked suit.  

The new car's sexy design increased sales for the company.  

A lifetime is a day, death is sleep; a lifetime is a year, death is winter.  

Your love is an ocean  

Life is a mere dream, a fleeting shadow on a cloudy day.  

The private detective dug up enough evidence to convince the police to act.  

The noise is music to her ears.  

My father is a rock.  

I'm not an angel, but I wouldn't behave like that.  

How could she marry a snake like that!  

Reading that book kindled my interest in politics.  

He broke into her conversation.  

 



 

 

31 



Metafora-jonlantirish  jonsiz  narsa-hodisalarga  insonga  xos  xususiyatlarni, 

metafora-predmetlashtirish  esa  tashqi olamdagi  narsa- hodislarga xos  xususiyatlar 

ichki  olam  hodisalariga  –  ma‘naviy-ruhiy  tushunchalarga  ko’chirilishini  nazarda 

tutadi.  Masalan,  ―Yana  keldi  erkatoy  ko’klam  deyilganda  bahorga  munosabati 

yaqqol  ifodalanadiki,  bu  poetik  metaforaga  xos  ekspressivlikdir.  Yoki  qish  bo’yi 

bahorni intiq kutgan lirik qahramon ―Har nechuk qish faslin tund diydoridan. Jajji 

kapalakning  vasli  shirinroq‖  satridagi  ekspressivlik  o’quvchini  shoirga  hamfikr 

etadi.  Sabab  ekspressivlikning  o’zigina  emas,  topib,  original  tarzda  aytilgani 

hamdir.  Chunki  aslida  ―tund  diydor‖  degani  insonga  xos:  hayotda  istasang-

istamasang  ―tund  diydor  odamlar  bilan  ham  muomalada  bo’lamiz,  ya‘ni  shu 

majburiyatdan  xalos  bo’lgan  chog’dagi  kayfiyat  hammaga  tanish.  Shoir  shu 

kayfiyat  bilan  qishdan  bahorga  chiqish  chog’idagi  kayfiyat  orasida  o’xshashlikni 

kashf etadi, ya‘ni qiyosning o’zi original va shu narsa ifodani ta‘sirli etadi.  

Metafora-predmetlashtirish  metafora-jonlantirishga  nisbatan  siyrak  uchraydi, 

lekin  badiiy  samarasi  undan  kam  emas.  A.Oripov  Darband  daryosiga  xitoban 

―Yurakda  sen  ijod  hissini  chertding‖  deydi.  Bundam  ―his‖ni  ―tor‖ga  yashirin 

o’xshatish bor: his predmet sifatini oladi.  

Xuddi  shu  qiyos  misraning  metaforik  ma‘nosini  yuzaga  chiqaradi:  tor 

chertildi  –  yurak  kuylay  boshladi,  ya‘ni  daryo  qalbga  ilhom  bag’ishladi. 

Metaforaning bu turi badiiy obrazning muhim sharti bo’lgan konkret-hissiy ifodani 

ta‘minlaydi.  Negaki,  inson  ichki  olamiga  taalluqli  tushunchalar  –  abstract 

tushunchalar, predmetlashtirish ularni konkret-hissiy idrok qilishga yordam beradi.  

Kuzatishlarimiz  A.Oripov  she‘riyatida  qiyos  obyektlari  va  ma‘no  ko’chish 

yo’nalishiga ko’ra metaforaning to’rt turi qo’llanganini ko’rsatadi:  

1) insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsa-hodisalarga ko’chirish; 2) predmet 

xususiyatini inson ruhiy olami bilan bog’liq yoki tashqi olamdagi abstrakt  

tushunchalarga ko’chirish;  

3) ma‘noni jonli narsadan jonli narsaga ko’chirish;  




 

 

32 



4)  jonsiz  predmetdan  jonsiz  predmetga  ko’chirish  asosida  yuzaga  keluvchi 

metaforalar.  

Metaforaning mazkur xillari qo’llanish faolligiga ko’ra bir xil emas, ularning 

faolligi  ro’yxatdagi  tartibga  mos  keladi.  Metafora-  jonlantirish  –  eng  faoli, 

metafora-predmetlashtirish unga qaraganda sustroq. Bu ichki va tashqi olamni bir-

biriga qiyosan idrok etishga intilish. A.Oripov badiiy tafakkurida ustuvorligi bilan 

izohlanib, ko’p jihatdan shoir shaxsi shakllangan muhit bilan bog’liqdir. Xalqning 

jonli  tiliga  yaqinlik  Abdulla  Oripov  uslubining  o’ziga  xos  belgilaridandir.  Jonli 

tilga yaqin degani esa xalq turmush tarzi bilan yaqin degani bo’ladi, chunki ularni 

bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Masalan, ―Go’zallikni yo’qlash‖ nomli she‘rida lirik 

qahramon bir vaqtlar hammaning yuragiga o’t yoqqan go’zalning hozirgi ahvolini 

mushohada etadi:  

Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq,  

Elkangdan yuk bo’lib bosibdi yillar.  

Quralay ko’zlarda tubsiz bir charchoq,  

Bekor gap, kim desa: yoshdir ko’ngillar.  

Xalqimizda  ―yuk  bosmoq‖  degani  ―og’ir  ahvolga  tushib  qolmoq‖,  ―og’ir 

dardga chalinmoq kabi ma‘nolarni anglatib, qadimdan keluvchi ishonch-e‘tiqodlar 

bilan bog’lanadi. Xuddi shu tushuncha she‘rda umridap ko’p qiyinchiliklar ko’rgan 

va  yoshlik  tarovatini  ancha  tez  yo’qotgan  ayolga  nisbatan  ishlatiladi,  ya‘ni  inson 

umriga  ko’chiriladi. Bundan tashqari,  ―elkadan  yuk bosishi‖ degani  real holatda 

adl  qomatni  egadi,  xuddi  shu  narsa  she‘rdagi  ―yoshlik  -  keksalik‖  ziddiyatini 

kuchaytiradi  hamda  ―ajin‖,  ―soch  oqi‖,  ―ko’zlardagi  tubsiz  charchoq‖  bilan 

uyg’unlashadi.  

A.Oripov  o’z  she‘rlarida  sifatdosh  oboroti  bilan  ifodalangan  metaforalardan 

ham mohirona foydalangan. Masalan, shoirning ―Seni ona dedim...nomli she‘rida 

metafora  sifatdosh  oboroti  bilan  ifodalangan.  Unda,  garchi  ko’chma  ma‘no  asosi 

so’z bo’lsa ham, ko’zlangan metaforik ma‘no o’sha sifatdoshli birikma butunligida 

yuzaga chiqadi. Shunday satrlarni o’qiymiz:  



 

 

33 



Hech vaqt unutilmas, o’sha qirg’in choq  

Zafarga chorlagan nurli timsoling.  

Reyxstag ustiga tikilgan bayroq  

Asli sen silkitib qolgan ro’moling.  

Shoir  ushbu  to’rt  misrada  ikkinchi  jahon  urushida  qozonilgan  g’alabadagi 

ayollar  hissasini  yuksak  mahorat  bilan  umumlashtirib,  obrazli  ifoda  etolganini 

ta‘kidlash  lozim.  Bu  ifodada  esa  oxirgi  ikki  misradagi  ―bayroq  –  ro’mol  qiyosi 

asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin shu ikki so’z o’z holicha shoir ifodalagan ma‘noni 

bermaydi.  Zero,  gap  umuman  bayroq  haqida  emas,  ―Reyxstag  ustiga  tikilgan‖ 

bayroq haqida; umuman ro’mol haqida emas, ayollarimiz farzandlari, aka-ukalari, 

yorlarini  frontga  uzatayotib  ―silkitb  qolgan"  ro’mol  haqidadir.  Shuning  uchun 

ham  sifatdoshli  birikma  yaxlit  butunlikni  tashkil  qiladi  va  shu  butunlikgina  shoir 

yetkazmoqchi  bo’lgan  mazmunni  ifodalaydi.  D.Quronov  ko’chimlar  ishlatilish 

faolligi,  badiiy  bo’yoqdorligi,  ta‘sirchanlik  darajasi  kabi  jihatlardan  bir-biridan 

jiddiy farqlanishini aytib, bu jihatdan 1) til hodisavlariga aylangan ko’chimlar; 2) 

an‘anaviy  tarzda  ishlatiluvchi  ko’chimlar  va  3)  xususiy-muallif  ko’chimlarini 

ajratadi.  

Mazkur tasnif nuqtayi nazaridan qarasak, A.Oripov ijodida ularning hammasi 

ham  uchrashi  tabiiy.  Chunki  til  hodisasiga  aylanib  bo’lgan  metaforalarni  shu  til 

egasi  sifatida,  an‘anaviy  metaforalarni  she‘riyatimizning  ming  yillik  an‘analari 

davomchisi  o’laroq,  individual-xususiy  metaforalarni  esa  yorqin  iste‘dod  egasi 

sifatida  qo’llaydi.  Albatta,  Bu  uchala  guruhga  mansub  metaforalar  hissiy 

bo’yoqdorlik,  estetik  ta‘siri  jihatidan  teng  emas.  Ma‘lumki,  badiiy  matnga  jalb 

etilganida kundalik muloqotda ishlatiluvchi  oddiygina so’zlar  ham  poetiklik kasb 

etadi.  Bu  narsa  lisoniy  metaforalarga  ham  xos.  Jumladan,  tilimizda  "umr  o’tar" 

jumlasi juda ko’p qo’llanadi, ko’p qo’llanaverganidan odatiy bo’lib ketgan. Balki, 

uni  til  metaforasi  deyish  qiyindir,  lekin  shu  maqomga  yetib  qolgani  shubhasiz. 

Unda  ajoyib  ma‘no  nozikligi  bor:  go’yo  ―inson  yonidan  tutqich  bermay  o’tib 

boradigan narsa‖ haqida gap borayotgandek tuyuladi.  



 

 

34 



Ma‘lumki,  ko’chimlarning  eng  keng  qo’llanuvchi  turi  –  metafora  nutqda 

ma‘lum  stilistik  maqsad  uchun  xizmat  qiladi.  So’zlarni  metaforik  ma‘noda 

qo’llashning  asosiy  vazifasi  nutqning  obrazliligini,  tasviriyligini  oshirish  bo’lsa, 

shu  obrazlilik  va  tasviriylik  asosida  matnda  yuzaga  keluvchi  emotsional-

ekspressivlik  konnotativ  ma‘nodir.  Demak,  metaforik  qo’llash  konnotatsiyani 

yuzaga chiqaruvchi vositalardan biri sifatida ahamiyatli. E.Vohidov ham nutqning 

obrazliligini  oshirishda  metaforadan  unumli  foydalanadi.  Metaforik  qo’llashda 

biror  predmet  shaklining,  belgisining,  harakatining  o’xshash  tomoni  boshqa  bir 

predmetga  ko’chiriladi.  Yuqorida  ta`kidladiki,  manbalarda  metaforaning  ikki  turi 

farqlanadi: lingvistik va xususiy-muallif metaforalar.  

Lingvistik  metaforalar  obrazlilik,  tasviriylikdan  holi  bo’lsa,  xususiy-muallif 

metaforalari  ayni  shu  xususiyatlar  asosiga  quriladi.  E.Vohidov  xususiy  metaforik 

ko’chimlari  bilan  asarlarining  badiiy  qimmatini  oshirishga  muvaffaq  bo’lgan. 

Jumladan,  shoirning  metaforani  hosil  qilishda  ot  so’z  turkumidan  keng 

foydalanadi. Masalan:  

Bu ne dard – minbarga chiqqan beibo  

Chiroylik yolg’onga qarsak urishlar.  

Soxtalikning iliq muhiti aro  

Yayrab ko’payadi manfur viruslar. (―Viruslar‖)  

Bu  misrada  virus  so’zi  metaforik  ma‘noda  qo’llangan  bo’lib,  uning  asl 

ma‘nosi  faqat  tirik  xujayralarda  ko’payib,  odam,  xayvon,  o’simliklarda  yuqumli  

kasalliklar  qo’zg’atuvchi  mikroorganizmdir.  Shoir  eng  razil,  jirkanch  insonlar, 

ya‘ni  yulg’ichlar,  shuhratparastlar  mansabdor,  loqayd  shaxslarni  viruslarga 

o’xshatadi.  She‘rning  nomi  ham  ―Viruslar‖  deb  ataladi.  Shoir  oddiy  viruslarni 

yo’q  qilish  mumkin,  lekin  manfur.  Mudhish  viruslarni  quritib  bo’lmasligini 

uqtiradi:  

Mansab savdosi ham klassik virus,  

Kiritsa arziydi tibbiy darslikka.  

Sharsimon virusni mumkin o’ldirish,  



 

 

35 



Chora yo’q yumaloq xudparastlikka.  

Keyingi she‘riy parchaga e‘tibor bersak:  

Muhabbat otashini  

Hech qachon do’zaxga teng qilmam,  

Nechunkim, menga nurli –  

Tal‘ating jannat bilan tengdur (―Muhabbat birla...‖)  

Mazkur  misrada  otash  so’zi  metaforik  ma‘noda  qo’llangan  bo’lib,  O’TILda 

uning  o’z  ma‘nosi  ―o’t,  olov‖,  ko’chma  ma‘nosi  esa  ―dilni  yondiradigan, 

o’rtantiradigan  harortli  his-tuyg’u‖  tarzida  izohlangan.  Shoir  muhabbat  otashi 

birikmasini ko’chma ma‘noda qo’llab, ijobiy munosabatni bildirgan. Uning do’zax 

so’zi bilan zidlantirilishi she‘rning ta‘sirchanligini yanada oshirgan.  

Oshiq o’lding, ey ko’ngil,  

G’am lashkaridan ko’rqmagil,  

Bari chopqu oldda, Erkin,  

Ne uchun vahm alading? (―Kipriningdan o’q uzib...‖)  

Bu  she‘riy  parchada  esa  g’am  lashkari  birikmasi  metaforik  ma‘noda 

qo’llangan.  G’am  so’zi  o’z  ma‘nosida,  lashkar  so’zi  esa  ko’chma  ma‘noda 

berilgan.  Ma‘lumki,  lashkar  so’zi  juda  ko’p  askarlardan  tashkil  topgan  qo’shin 

ma‘nosini  bildiradi.  G’am  lashkari  birikmasi  perifrastik  metafora  bo’lib,  lashkar 

so’zining semantik tarkibidagi ―son-saoqsiz‖ semasi oshiq ko’nglidagi g’am-alam 

tuyg’usining cheksizligiga ishora qiladi.  

“The  Sun  Rising”  she’ridagi  metaforani  ko’rib  chiqamiz.  Shoir  Jon  Don  bu 

she’rida  dunyodagi  eng  muhim  narsa  bu  –  quyosh  ekanligiga  urg’u  bergan, 

metaforalari  quyoshni  tarnnunm  etgan,  hattoki,  uning  o’zi  hamda  uning 

sevgilisidan ham muhim yakkayu-yagona narsa bu quyoshdir.  

"She is all states, and all princes, I.  

Nothing else is.  

Princes do but play us; compared to this,  

All honour's mimic, all wealth alchemy."  



 

 

36 



Emili Dikensonning she’riyatida ham ko’plab metaforalarga duch kelishimiz 

mumkin,  u  o’zining  quyidagi  she’rida  umidni  qushga  qiyoslayapti.  Umidning 

qanotlari bor, u qalbga orom bag’ishlaydi kabi ma’noda metaforalar yordamida u 

hayotdagi  eng  muhim  tuyg’u  -  umidning  so’ngmasligiga,  insonlarni  umid  tirik 

ushlab turishiga sha’ma qilgan go’yo.  

"Hope is the thing with feathers  

That perches in the soul,  

And sings the tune without the words,  

And never stops at all."  

Hyuzning  quyidagi  sh’erida  esa biz hayotda  inson  yo’lida  uchrashi  mumkin 

bo’lgan  qator  qiyinchiliklarga  qaramasdan  u  hayot  uchun  kurashi,  orqaga 

qaytmasligi zaruruligi uqtirib o’tilgan. Metaforalar yordamida shoir she’rni yanada 

yorqinroq, kuchliroq qilishga erishgan.  


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish