2.2
Xiva xonligi va Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi
XVI-XIX asrlar Xiva xonligi siyosiy tarixi va savdo aloqalarining yozma
manbalarda aks etishi va o’rganilishi tarixi eng avvalo chet el manbalaridan
boshlanishini ta’kidlashimiz lozim. Jumladan, Xiva xonligida 1558-1559- yillarda
bo’lgan Angliyaning “Moskva” savdo kompaniyasi vakili Antoniy Jenkinsonning
ma’lumotlari Xiva xonligining shu davrlardagi iqtisodiy aloqalarini aks ettirsa,
ikkinchi tarafdan xonlikning tashqi savdo aloqalarining ko’lamini aks ettiradi.
Tadqiqotning keyingi manbalaridan Abulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi
tarokima” va “Shajarayi turk”idir. “Shajarayi tarokima” asarning tanqidiy matni,
ruscha tarjimasi, katta ilmiy tadqiqot bilan birga, 1958-yili 32 A.N.Kononov (1906
- 1986) tarafidan Sankt-Peterburgda chop etilgan
1
.
Mazkur asardan dunyo xazinalarida bizga ma’lum yettita nusxasi mavjud.
Ulardan ikkitasi Rossiyada va qolgan beshta nusxasi Toshkentdagi Aburayhon
Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutida saqlanadi. Abulg’ozixonning ikkinchi
asari “SHajarayi turk” nomi bilan mashhur. Mazkur asarning asosiy qismi 1663-
1664-yillarda yozilgan. Unda Xorazmning XVI - XVII asrning birinchi yarmidagi
ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon etiladi. Har ikkala asar ishning maxsus paragraflarida
keng tahlil qilinadi. “Firdavs al-iqbol” nomli asar muallifi bo’lgan Munis Xorazmiy
Abulg’ozi Bahodirxondan keyin Xorazm tarixini xronologik asosda yozgan yirik
muarrix hisoblanadi. Uning qo’lyozmalari voqea va hodisalar bayoniga xolisona
yoshdoshganligi va yoritilayotgan voqealarning haqqoniyligiga erishganligi bilan
ajralib turadi. Munis tarixiy voqealar va Xiva xonlari shajarasini 1812-yilgacha
yoritgan. Muarrixning 1829-yilda vafot qilishi natijasida to’xtab qolgan ishlarni
jiyani Muhammadrizo Ogahiy davom ettirgan. Ogahiy “Firdavs al-iqbol”ning
ikkinchi qismini yakunlagandan keyin “Riyoz ud-davla” (“Baxt-saodat bog’lari”),
“Zubdat at-tavorix” (“Tarixlar qaymog’i”), “Jomi’ al-voqeoti sultoniy” (“Sulton
voqealari yig’indisi”), “Gulshani davlat” (“Davlat gulshani”), “SHohid ul-iqbol”
(“Iqbol shohidi”) kabi tarixiy asarlar yozgan. Ularda 1813-1872-yillar oralig’idagi
xonlik hayoti, yirik siyosiy arboblar to’g’risidagi ma’lumotlar xronologik tarzda
mohirona joylashtirilgan. “Munis va Ogahiyning asarlari adabiy hamda tarixiy asar
sifatida biroz nuqsonlari bo’lsada deb yozgandi V.V.Barto’ld,-bu asarlar
bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning miqdori jihatidan Buxoro va
Qo’qon xonliklarining tarixiga doir bizning davrimizgacha saqlanib kelgan hamma
asarlardan ustun turadi”.
Xiva xonligi tarixini to’laqonli yoritishga intilgan muarrixlar orasida,
shubhasiz, Muhammad Yusuf Abdulkarimbek o’g’li Bayoniy yuqori o’rinlardan
birini egallaydi. 1911 -yilda Xiva xoni Asfandiyorxon amaldor Avazberdi eshon
o’g’li Tolib xo’ja tavsiyasi bilan Bayoniyga buyuk Munis va Ogahiydan meros
1
Maxmud ibn Vali. More tayn otnositelno doblestey blagorodnix (geografiya). Vvedeniye, perevod, primechaniya,
ukazateli B.A.Axmedova. T.: 1977.
26
qolgan ishlarni davom ettirish hamda xonlik tarixini yangi avlod tushunadigan tilda
yozishni buyuradi. Natijada 1914-yilda 16 bobdan iborat katta tarixiy asar yaratiladi.
Unda bashariyatning vujudga kelishidan tortib, to XX asr boshlarigacha bo’lgan
davrda Xorazm zaminida ro’y bergan voqealar aks ettiriladi. Keyinchalik muallif
o’z izlanishlarini davom qildirgan bo’lsa-da, ammo 1923-yildagi vafoti oqibatida,
mo’ljallagan rejalari amalga oshmasdan qolgan. Bayoniyning 508 varaqdan iborat
“SHajarayi Xorazmshohiy” asari qo’lyozmasini o’rgangan M.Yo’ldoshev shunday
deb yozgandi: “Bu asar bayonotining mukammalligi va haqiqiy materiallarning
ko’pligi jihatidan Munis va Ogahiyning ko’p tomlik qo’lyozmalaridan ko’p marta
ustun turadi”.
“Xonlar tarixi”, “Sayyid Muhammadxon tarixi”, “O’rta Osiyo”, “Xivada
osori-atiqalar tarixi”, “Xorazmning ta’rifi”, “Xiva shahri va uning atrofining
ma’muriy bo’linishi”, “Tarix bo’yicha Risola” (Jumaniyoz Xoji Xorazmiy al-
Xivaqiy ibn Boboniyoz qalamiga mansubdir); “Xiva xonligi bo’yicha tarixiy
ma’lumot”, “Xorazmni o’rganishga oid hujjatlar” (Matkarim Otajonov tomonidan
yozilgan); “Xorazm tarixi”, “Xorazm xonligi haqida tarixiy hujjatlar”, “Xorazmni
boshqargan xonlarning avlodlari, kelib chiqishi, shajarasi, mol-mulki, o’zbek
podsholarining yurish-turishlari va urf-odatlari”, “Xorazmdagi quldorchilik
voqealariga oid”, “Asfandiyorxon hukmronlik qilgan davrlarda bo’lib o’tgan ba’zi
bir voqealar haqida” (muallifi Bobojon Safarov), “Saodat gulshani” asarlarining
mavzu bo’yicha materiallari tadqiqot doirasiga kiritildi. Yuqorida tilga olingan
xorazmlik solnomachilari va muarrixlari asarlarida Xiva davlati tarixiga doir
quyidagi ma’lumotlar mavjud: - Xiva xonligining siyosiy hayotini yorituvchi
ma’lumotlar; qo’shni davlatlar siyosiy tarixini yorituvchi, aniqlik kirituvchi faktlar;
yerga egalik munosabatlari; sug’orish ishlari; soliq masalalari; xonlikdagi ma’muriy
boshqaruv, unvon va mansablar; xonlikning elchilik (diplomatik) munosabatlari;
savdo aloqalari; xonlikning etnik tarkibi, etnik va etnomadaniy jarayonlari, jug’rofiy
ma’lumotlar, obodonchilik masalalari, madaniy hayotga doir ma’lumotlar. Ishda
xorazmlik tarixchilarining xonlikda bo’lib o’tgan siyosiy jarayonlarni yorituvchi
ma’lumotlar, Xivaning qoraqalpoqlar va qo’shni davlatlar bilan olib borilgan
aloqalariga ham ahamiyat berildi. Bu asarlarda Xorazmdagi siyosiy, ijtimoiy va
xo’jalik hayoti, madaniyati tilga olingan.
Endi mazkur mavzuga doir ilmiy tadqiqotlar va mavjud adabiyotlarni tahlil
qiladigan bo’lsak, ularni quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganish maqsadga
muvofiqdir: 1. XX asrning 20 yillarigacha yaratilgan tadqiqotlar va adabiyotlar. 2.
Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlar. 3. Mustaqillik davrida olib borilgan va
davom ettirilayotgan izlanishlar, tadqiqotlar va chop etilgan adabiyotlar. 4. Xorijda
amalga oshirilgan tadqiqotlar. Birinchi guruhga oid yaratilgan asarlar XIX asr - XX
asrning boshlarida O’rta Osiyoga, jumladan Xiva xonligiga turli yillarda kelgan
sayyohlar, olimlar, harbiylar va boshqa davlat vakillarining yozgan asarlari,
mamlakatning o’sha davr tarixi, xo’jaligi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini
27
o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bular qatorida N.Murav’yov,
M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Veselovskiy, G.Danilevskiy,
D.Gladishev, X.Vamberi, V.Vel’yaminov, Zernov, A.Kaul’bars, A.SHile,
Ye.Jelyabujskiy, A.Samoylovich, Grishfel’d kabi olim va sayyohlarning esdalik va
asarlarini tilga olish mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan mualliflarning asarlarida
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi madaniy muhitning asosi bo’lgan
kitobat va kutubxona ishiga ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’zgarishlarning ta’siri
bo’lganligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Rus sharqshunosligida Xiva xonligining
siyosiy tarixi, ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlari, ma’muriy va davlat tuzilishi va
boshqa masalalar xolisona o’rganilmadi
1
.
Rus sharqshunoslari asarlarida bu masala bo’yicha bayon etilgan fikrlariga
e’tiroz bildirish mumkin. Ayniqsa G.Danilevskiy, N.Murav’yov, A.Sobolev,
N.Veselovskiy asarlarida Xiva xoni saroy amaldorlari ta’sirida bo’lib, o’zining
mustaqil fikri yo’q, ertadan kechgacha aysh-ishrat bilan shug’ullangan shaxs sifatida
kursatilgan, xonlikda ma’muriy bo’linish bo’lmagan, saroyda hech qanday kengash
faoliyat ko’rsatmagan, xonlikda harbiy-feodal tuzum qaror topgan, degan salbiy
fikrlarni bayon qilganlar. Xiva tarixchilari Munis, Ogahiy va Bayoniy asarlarida
hamda Xiva xonlari arxiv hujjatlaridagi ma’lumotlar Xiva xoni Muhammad
Rahimxon I (1806-1825) davridayoq davlat boshqaruvining ma’muriy-hududiy,
moliyaviy, harbiy va diniy-ma’rifiy negizlari yaratilganligini, bu esa o’z navbatida,
Xorazmda davlatchilik rivojida muhim bosqich bo’lganini tasdiqlaydi. L.Kostenko,
A.Kaul’bars, A.SHile, Ye.Jelyabujskiy, Grishfel’d kabi mualliflarning asarlari XIX
asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligi aholisi, etnik tarkibi, asosiy mashg’ulotlari,
xonlikda yashagan xalqlar va ijtimoiy-siyosiy, madaniy muhit haqidagi ma’lumotlar
bilan qimmatlidir. SHu o’rinda A.Kun va A.Samoylovichlarning asarlari va
esdaliklari mavzuni yoritishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi guruhga kirgan asarlar orasida V.Bartold, B.Lunin, P.Ivanov,
Ya.G’ulomov, A.Boltaev, M.Yo’ldoshev, A.Muhammadjonov va T.Ne’matov,
Q.Munirov, H.Ziyoev,T.To’xtametov, Q.Raxmonov, N.Komilov 48 va
boshqalarning ishlarini tilga olish mumkin . Bu adabiyotlar mavzuni yoritishda tahlil
qilinib, kerakli xulosalar chiqarishda yordam berdi. Uchinchi guruh tadqiqotlarini
mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar tashkil qiladi. SHular orasida Xiva xonligi
tarixi bilan bog’liq SH.Vohidov, A.Erkinov, M.Rahmonqulova, H.Aminov,
D.Nozilov, A.Mirzarahimovlarning maqolalarini ham qayd qilish lozim.
Tadqiqot ishining tegishli bo’limlarida ushbu tadqiqotlardan ham foydalanib,
xulosalar berildi. Xiva xonligi tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni Xorazm
tarixchilarining asarlaridan ham olish mumkin. Jumladan, A. Abdurasulov,
K.Nurjonov,
K.Xudoyberganov,
D.Rahim
va
SH.Matrasul,
N.Qobulov,
N.Polvonov, P.Yusupovlar bilan birga kutubxona tarixi to’g’risida, A.Kormilitsin,
1
Xorazm tarixi. 2 jild. - Urganch, 1997.
28
O.Qosimova Xiva adabiy muhiti borasida, B.Mannonov, S.Hasaniy kabi olimlar
kitoblarini, «Xiva ming gumbaz shahri», «Xivaning 2500 yillik yubileyiga
bag’ishlangan «Xiva jahon madaniyati durdonasi» kabi risolalarni ham aytib o’tish
lozim. Mazkur olimlarning asarlarida Xiva xonligi ijtimoiy - siyosiy hayoti,
xonlarning shajaraviy tarixi, xonlikning XX asrning 20 yillaridagi hayoti, xonlikning
tugatilishi, «Yosh xivaliklar» harakati hamda xonlikdagi madaniy rivojlanish, ya’ni
Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin ham Xivada tarixnavislik, tarjima maktabi,
kitob va kitobat san’ati, matbaa faoliyati haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.
Mustaqillikka erishgandan keyin o’zbek xalqi tarixini o’rganib va chuqur tahlil qilib
yozilgan bir qancha asarlar, jumladan, «Istoriya O’zbekistana (XVI pervaya
polovina XIX vv.)» , ikki jildlik «Xorazm tarixi» , «O’zbekistonning yangi tarixi»
(1, 2 kitoblari) , «Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsional’noy
nezavisimosti», «Tarix shohidligi va saboqlari (CHorizm va sovet
mustamlakachiligi davrida O’zbekiston milliy boyliklarining o’zlashtirilishi)», kabi
asarlardan mavzuga oid masalalarni yoritishda keng foydalanildi.
Mavzuni yoritishda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bir qancha ilmiy
tadqiqot ishlaridan ham foydalanildi. Ular qatorida M.Abdurahmonov,
M.Madaminov, N.Polvonov, M.Qayumov, K.Xudoyberganov, F.Ernazarovlarning
dissertatsiyalari va avtoreferatlari bor. O’rta Osiyo, jumladan, Xiva xonligi tarixi
bo’yicha yuqorida nomlari tilga olingan olimlardan tashqari chet ellik olimlarning
bir qancha asarlarini ham tilga olish mumkin. Ular qatoriga jurnalist Mak-Gaxan,
Yu.Bregel’, M.Olvort, S.Bekker, J.Uiler kabi olimlarning mavzuga oid asarlarini
ko’rsatish mumkin. Xorijiy tadqiqotchilarning asarlaridan XIX asr oxiri - XX asr
boshlarida Xiva xonligi tarixi yoritilgan qismlari o’rganildi. Ular to’rtinchi guruhni
tashkil qiladi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, tadqiqotga tortilgan mavzu
bugungi kunga qadar alohida mavzu sifatida mufassal o’rganilmagan. Mavjud ilmiy
adabiyotlar tahlili 100 yildan ortiq vaqt o’tganligiga qaramay, bu borada shu kunga
qadar ham jiddiy tadqiqotlar amalga oshirilmaganligini ko’rsatdi. Rossiya
davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus tarixchilarining
an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan holda, bu asarlardan
tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar bilan qiyoslash asosida
foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan faktik ma’lumotlardan ob’ektiv
xulosalar chiqarish mumkin.
29
Xulosa
Xiva XVI asrda tashkil topgan bo’lib, shu davrdan boshlab mustaqil davlat
sifatida qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va ko’p tarmoqlama
diplomatik aloqalarni amalga oshirib, borgan. Jumladan Eron, Hindiston,
Afg’oniston, Turkiya kabi, ko’pgina sharq davlatlari bilan aloqada bo’lgan. Asosan
savdo-tijorat ishi bilan shug’ullanishgan. Xiva xonligi strategik jixatdan qulay
o’rinda joylashganligi, tabiati, ob-havosi, tuprog’i unumdorligi sababli, bu xonlikda
ytishtirilgan maxsulotlar ham juda sifatli va rang-barang, jimjimador bo’lgan. Bu
esa ko’pina davlatlarda Xorazmga ya’ni Xiva xonligiga qiziqish uyg’onishiga sabab
bo’lgan. Ayniqsa dastlab, Rossiya podsholigi so’ngra Angiliya davlatlrining
qiziqishlari ortib borib, ikkala mamlakat o’rtasida Xiva xonligi masalasida
kelishmovchiliklar vujudga keladi.
Ikkala davlatning maqsadi ham Xiva xonligi bilan yaqin aloqada bo’lib,
xonlikni o’ziga qaratish va ichki bozarni egallab olish bo’lgan. Shunga qaramasdan
Xiva xonligi XVI-XX asrlar davomida Rossiya podsholigi bilan uzviy savdo
aloqalarini olib borgan. Asrlar davomida xonlik bilan podsholik o’rtasidagi
munosabatlar xonlar va podsholar almashi bilan o’zgarib, aloqalar goh yaxshilanib,
goh yamonlashib turgan. Kurs ishi hodisalardan shumday xulosa kelib chiqadiki,
Xiva xonligi va Rossiya podsholigi o’rtasida XVI-XVIII asrlarda ko’p tamonlama
aloqalar yo’lga qo’yilagan. Asosan ikki tamonga ham ko’p foyda keltiradigan
aloqalardan biri bo’lmish iqtisodiy aloqalar keng yo’lga qo’yilgan.
Savdo karvonlari tashkil qilinib, yo’llarda karvonlar to’htab dam oilishlari
uchun karvonsaroylar ham tashkil qilingan. Karvonsaroylar faqat dam olish joyi
emas savdo qilish maskaniga ham aylangan. Shu o’rinda bir narsani alohida takidlah
kerakki, Rossiya imperiyasi savdo qilish jarayonida Xiva xonligi to’g’risida turli xil
ma’lumotlarni to’plab borgan. Chunki kelajakda bu yerlarni imperiya mulkiga
aylantirishni ko’zlagan edi. Xiva xonligini bosib olishdan ikki maqsad bor edi.
Birinchisi Xonliklar orqali Hindistonga boradigan savdo yolini qo’lga kiritish,
ikkinchisi esa xonlik hududidagi oltinlarga ega bo’lish. Xulosa shuki, Rossiya XVI-
XVIII asrlar davomida O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida turli xil bahonalar bilan
o’ziga kerakli bo’lgan ichki va tashqi ma’lumotlarni qo’lga kiritgan. Rossiya-Xiva
xonligi o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning rivojlanish darajasi bo’yicha
quydagi xulosalar kelib chiqdi. XIX asrning 30 yillaridan boshlab Rossiy va Xiva
xonligi o’rtasida olib borilgan diplomatik munosabatlar mazmuni o’zgarishi
kuzatiladi. Perovskiy boshchiligida Xiva xonligi tamon harbiy ekspeditsiya jo
’natilib, Rossiya tamonidan Xiva xonligi chegaralariga yaqin hududlarda harbiy
qal’alar qurilishi boshlanadi. Shu tariqa Rossiya imperiyasi Xiva xonligini bosib
olishga tayyorlana boshlaydi.
30
XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib Rossiya Xiva xonligini bosib
olishga kirishadi. Uch yo’nalishda bosib olish harakatlarini boshlab yuboradi. Shu
tariqa Rossiya qurol-yarog’larining eskiligi va hamjixatlik bo’lmaganligi sababli
O’rta Osiyo xonliklaridan yaana biri bo’lmish Xiva xonligini ham bosib olib,
Gandimyon sulx shartnomasini tuzadi. Xiva xonligi hududiy va siyosiy jixatdan
Rossiya imperiyasiga qaram davlatga aylanib qoladi. Xalq o’z erkinligi va asta-
sekinlik bilan tili, ma’naviyati va madaniyatidan mahrum bo’lib boradi.
Rossiya davlatining hukmron sulolasi g’oyalarini ifodalagan rus
tarixchilarining an’anaviyligi va sub’ektivligini ham e’tibordan qochirmagan holda,
bu asarlardan tanqidiy yondashuv, tekshirish va boshqa yozma manbalar bilan
qiyoslash asosida foydalanish lozim va faqat shu yo’l bilan aniqlangan faktik
ma’lumotlardan ob’ektiv xulosalar chiqarish mumkin. Xulosa o’rnida, shuni aytish
mumkinki, Xiva xonligi va Rossiya o’rtasida turli tarixiy davrlarda qanday siyosiy
vaziyat hukm surishiga qaramay, bu mamlakatlarning xalqlari doimo o’zaro
iqtisodiy savdo aloqalarida bo’lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |