0 ‘ т к I r h o s h I m o V



Download 4,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/112
Sana06.07.2022
Hajmi4,9 Mb.
#747570
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112
Bog'liq
2 5458657069596939008

О ‘tkir Hoshimov
-
Rustam aytsin, - dedi kulgidan nafasi qaytib. - 0 ‘zi 
aytsin.
Alam ichida Nusratning biqiniga shunday tushirdim-ki
bukchayib qoldi. Hech kim bunaqa bo‘lishini kutmagan 
bo‘lsa kerak, sinfga suv quygandek jimlik cho‘kdi.
- Men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, - dedim alam bilan qich- 
qirib. - Senlar ishonmasang, men aybdormanmi?
Ismoil aka asta yurib tepamga keldi.
- Nimani ko‘rding? - dedi sekin, qat’iy ovoz bilan.
Men indamay eshikka chiqib ketishni ham, Ismoil akaning
savoliga javob berishni ham bilmay, turib qoldim.
- Nimani ko‘rding? - dedi u yana.
- Adhamning boshidan cho‘g‘ chiqib ketganini, - dedim 
pichirlab.
Ismoil aqa ko‘zimga uzoq tikilib qoldi.
- Qayerda?
- Jintepada.
Boyagi mushtning alami ketdi shekilli, Nusrat yana iljaydi:
- Ajinaning olovini ko‘ribdi.
- Jim o‘tir birpas! - dedi Ismoil aka jerkib. Keyin yana 
ko‘zimga tikildi. - Momaqaldiroq bo‘layotganmidi?
Men indamay bosh silkidim,
- Bulutlar past suzayotganmidi?
Ismoil aka masxara qilmayaptimi, degan xayolda uning 
ko‘ziga tikildim. Yo‘q, uning qiyofasi jiddiy edi.
- Past edi, - dedim sekin.
Ismoil aka negadir boshimga shapatilab qo‘ydi. Bolalar- 
ni erkalaganda shunaqa qiladigan odati bor edi.
- Sen kamdan-kam uchraydigan tabiat hodisasini ko‘rib- 
san! - dedi jilmayib. Keyin sinfga yuzlandi. - Bolalar, ge- 
ografiyadan Kolumbni o‘qigansizlar-a?
Bolalar chekka-chekkadan tasdiqaab javob qilishdi.
- Ana o‘sha Xristofor Kolumb yangi yer izlab ketayot­
ganida dengizda qattiq dovul ko‘tariladi. Bo‘ron bir necha


Uzun kechalar
95
hafta davom etadi. Oxiri, dengizchilaming toqati toq bo‘lib, 
kemani orqaga qaytarishni talab qilishadi. Ammo Kolumb 
yo‘lidan qaytmaydi. Shunda dengizchilar g‘azablanib, qo‘z- 
golon ko‘tarishadi. Kolumbni oyoq-qo‘lini bog‘lab dengizga 
uloqtirmoqchi bo‘lishadi. Endi kemadan otib yuboray, deb 
turishganida Kolumb birdan qichqirib qoladi. „Yana bir kun 
muhlat beringlar. Ertaga bo‘ron tinadi, havo ochilib ketadi“, 
deydi. Dengizchilar unga ishonishmaydi. Shunda Kolumb 
kema machtasining bir uchida ilinib turgan koptokdek olovni 
ko‘rsatib „Mana shu olov ertaga bo‘ronni tindiradi“, deydi. 
Dengizchilar ikkilanib qolishadi. Uni suvga tashlamay tu- 
rishga qaror qiladilar. Rostdan ham kechasi to‘satdan bo‘ron 
tinadi. Ertasiga charaqlab quyosh chiqib ketadi. Dengizchilar 
Kolumbning avliyoligiga yana bir bor ishonishadi.
Butun sinf suv quygandek jimib qolgan, bolalar Ismoil 
akaning hikoyasini mahliyo bo‘lib tinglashar edi. 0 ‘zimning 
ham og‘zim ochilib qolgandi.
-
Kolumb avliyo emasdi, - dedi Ismoil aka. - U tabiat 
qonunlarini bilardi. Osmonda to‘yingan zaryadlar ko‘payib 
ketganidan keyin havo ochilishini tushunardi. Machtaga ke­
lib qo‘ngan olov koptok past suzayotgan bulutlar zaryadi bi­
lan kema minorasining to‘qnashuvi tufayli bo‘lgan edi. - U 
bir zum jimib qoldi-da, yana so‘radi: - Rus askarlari Bol- 
gariyaga Shipka dovonidan oshib borganini bilasizlar-a? 
0 ‘sha dovondan o‘tayotgan jangchilar ham miltiqlarining 
nayzasida ko‘kimtir olov yonib turganini ko‘p ko‘rishgan. 
Rustam bilan Adhamning sochida yongan cho‘g‘ ham xuddi 
o‘shanaqa zaryadlar bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lib turganida 
ikkovlari eng baland joyda - Jintepada bo‘lishgan. Zaryadlar 
ulaming sochiga qo‘ngan.
Bolalar hang-u mang bo‘lib menga qarashdi. Nusrat ham 
og‘zini ochib angrayib o‘tirar, kiprik qoqishga madori qol- 
magan edi.
Ko‘p o‘tmay Adham tuzalib ketdi.


96

Download 4,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish